198
boshqa aktlarni ishlab chiqarish va qabul qilishga qaratilgan. Bu aktlar
asosiy hujjatlarni o‘z ichiga oladi, energiya tejamlash qonunchilik bazasini
shakllantiradi:
O‘zbekiston Respublikasinig “Energiyadan ratsional foydalanish
to‘g‘risida” 1997-yil 25-aprelda qabul qilingan №412-1 raqamli qonuni;
O‘zbekiston Respublikasinig “Elektr energetika to‘g‘risida” 2009-
yil 30-sentyabrda qabul qilingan №3 RU – 225 raqamli qonuni.
Ma’muriy boshqarishning qurollaridan
biri energetik audit
o‘tkazishdir. O‘zbekiston Respublikasining (energiya tejamlash) qonuniga
muvofiq, yoqilg‘i-energetik resurslarini bir yillik iste’moli 1,5 ming
tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i bo‘lgan korxonalar, majburiy energetik
ko‘riklardan o‘tishlari shart. O‘tkazilgan ko‘riklar
asosida korxona
energetik pasporti rasmiylashtiriladi va bu pasportda YOER hajmi,
korxonaga kelib tushgan elektr va issiqliq energiya hajmi; korxonaning bir
yillik tuzilmaviy hajmi bo‘linmasidagi yoqilg‘i, issiqlik va elektr
energiyasi hajmi; har bir texnologik jarayonlarda yoqilg‘idan,
issiqlik va
elektr energiyadan foydalanishlar keltiriladi.
Dostları ilə paylaş: