O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi guliston davlat universiteti san`atshunoslik fakulteti


Reja:Pedagogik texnologiyaning ko‘rinishlari, darajalari, tasnifi



Yüklə 3,31 Mb.
səhifə8/201
tarix07.01.2024
ölçüsü3,31 Mb.
#209887
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201
portal.guldu.uz-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitishda texnologiyalar va loyihalashtirish

2. Reja:Pedagogik texnologiyaning ko‘rinishlari, darajalari, tasnifi.
Pedagogik texnologiya ko‘rinishlari
Pedagogik faoliyatda «texnologiya» atamasining qo‘llana boshlashi bilan pedagogik amaliyot, uning nazariy jihatlari hamda ular haqidagi bildirilayotgan mulohazalar bir muncha yuqori ilmiy darajaga k o‘tarilmoqda.
Pedagogik texnologiya hozirgi zamondagi didaktika va pedagogika taraqqiyotining ma’suli. Uni pedagogikaning hozirgacha mavjud bo‘lgan hamda takomillashib kelayotgan barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy vazifalarni yanada yuqoriroq darajada amalga oshirish yo‘lidagi yangi bosqich deb hisoblash mumkin.
Shu nuqtai nazarlardan pedagogik texnologiyani avvalo hozirgi pedagogika fani taraqqiyoti natijasida hosil bo‘lgan yangi yo‘nalish deb hisoblagan holda, uning o‘ziga xos bo‘lgan tamoyillari, qoidalarini chuqur o‘rganib borish va pirovardida qonuniyatlarini aniqlash yo‘lidagi muammolarni yechish lozimligi ko‘rinib turibdi.
Pedagogik texnologiya avvalo ta'lim-tarbiyani yanada rivojlantirish ehtiyojlarini qondirish yo‘lidagi insonlar (pedagoglar, ota-onalar, jamoatchilik) faoliyatidan iborat ijtimoiy hodisa hisoblanishi lozim.
Har qanday ijtimoiy hodisalar kabi pedagogik texno­logiyani ham ilmiy jihatdan o‘rganuvi fan sohasi mavjud bo‘lib, uni pedagogik texnologiya fani deb nomlanadi. Shu pedagogik texnologiya fani o‘z navbatida zamonaviy ta'lim-tarbiyaning eng maqsadga muvofiq yo‘llari va usullarini tadqiq qiluvchi nazariy fan hamda o‘quv fani turlariga ajraladi.
Shu bilan birga pedagogik texnologiya amaliy faoliyat yo‘nalishi sifatida o‘quv-tarbiya jarayonida qo‘llaniladigan tamoyillar, algoritmlar va boshqaruv tizimi hamda bevosita ta'lim-tarbiya jarayonini o‘z ichiga oladi.
Pedagogik texnologiya ijtimoiy hayotning turli sohalari bilan o‘zaro bog‘liq ravishda shakllanib va rivojlanib borishi natijasida turlicha ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bular pedagogik texnologiyaning quyidagi ko‘rinishlaridan iborat: ijtimoiy hodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta'lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning me­todikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi.
Pedagogik texnologiya ijtimoiy hodisa sifatida ta'lim-tarbiya masalalari bilan bog‘liq motivlar: ehtiyoj, talab, manfaat, qiziqish, maqsadlardan kelib chiqadi va ularni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga xuddi shunday motivlar har bir shaxsda, oilada ham mavjud. Jamiyat har bir a'zosining ta'lim-tarbiya darajasi ortib borishi shu jamiyat va davlatning rivojlanishidagi eng asosiy shartlardan hisoblanadi.
Bu shartning bajarilishi esa o‘z navbatida, pedagogik texnologiyaning qanchalik yuqori darajada ekanligiga bog‘liq. Bundan esa pedagogik texnologiya shaxs, oila, jamiyat, davlat hayoti uchun katta ahamiyatga ega ijtimoiy hodisa ekanligi ko‘rinadi.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida peda­gogika fanining alohida yo‘nalishini tashkil qiladi. O‘z maqsadi, vazifalari, muammolari, metodologiyasi va boshqa nazariy asoslariga ega. O‘z muammolarini hal qilishda boshqa ko‘p fanlar bilan bog‘liqliklarga ega.
Pedagogik texnologiya nazariy fan sifatida ta'lim-tarbiya sohasida kafolatli natijaga erishib berish darajasini oshirish muammolarini tadqiq qilish bilan shug‘ullanadi.
O‘quv fani ko‘rinishida pedagogik texnologiyalarni ijtimoiy hodisa, nazariy fan, ta'lim-tarbiya tizimi, jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari, aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi sifatida turli ta'lim muassasalarida belgilangan o‘quv dasturi asosida o‘rgatishdan iborat.
Ta'lim-tarbiya tizimi ko‘rinishida pedagogik texno­logiya belgilangan ta'lim-tarbiya faoliyatini amalga oshi­rish uchun xizmat qiluvchi moddiy ta'minot va ma'naviy qadriyatlardan iborat. Bunga o‘quv reja, dasturlar va didaktik vositalar ham kiradi. Bu tizim boshqa ijtimoiy tizimlar kabi tegishlicha maxsus tayyorgarlikka ega mutaxassislar mehnati orqali faoliyat olib boradi.
Hozirda bu tizim uzluksiz ta'lim bosqichlaridan tashkil topgan. Uzluksiz ta'limning hamma bosqichlarida pedagogik texnologiyalar joriy qilinishi bilan bu tizimning to‘liq shakllanishi amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyani ta'lim-tarbiya jarayoni sifatida ishtirokchilarining faoliyatlari orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonning pirovard maqsadi barkamol insonni shakllantirish va rivojlantirish bo‘lib, asosan quyidagilardan tarkib topadi:
— ta'lim-tarbiya berish;
— axborotlarni avloddan-avlodga uzatish;
— mustaqil fikrlashga o‘gatish;
— bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘rgatish va o‘zlashtirilishiga erishish;
— turli metodikalarni qo‘llash va takomillashtirish;
— diagnostika, monitoring olib borish;
insonparvarlik, xalqparvarlik, mafkuraviy tamoyillarga asoslanish;
— o‘quvchining tayyorgarlik darajasini, psixologik, fiziologik, yosh xususiyatlarini, gigienik talablarni hisobga olish;
— ta'lim menejmenti, marketingi talablari va xulosalarini, ijtimoiy motivlarni hisobga olish.
Pedagogik faoliyat va uning metodikalari qurilishida pedagogik texnologiya o‘zini to‘liq namoyon qiladi. Pedagogik texnologiyaning harakatga kelishi va undan ko‘zda tutilgan natijaga erishish faqat pedagogik faoliyat jarayonida amalga oshiriladi. Chunki pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat bir-biridan ajratish qiyin tushunchalar hisoblanadi va ularning biri ikknnchisisiz o‘z ma'nosini va ahamiyatini yo‘qotadi.
O‘quv fanlarining soni ko‘pligini hisobga olganda, pedagogik faoliyatning ko‘p qismi xususiy (o‘quv fanlari) pedagogii texnologiyasi uchun sarflanadi. Shuning uchun xususiy fanlar darajasidagi pedagogik texnologiyalar ko‘proq tarqalgan. Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya, eng avvalo, pedagogik faoliyat va uning metodikalari ko‘rinishida namoyon bo‘ladi va rivojlanib boradi, deb hisoblash mumkin.
Aloqador fanlarning ilmiy tadqiqot sohasi sifatida pedagogik texnologiyalarning turli fanlar bilan bog‘liqiklari yaqqol ko‘rinadi. Pedagogik texnologiya keng ko‘lamli ijtimoiy hodisa bo‘lib, u ko‘p fanlarning tadqiqot ob'yekti hisoblanadi. Bunda har bir fan o‘z maqsad va vazifalariga muvofiq yo‘nalishlarda pedagogik texnologiyani chuqur o‘rganishi natijasida uni takomillashtirib borish yo‘l-yo‘riqlari belgilab boriladi.
Pedagogik texnologiya barcha o‘quv fanlari bilan bog‘liq bo‘lib, ularning hamda o‘zining muntazam rivojlanib borishini kadrlar tayyorlash orqali ta'minlab turadi.
Pedagogik texnologiyaning yuqorida aytilgan ko‘rinishlarining asosiy belgilarini aniqlash va umumlashtirgan holda qisqa shaklda ifodalash orqali uning asosiy ta'rifini va boshqa belgilarini aniqlash mumkin. Shunday qilib, hozirda pedagogik texnologiyani ijti­moiy xodisa, nazariy fan, o‘quv fani, ta'lim-tarbiya tizimi, ta'lim-tarbiya jarayoni, pedagogik faoliyat va uning metodikalari hamda aloqador fanlarning ilmiy-tadqiqot sohasi ko‘rinishlarida mavjud deb hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya darajalari
Yuqorida aytilganlar asosida pedagogik texnologiyalarni umumpedagogik, xususiy (o‘quv fanlari) va kichik texnologiyalardan iborat uchta darajaga ajratiladi.
Umumpedagogik texnologiya turli darajadagi tizimlarni ifodalaydi. U ayrim hududdagi, tumandagi, ta'lim muassasasidagi yoki ta'limning ayrim pog‘onasidagi barcha ta'lim-tarbiya jarayoniga tegishli bo‘ladi. Umumpedagogik texnologiya o‘z hududi yoki ta'lim muassasasidagi ta'lim-tarbiyaviy maqsadlar, mazmun, vositalar, boshqaruv shakli va usullari, o‘quv-tarbiya jarayoni ishtirokchilari faoliyatining algoritmlarini belgilaydi.
Xususiy texnologiya ta'lim-tarbiya mazmunining ay­rim yo‘nalishlarini amalga oshirish usullari va vositalari majmuasini o‘z ichiga oluvchi pedagogik tizimlarni qamrab oladi. Bunga ayrim fanlarni o‘qitish texnolgiyalari, rahbarning, o‘qituvchining, tarbiyachining va o‘quvchining ishlash texnologiyalari kiradi.
Kichik texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining aloxida qismlarini o‘z ichiga oladi. U ayrim didaktik va tarbiyaviy masalalarni hal qilish bilan shug‘ullanadi. Bularga darslar texnologiyasi, tushunchalarni shakllantirish, yangi bilimlarni o‘zlashtirish va mustaqil ishlash texnologiyalari, ayrim faoliyat turlari va alohida shaxsiy sifatlarni tarbiyalash texnologiyalari, o‘quv materiallarini takrorlash, o‘zlashtirishni va tarbiyalanganlikni nazorat qilish texnologiyalari hamda ayrim tadbirlarni tashkil qilish va amalga oshirish texnologiyalari kiradi.
Pedagogik texnologiya tasnifi
Maktablar ishining hozirgi nazariyasi va amaliyotida o‘quv-tarbiya jarayonining ko‘plab variantlari mavjud. Har bir muallif hamda amaliyotchi pedagogik jarayonga o‘zining individual ulushini qo‘shadi. Lekin ko‘p texnologiyalar o‘z maqsadlari, mazmuni, qo‘llanadigan metodlari va vositalari bo‘yicha etarlicha ko’p o‘xshashliklarga ega va ularni shu umumiy belgilariga ko‘ra tasnif qilish mumkin.
Pedagogik texnologiyalarni quyidagi belgilariga ko‘ra tasnif qilinadi:
— qo‘llanish darajasiga ko‘ra;
— falsafiy asosi bo‘yicha;
— asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha;
— o‘zlashtirish kontseptsiyasi bo‘yicha;
— shaxsiy belgi-sifatlariga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
— mazmuni xususiyatlari bo‘yicha;
— boshqaruv turi bo‘yicha;
— bolaga yondashuv bo‘yicha;
— ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha;
— ta'lim oluvchilar toifalari bo‘yicha.
Shu yuqorida aytilgan tasnif asosida misol sifatida hozirgi an'anviy maktab ta'limini quyidagicha tasniflash mumkin:
— qo‘llanish darajasiga ko‘ra: umumpedagogik;
— falsafiy asosi bo‘yicha: majburlash pedagogikasi (umumiy majburiy ta'lim);
— asosiy rivojlantiruvchi omili bo‘yicha: sotsiogen, yani asosiy e'tibor jamiyatning faol a'zolari bo‘lgan barkamol insonlarni tarbiyalashga qaratilgan; shu bilan bir vaqtda biogen omillarga, ya’ni shaxsning har tomonlama rivojlanishiga ham e'tibor qaratilgan holda;
— o‘zlashtirish kontseptsiyasi bo‘yicha: assotsiativ-reflektor bo‘lib, suggestiya (namuna, misol, o‘rnak, ibrat ko‘rsatish)ga tayangan holda;
— shaxsiy belgi-sifatlarga ko‘ra yo‘nalganligi bo‘yicha;
— axborotli, ya’ni bilim, malaka, ko‘nikmalarni shakl­lantirish va mustahkamlashga yo‘naltirilgan;
— mazmuni xususiyatlari bo‘yicha: dunyoviy, texnokratik, umumta'lim mazmunida bo‘lib, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil qilish va olib borishda didaktikaga markaziy o‘rin beriladi;
— boshqaruv turi bo‘yicha: an'anaviy-mumtoz (klassik) bo‘lib, unga ta'limning texnika vositalari qo‘shilgan;
— bolaga yondashuv bo‘yicha: avtoritar;
— ko‘p qo‘llaniladigan metodlari bo‘yicha: tushuntirish-
illyustratsiyalash;
— ta'lim oluvchilar toifalari bo‘yicha: ommaviy.
Shu bilan bir vaqtda, jamiyatning rivojlanishi alohida mamlakatlarda va umuman jahonda insonparvar fal­safiy asosdagi yangi pedagogik texnologiyalarni yaratdi. Bular ham yuqorida aytilgan belgilarga ko‘ra quyidagicha tasnif qilinishi mumkin: hamkorlik pedagogikasi, o‘yin texnologiyalari, muammoli ta'lim, programmalashtirilgan ta'lim, guruhli texnologiyalar va boshqalar.
Pedagogik texnologiyalarni tasniflashda ularning eng yaqqol ajralib turadigan xususiyatlariga asoslaniladi. Aslida esa har bir pedagogik texnologiya sof holda uchramaydi, ularda boshqalariga xos bo‘lgan elementlar albatta mavjud bo‘ladi.
Masalan, aqliy hujum, ishchanlik o‘yini, ro‘lli o‘yin kabi interfaol mashg‘ulotlar tarkibida hamkorlik, bola shaxsiga yo‘naltirilgan, muammoli, didaktik o‘yin kabi pedagogik texnologiyalar elementlari albatta mavjud. Xuddi shunday tahlilni deyarlik har bir pedagogik texnologiya shakillari va usullariga nisbatan ham o‘tkazish hamda sof holda ajratib olish mumkin bo‘lgan alohida texnologiya aslida amalda yo‘qligiga ishonch hosil qilish mumkin.



Yüklə 3,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin