KIRISH Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish va mehnat qobiliyatini ko‘tarish borasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda hukumatining qator farmon va qarorlari qabul qilindi. Bu farmon va qarorlarda ko‘rsatib berilgan vazifalarni to‘la-to‘kis bajarishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli kattadir. Tibbiyot xodimlarining asosiy vazifasi odamlarni davolashekanligi hammaga ma’lum. Ammo tibbiyot xodimlari odamlarni davolash bilan birga kasallikning kelib chiqish sabablarini, ana shu sabablarni bartaraf etish chora-tadbirlarini ham bilishlari kerak. Bunday bilimni ular gigiyena fani orqali egallaydilar. Gigiyena yunoncha so‘z bo‘lib, hygicinos —sog‘lom degan ma’noni anglatadi. Gigiyena inson vujudi va faoliyatini tashqi muhit bilan uzviylikda o‘rganadi va tashqi muhit sog‘lom bo‘lmay turib, inson sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi, deb o‘rgatadi. Òashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy sharoitlar belgilaydigan omillar majmuyi — yer, suv, havo, oziq-ovqat va shu kabilar tushuniladi. Inson organizmiga tabiatda beto‘xtov sodir bo‘lib turadigan kimyoviy, biologik, radioaktiv omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, ammo insonga tabiatning o‘zi ato etgan tabiiy moslanuvchanlik xususiyati bunday ta’sirlarga qarshi turib, kasallik paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi.Gigiyena fani tashqi muhit omillarining inson organizmiga ta’sirini tadqiq qilib, olingan ma’lumotlar asosida tashqi muhitni, inson yashaydigan va mehnat qiladigan shart-sharoitlarni yaxshilash, inson sog‘lig‘ini mustahkamlashning me’yor va qoidalarini, yuqumli kasalliklarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi.Qo‘lingizdagi mazkur darslikning asosiy vazifasi ham gigiyena fanining eng asosiy bo‘limlarini tibbiyot, hamshira (xodim)lariga o‘rgatish, sanitariya-gigiyena tartib-qoidalarini tushuntirishdan iborat. O‘ylaymizki, shu soxaning yetuk mutaxassisi bo‘lishingizda darslik hamisha Sizga amaliy yordam beradi.ivojlangan jamiyatda inson sog‘lig‘ini muhofaza qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlari katta kuchdir.Òibbiyot xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o‘zi kifoyaqilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini o‘zida mujassam etgan hamda profilaktik tibbiyotga nazariy asos bo‘la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilimlarni gigiyena, ya’ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ko‘rish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi fan beradi. Gigiyena inson vujudi hamda faoliyati bilan atrof-muhitning uzviyligini ta’kidlaydi. Muhit sog‘lom bo‘lmay turib, tananing sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi. Shu ma’noda gigiyena tabiiy, ijtimoiy muhit — borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham o‘rganadi va bu borada tavsiyalar beradi. Òashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlar tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omillarining majmuyi tushuniladi. Òashqi muhit omillariga yer, suv,havo, oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi muhitning beto‘xtov harakatda bo‘lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy, biologik, radioaktiv) ta’siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi tabiiy muvozanatning buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki moslashuvchanlik (adaptatsiya) ning chegarasi bor. Demak gigiyena fani inson sog‘lig‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashning muhimligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash, turar joylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.