103
yuzasi nisbatan kichik bo‘lgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini
qurishda
rangli metallar tejaladi; 2) liniyadagi quvvat isroflari (P'
3I
2
r
l
)
kamayishi tufayli iste’molchilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat
oshadi.
Ayrim
issiqlik elektr stansiya(IES)larida o‘rnatilgan kuch
transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV
dan 500 kV ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi
energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 25
2
= 625 marta
kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Har qaysi elektr stansiyasida kuchlanishni
oshiruvchi katta quvvatli
transformatorlar o‘rnatilgan bo‘ladi(8.1-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq
masofali va uzatilayotgan quvvat qancha katta bo‘lsa, texnik-iqtisodiy
jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori bo‘ladi.
Masalan,
103 MVt
quvvatni 1000 km masofaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish
zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok iste’molchilarining ko‘pchiligi 220, 380 va 660 V
kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda o‘rnatilgan suv nasoslarini yuritadigan
sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qo‘llaniladigan
katta
quvvatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada
ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV
kuchlanishlarda; elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida qo‘llaniladigan
elektr motorlari 3,3 kV kuchlanishda ishlaydi. Shuning uchun elektr
uzatish liniyasining yuqori kuchlanishi
markaziy va mintaqaviy
podstansiyalarda hamda elektr energiya iste’molchilariga yaqin joyda
o‘rnatilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur bo‘lgan
kuchlanish qiymatiga qadar pasaytiriladi. Shu xususda 8.1-rasmda,
konstruksiyasi kuchlanish klassi 35 kV, quvvati esa 1000
6300 kVA ga
mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori ko‘rsatilgan.
104
Elektr stansiyasidan iste’molchilarga elektr
energiyani uzatish jara
yoni besh-olti bosqichda asosan ikki chulg‘amli katta quvvatli
transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun kuch
transformatorlarining soni hamda ularning
quvvati elektr energiyani
uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr generatorlarining
soni va o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan taxminan olti marta ko‘p bo‘ladi.
8.1-rasm.
Kuchlanish klassi 35 kV quvvati
1000
6300
kV
A
konstruk-tsiyasiga
mos
keladigan
pasaytiruv-chi
kuch transformatori:
Dostları ilə paylaş: