O‛zbekiston respublikasi oliy va o‛rta maxsus ta`lim vazirligi ijtimoiy fanlar kafedrasi fakulteti jismoniy madaniyat fakulteti


O'quvchilar gigiyenasi talablari tarifi asosi



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə6/7
tarix22.05.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#119387
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi1

2.2 O'quvchilar gigiyenasi talablari tarifi asosi.

Kun tartibining noto‘g‘ri tashkil qilinishi, ayniqsa, qoniqib


uxlamaslik bosh miya po‘stlog‘ining tiklanish jarayonlariga hamda
o‘quvchining ish qobiliyatiga ta’sir qiladi.
Gigiyenik jihatdan asoslanib tuzilgan kun tartibi o‘quvchining
kun bo‘yi bajaradigan asosiy faoliyati turlarini me’yorlashga, aqliy
va jismoniy mehnatini, dam olishni to‘g‘ri olib borishiga imkon
beradi. Maktab dasturi o‘quvchilarning aqliy faoliyatini jadallashtirishni to‘g‘ri rejalashtirmas ekan, o‘quv jarayoni va sog‘liqni
saqlashda ko‘zlangan maqsadga erishish qiyin bo‘ladi.
Kun tartibiga qat’iy amal qilmaslik o‘sib kelayotgan organizmga juda yomon ta’sir ko‘rsatadi. O‘quvchilarning ish qobiliyati
pasayib, o‘zlashtirishi yomonlashadi, vaqt o‘tishi bilan sog‘lig‘ida
salbiy o‘zgarishlar paydo bo‘ladi.
Kun tartibi ayrim bandlarining muntazam takrorlanib turishi
organizm hayot faoliyatining ma’lum bir maromiga tushib olishini ta’minlaydi. Bola ma’lum bir vaqtda uyg‘onishga o‘rganadi,
ma’lum soatlarda qorni ochganini, kuch- quvvatga to‘lib-toshganini, ma’lum bir vaqtda charchaganini sezadi. O‘quvchining
kun tartibi organizmning jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos
tarzda tuzilishi kerak.
O‘quvchining kuni ertalabki gigiyenik gimnastika mashg‘ulotlari
bilan boshlanadi (14–15-jadvallar). Ertalabki badantarbiya va suv
muolajalari uyquni qochirib, o‘quv faoliyatiga tez kirishib ketishiga
yordam beradi.
O‘qish o‘quvchining markaziy nerv sistemasiga katta talablar
qo‘yadi. Shuning uchun maktabda ham, uyda ham kun tartibiga puxta
rioya qilish kerak. Shunda markaziy nerv sistemasi zo‘riqmaydi. Maktabdagi o‘quv mashg‘ulotlari o‘quv rejasi asosida olib boriladi.
O‘quvchi tushlik ovqatini yeb bo‘lib dam olgandan keyin ko‘pi
bilan soat 16 da uy vazifalarini bajarishga kirishishi kerak. O‘quvchilarning nonushta va tushlikdan keyingi ochiq havoda biroz o‘ynab kelib keyin dars tayyorlashi maqsadga muvofiq bo‘ladi.Vrachlar va fiziologlar 14–17 yoshni oraliq yosh deb hisoblaydilar, chunki shu yoshda o‘smir organizmi zo‘r berib rivojlanib, balog‘atga yetib boradi, markaziy nerv sistemasi faoliyatida o‘smirning yurish- turishida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi.
14–17 yashar o‘quvchilarning o‘quv dasturi ancha og‘ir
bo‘ladi, 11- sinfda u o‘quvchilarning oliygohlarga tayyorlanishi
tufayli yana ham kengayadi. Imtihonlarga tayyorlanish va topshirish
davrida organizm hammadan ko‘p zo‘riqadi. Mana shu davrda kun
tartibiga puxta amal qilish, tunda yetarlicha qoniqib uxlash kerak.
Ish qobiliyatini kun bo‘yicha yuksak darajada saqlab qolish uchun
o‘quvchilarga kunduzi 1,5–2 soat uxlab olib, keyin bir soat ochiq
havoda sayr qilish tavsiya etiladi. O‘quv mashg‘ulotlari mahalida
har 45 daqiqadan keyin 10–15 daqiqa tanaffus qilish lozim.
Uyqu asab sistemasini toliqib qolishdan saqlaydi. Uxlaganda
organizmdagi hamma a’zo va to‘qimalar, jumladan, bosh miya
po‘stlog‘i orom oladi. Asab hujayralari oziq moddalar zaxirasiga to‘-
lib, quvvat yig‘adi, organizm yangi mehnat kuniga tayyorlanadi.
Odam qattiq va miriqib uxlashi uchun ma’lum bir soatda yotishga o‘rganishi, uxlashdan 1–1,5 soat oldin hech qanday aqliy
ish bilan shug‘ullanmasligi kerak.
Uyquga qoniqmaslik o‘quvchilarning ish qobiliyatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Uxlashdan oldin xonani shamollatish, xona harorati 16–17 °C
bo‘lganda deraza yoki fortochkani ochib qo‘yish kerak.
Maktabdagi mashg‘ulotlardan keyin ochiq havoda sayr qilish,
serharakat o‘yinlar o‘ynash kuch-quvvatni tiklashga yaxshi ta’sir
ko‘rsatadi.
Aqliy mehnat bilan jismoniy mehnatning almashinib turishi
ish qobiliyatini oshiradi. Yurak tomirlar sistemasi, nafas a’zolari
faoliyatini yaxshilaydi, moddalar almashinuvini kuchaytiradi.
Maktabdan va sinfdan tashqari ishlarning (sport mashg‘ulotlari,
turistik safarlar, to‘garak ishi, jamoat ishi, adabiy kechalar, muzeylarga borish va boshqalar) o‘quvchilarga zavq bag‘ishlab, kuchquvvatlari va aqliy mehnat qobiliyatlarini oshirishda yaxshi ta’sir
qiladi. Ba’zi to‘garaklarga qatnashishga ancha vaqt va kuch ketadi,
buni unutmaslik kerak (modellar yasash, radio, foto to‘garaklari,
havaskorlik to‘garaklari va boshqalar). Bu gap yopiq binoda
o‘tkaziladigan to‘garaklarga ayniqsa taalluqli. Mashg‘ulotlar ko‘pi
bilan 1–2 marta, 50–60 daqiqadan o‘tkazilgani ma’qul. Har bir
o‘quvchi 1 ta to‘garakda, istisno tariqasida 2 ta to‘garakda qatnashishi mumkin. Bola organizmining morfologik xossalari, pedagogika jarayoni
va o‘quv mashg‘ulotlari tufayli uning organizmida kuzatiladigan
o‘zgarishlar xususiyatiga qarab, maktabda o‘qishning butun davrini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin. 1- bosqich, bir qadar, ma’lum vaqt qimirlamasdan o‘tirib, o‘qish va yozish malakalarini egallash bilan belgilanadi. Keyingi bosqichlarida bolalar bosh
miya po‘stlog‘i hujayralari ishtiroki hamda shartli refleks reaksiyalari asosida bilim oladilar.
Maktabda o‘qiy boshlagan 5–6 yashar bolalar dastlab maktab
sharoitiga o‘rganishga ancha qiynaladilar. Chunki ular o‘zlari uchun
notanish bo‘lgan yangi bolalar va kattalar jamoasiga, kun tartibiga, o‘qituvchining talablariga, darsda ko‘proq qimirlamasdan
o‘tirish zarurligiga asta-sekin o‘rganib, moslashib boradilar.
Birinchi sinf o‘quvchisi hali yozishga qiynaladi, yozish jarayonida qo‘l panjasidagi mayda chuvalchangsimon mushaklarga zo‘r
keladi, chunki 5–6 yoshda bu mushaklar yaxshi rivojlanmagan
bo‘ladi. Yozish paytida daftar qiyshiq qo‘yilsa, yoki o‘quvchi qiyshiq
o‘tirsa, bel mushaklari tez charchab qoladi, xatni chiroylik yoza olmaydi, barmoqlar qalamning uchidan 4—5 sm yuqori turishi kerak (bosh, ko‘rsatkich va o‘rta) barmoqlar bilan qattiq qismasdan,
ohista ushlansa, qo‘l mushaklari charchab qolmaydi. Yozish vaqtida
daftar bilan ko‘z orasidagi masofa 35–40 sm bo‘lmog‘i lozim. Yozish uchun, asosan, binafsha, qora, yashil siyoh yoki
pastalar tavsiya qilinadi. Qizil siyoh yoki ko‘zning sezuvchi nurlarini kuchli ta’sirlanishi natijasida tez charchatadi.
Biroz yozgandan so‘ng ko‘z, qo‘l, bel mushaklari, ayniqsa
kichik yoshdagi o‘quvchilarda tez charchaydi. Shuning uchun 5–6
yashar bola 5 minutgacha 7–10 yoshda 10 minutgacha, 10–12
yoshda 15 minutgacha,12–15 yoshda 20 minutgacha,15–18 yoshda
25–30 minutgacha yozishi kerak. Bu rasm va chizma ishlari uchun taalluqli. Ko‘zga yaqin tutib o‘qish tufayli ko‘zdagi akkomodatsiya mushaklari hamda harakatlantiruvchi mushaklar zo‘riqadi. O‘qish paytida ko‘z bilan kitob orasidagi masofa 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘z charchab qolmasligi uchun har 20–30 minutlik o‘qishdan so‘ng 1–2 minut tanaffus qilib, uzoquzoqlarga, yashil daraxtlarga qaralsa, ko‘z ichi bosimi pasayib, ko‘z dam oladi. Birinchi sinf o‘quvchilarining darsga moslashishi uchun birinchi yarim yillikda darslar muddatini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 5–6 yashar bolalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra o‘quv yilining ikkinchi yarmida darslar muddati asta-sekin qo‘shilib borishi kerak, sentabr, oktabr oylarida 30 minutli 3 tadarsdan, noyabr, dekabrda 4 ta darsga, ikkinchi 2 yarim yillikda 35 minutlik 4 ta darsga o‘tiladi. Shunda bolaning fiziologik faoliyati vabo‘zlashtiruvchanligi butun o‘quv yili davomida bir maromda saqlanib turadi. O‘quv mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilarining organizmiga (o‘qishning boshlang‘ich davrlarida) ma’lum talablar qo‘yadi. Shuning uchun o‘quv muddati bolalar yoshi imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Kichik yoshda ish qobiliyatli darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatdan keyin, o‘rta va katta maktab yoshida esa 2–3 soatdan so‘ng qobiliyati pasaya boshlaydi, ayniqsa, 6- darsga kelib keskin pasayib ketadi. Shu munosabat bilan darslarni qancha davom etishi o‘quv jarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omili hisoblanadi.Jahonning turli mamlakatlarida shu jumladan, bizning mamlakatimizda o‘qitish yuzasidan to‘plangan ko‘p yillik tajriba 45 minutlik darsni eng qulay muddat deb e’tirof etadi. Biroq, dars to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirdagina bu muddat samarali natija berishi mumkin. Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda, 6–10 yashar bola 20 minut atrofida, 10–12 yashar bola 25 minut atrofida diqqatini bir joyga to‘plab o‘tirishi mumkin. ManaYozish uchun, asosan, binafsha, qora, yashil siyoh yokipastalar tavsiya qilinadi. Qizil siyoh yoki ko‘zning sezuvchi nurlarini kuchli ta’sirlanishi natijasida tez charchatadi. Biroz yozgandan so‘ng ko‘z, qo‘l, bel mushaklari, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda tez charchaydi. Shuning uchun 5–6 yashar bola 5 minutgacha 7–10 yoshda 10 minutgacha, 10–12 yoshda 15 minutgacha,12–15 yoshda 20 minutgacha,15–18 yoshda 25–30 minutgacha yozishi kerak. Bu rasm va chizma ishlari uchun taalluqli. Ko‘zga yaqin tutib o‘qish tufayli ko‘zdagi akkomodatsiya mushaklari hamda harakatlantiruvchi mushaklar zo‘riqadi. O‘qish paytida ko‘z bilan kitob orasidagi masofa 30 sm dan kam bo‘lmasligi kerak. Ko‘z charchab qolmasligi uchun har 20–30 minutlik o‘qishdan so‘ng 1–2 minut tanaffus qilib, uzoquzoqlarga, yashil daraxtlarga qaralsa, ko‘z ichi bosimi pasayib, ko‘z dam oladi. Birinchi sinf o‘quvchilarining darsga moslashishi uchun birinchi yarim yillikda darslar muddatini kamaytirish maqsadga muvofiqdir. 5–6 yashar bolalarning funksional imkoniyatlariga ko‘ra o‘quv yilining ikkinchi yarmida darslar muddati asta-sekin qo‘shilib borishi kerak, sentabr, oktabr oylarida 30 minutli 3 tadarsdan, noyabr, dekabrda 4 ta darsga, ikkinchi 2 yarim yillikda 35 minutlik 4 ta darsga o‘tiladi. Shunda bolaning fiziologik faoliyati va o‘zlashtiruvchanligi butun o‘quv yili davomida bir maromda saqlanib turadi. O‘quv mashg‘ulotlari maktab o‘quvchilarining organizmiga (o‘qishning boshlang‘ich davrlarida) ma’lum talablar qo‘yadi. Shuning uchun o‘quv muddati bolalar yoshi imkoniyatlariga mos kelishi zarur. Kichik yoshda ish qobiliyatli darslar boshlangan vaqtdan hisoblaganda 1,5 soatdan keyin, o‘rta va katta maktab yoshida esa 2–3 soatdan so‘ng qobiliyati pasaya boshlaydi, ayniqsa, 6- darsga kelib keskin pasayib ketadi. Shu munosabat bilan darslarni qancha davom etishi o‘quvjarayonini gigiyenik jihatdan tashkil etishning muhim omilihisoblanadi.Jahonning turli mamlakatlarida shu jumladan, bizning mamlakatimizda o‘qitish yuzasidan to‘plangan ko‘p yilliktajriba 45 minutlik darsni eng qulay muddat deb e’tirof etadi. Biroq, dars to‘g‘ri tashkil etilgan taqdirdagina bu muddat samaralinatija berishi mumkin. Psixologlarning ma’lumotlariga qaraganda,6–10 yashar bola 20 minut atrofida, 10–12 yashar bola 25minut atrofida diqqatini bir joyga to‘plab o‘tirishi mumkin.Boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishning pedagogik jihatlari. Kunning ko’p qismini ( 70%) o’quvchilar ta’lim muassasalarida o’tkazadilar. Ta’lim muasssasalarida o’qish vaqti bolaning o’sish va rivojlanishiga to’ri keladi. Respublika bo’yicha ta’lim muassasalaridagi boshlang’ich sinf o’quvchilari 2923809 nafarni tashkil qiladi. Tibbiy ko’rikdan 2883931 nafar, ya’ni 98,6% o’tgan bo’lib, shundan sog’lom bolalar 1057826 nafar, ya’ni 36,6% ni, kasal bolalar esa 1826105 nafar ya’ni 63% ni ko’rsatadi. [ A.Zokirov “Talim muassasalarida bolalarni sog’lomlashtirish “. 5/2005. Ilmiy metodik jurnal. 6-bet].Ushbu raqamlardan ko’rinib turibdiki sog’lom bolalarga qaraganda kasal bolalarning ko’rsatkichi yuqori.Hozirgi kunda o`qitishning samaradorligi o`quvchilarning aqliy faoliyatini oshirish xisobiga erishiladi. Ko’pchilik o’quv muassasalarida, ayniqsa fanlarni Ko’pchilik o’quv muassasalarida, ayniqsa fanlarni chuqurlashtirib o’qitilayotgan maktablar uchun doimiy psixoemotsional diqqatlilik, uyquning kamayishi, uzoq muddat o’tirish, harakat va toza havoda bo’lish vaqtining kamayishi holatlari xosdir. O’quv jarayoni salbiy omillarning ta’siri o’sayotgan organizmni asab, immun va boshqa tizimlarning moslashuv rezervlarining yomonlashuviga, funksional o’zgarishlar va surunkali o’choqlarning shakllanishiga olib keladi.O’qitish omillarining bolalar sog’ligiga salbiy ta’siri o’quvchilarga tibbiy xizmat ko’rsatishni takomillashtirishni talab qiladi.Ta’lim muassasalarida, ayniqsa maktablarda bolalar haftada 5-6 kun davomida 4 soatdan 6 soatgacha bo’ladilar. Bolalarni jamoa sifatida tashkillashtirish va ularni o’quv muassasasida uzoq muddat bo’lishi, butun o’qish davomida maqsadga yo’naltirilgan ommaviy profilaktik va sog’lomlashtirish dasturlarini samarali amalgam oshirish imkonini beradi. Bolalarni chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikdan o’tkazishning maqsadi ular sog’ligidagi nuqsonlarning ilk asoratlarini aniqlashdir.Ko’rikning ketma- ket va bosqichlari, tadqiqotning hajmi va usullari, xulosalar shakllari Sog’liqni Saqlash Vazirligi, Xalq ta’limi Vazirligi buyruqlari va qo’shma buyruqlari bilan tasdiqlangan. Ta’lim muassasalarida tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish jarayonlarini amalgam oshirish ma’muriyatni, tibbiy xodimlarni, pedagoglarni, ota – onalarning hamkorlikdagi faoliyatini nazarda tutadi. Umumta’lim maktabning birinchi sinfida o’qitish rejimining o’ziga xos tomoni shundaki, bola Umumta’lim maktabning birinchi sinfida o’qitish rejimining o’ziga xos tomoni shundaki, bola maktab ostonasiga qadam qo’ygunga qadar fiziologik sistemalari, jismoniy va ruhiy holati ma’lum darajada rivojlangan bo’lishikerak. Bu bolagamaktab zimmasiga qo’yayotgan talablarni uddalashga yordam beradi. Maktabga yetarlicha tayyor bo’lmaslik ko’pincha organizm rivojlanishining orqada qolishiga emas, o’quv faoliyati jarayonida zo’riqishga, uchraydigan funksiya va sistemalarning yetarlicha rivojlanmaganligiga bog’liq. Sog’lom bola organizmi 6 -7 yoshdan asosan morfologik hamda funksional jihatdan maktab ta’limiga tayyor bo’ladi.Chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rikda o’quvchilarda aniqlanayotgan nuqsonlar orasida yetakchi o’rinni tayanch – harakat apparatida va oyoq gumbazini shakllanishida nuqsoni borlar egallaydi.Zamonaviy qarashga muvofiq gavdani tutish organism holatining integral tavsifidir va nasldan – naslga o’tuvchi hamda ijtimoiy gigiyenik omillarning kompleks ta’siri natijalarini yoritadi.Bu omillar ichida o’tadigan o’quv tarbiyaviy jarayon va muhit omillarining o’rganilayotgan salbiy ta’siridan ko’proq tahlil qilinayotgani quyidagilardir:gavdani to’g’ri shakllanishiga maktab mebelining mos kelmasligi.Darsliklar bilan to’la papkani o’ta og’irligiJismoniy kam harakat va ko’p o’tirishdir.Tayanch – harakatda nuqsoni bor bolalar va o’smirlarning tibbiy ko’rigini o’tkazish va sog’lomlashtirish uchun ta’lim muassasasining tibbiy xodimlari, pedagoglar, ota – onalar bilan doimiy hamkorlikda ishlasi zarur.Pedagoglar o’quvchilar o’rtasida sog’lomlashtirish ishlarini tashkil qilishlari, ota – onalarga o’quvchilarning kun tartiblarini to’g’ri tashkil qilishlarini nazorat qilishlari zarurligi tushuntiriladi.Ta’lim muassasalarida o’quvchilarning tayanch harakat apparatida ko’p uchraydigan nuqsonlardan biri oyoq taginig deformatsiyasi.Bolalar va o’smirlar orasida asosan bo’yiga ketgan yassioyoq keng tarqalgan, eniga ketgan va boshqa turdagi yassioyoq kamroq uchraydi. Yassioyoq rivojlanishining asosiy sababi mushaklar va bog’lovchi apparatning bo’shlig’idir. An’anaviy shakllangan ta’lim-tarbiya jarayonida o’quvchilarning ko’p vaqti o’tirgan holatda bo’ladi. Shuning uchun pedagoglar o’quvchilarni dars vaqtida o’tirish holatlarini nazorat qilishlari, darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazishlari, ijobiy ta’sir qiladigan harakatlar tartibini tashkil qilishlari, jismoniy tarbiya mashqlariga gavdani to’g’ri tutishga yo’naltirilgan mashqlarni kiritishlari zarur. Mashqlarni musiqa ijrosida bajarish yanada ko’proq ijobiy samara beradi. Maktabda o’qishning birinchi kunidan boshlaboq birinchi sinf o’quvchilarida to’g’ri o’tirishni shakllantirishga e’tibor qaratish zarur. Bolalarni maktabda va uyda o’tirish holatini nazorat qilishning oddiy usullarini pedagoglar o’rgatishlari zarur. Pedagoglar bolaning o’tirishini sabr bilan boshlang’ich sinflarda kuzatishlari kerak. Yozma ishlarni bajarish uchun zarur bo’lgan egilib o’tirish holatida orqa mushaklarga og’irlik tushadi, yurak urushi tezlashadi, nafas olish harakatining amplitudasi kamayadi. Bunday holatda tenglikni saqlash uchun o’quvchilar stol ustiga ko’krak bilan suyanadilar, bu esa ichki organlar ishini yanada og’irlashadi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilarining nazorati bolalarning sog’lom bo’lishlari uchun katta ahamiyatga ega. Darslarda jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish o’quvchilarning ishga layoqatliligini ushlab turish uchun samarali vositadir.Rus olimasi Kuindji N.N darslarida jismoniy tarbiya daqiqalarini albatta o’tkazish zarurligini uqtiradi, chunki bunda o’quvchilarning markaziy nerv tizimin hamda partada uzoq o’tirishi sababli statik taranglashgan skelet mushaklar dam olishi ta’minlanadi. [ Kunji N.N ] Jismoniy tarbiya daqiqalarini uni versal profilaktik samara berishi uchun turli guruhdagi mushaklar va miyada qon aylanishini yaxshilashga mo’ljallangan mashqlarni o’z ichiga olishi kerak.Jismoniy tarbiya daqiqalarini o’tkazish uchun 3-4 mashqdan iborat maxsus mashqlar majmuasidan foydalanish mumkin. Ta’lim muassasalarida alohida o’rganlarga, tizimga va butun organizmga ruhiy va statik og’irlik qiluvchi mashqlar, darsda umumiy toliqishni oldini olish uchun jismoniy tarbiya daqiqasi va dars davomida taranglashganini xisobga olgan holda turli guruh mushaqlari uchun to’plangan mashqlardan iborat umumiy ta’sir qiluvchi mashqlar o’tkazishni talab qiladi. Mashqlar 1,5 – 2 daqiqa davom etadi. Mashqlarni tuzishga jismoniy tarbiya o’qituvchisi yordam beradi. Yozuv darslarida mashqlar ikki marotaba 15 va 25 – daqiqalarda o’tkazilishi kerak, panjalari toliqishini yumshatish uchun mashqlar bajariladi.Maktabda o’quvchilarni harakatga bo’lgan biologik talabini qondirish uchun sharoit yaratish lozim. Bu talab 2 soatdan ko’p hajmdagi bolalar va o’smirlarni kunlik harakat faolligini qondirishi mumkin.Harakat faolligining bunday hajmi har qaysi o’quvchi har kuni bajarilishi zarur bo’lgan ertalabki gimnastikadan, tanaffusdagi harakatlanuvchi o’yinlardan, uzaytirilgan kun tartibidagi sport soati, jismoniy tarbiya darslari va maktab musobaqalari, salomatlik kunlari hamda ochiq havodagi o’yinlar, jismoniy tarbiya bilan mustaqil shug’ullanish va sport seksiyalaridagi mashg’ulotlardan jamlanadi.Hozirgi kunda yoshlarimizning salomatligini ko’ngildagidek deb bo’lmaydi. Bolalarda ovqat hazm qilish va qon hosil qilish a’zolari kasalliklari, asab kasalliklari, yuqumli teri kasalliklari yetakchi o’rin egallaydi.Aynan shuning uchun ham ta’lim – tarbiya ishlarini yoshlar organizmining fiziologik xususiyatlariga asoslangan, gigiyena qoidalariga to’liq rioya qilingan holda ta’lim tizimini faoliyat ko’rsatishni ta’minlash bugungi kundagi muhim pedagogik muammolardandir. Pedagoglar yoshlarning o’sish va rivojlanishi qonuniyatlarini bilishi, o’quvchi – yoshlarni yosh xususiyatlariga qarab aqliy va jismoniy ish bajara olishi, tibbiy – gigenik qoidalariga rioya qilgan holda o’quv maskanlaridagi ta’lim – tarbiya ishlarini to’ri yo’lga qo’yishlari kerak.Bolalar salomatligini muhofaza qilish, sog’lom turmush tarzini shakllantirish va natijada sog’lom avlodni yaratish uchun albatta o’quvchilarga tibbiy – gigiyenik bilmlar berish juda ham zarur.Xulosa qilib aytganda ta’lim – tarbiya muassasalarida o’quvchilarning kasalliklarga chalinishining oldini olish va sog’lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarni ko’rsatib o’tamiz:___ o’quvchilarni sog’ligini ekologik va iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda chuqurlashtirilgan tibbiy ko’rik va sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish;__ kasallikka qarshi va sog’lomlashtirish tadbirlarini uzviy va izchil holda o’tkazish;__ sog’lomlashtirishga muxtoj o’quvchilarni sog’lomlashtirish muassasalariga yuborish;__ boshlang’ich sinf o’quvchilarda sog’lom turmush tarzini shakllantirishda pedagog va tarbiyachilarning tibbiy – gigiyenik bilimlarini yetarli bo’lishini ta’minlash;__ sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishda tibbiyot xodimlari, ota – onalar bilan hamkorlikda ish olib borish;__ ota – onalar va pedagoglar tomonidan o’quvchilarning kun tartibini to’ri tashkil etishni nazorat qilish.


XULOSA
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, “Sog’lom avlod” Davlat dasturi mazmunida insonni intellektual va ma’naviy – axloqiy jihatdan tarbiyalash, o’quvchilarda sog’lom tarzini shakllantirishni taqozo etmoqda.Inson, uning hayoti va salomatligini ta’minlash, o’sib kelayotgan yosh avlodni jismonan baquvvat qilib tarbiyalash bugungi kunda dolzarb ijtimoiy masala darajasiga ko’tarilmoqda. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan buyon jamiyatimizda kelajagimiz bunyodkori bo’lgan yoshlarga e’tibor yana kuchaydi. Ayniqsa yoshlarni sog’ligini saqlash sohasidagi ijobiy o’zgarishlarni har qadamda sezish mumkin.Bugungi kunda xalq ta’limi tizimiga qarashli qaysi turdagi muassasani olmaylik, ularda shifokorlar va malakali hamshiralar xizmat ko’rsatishmoqda.Umumta’lim maktablari o’quvchilari salomatligini muhofaza qilish, ularga malakali tibbiy xizmat ko’rsatish, kasal o’quvchilarni o’z vaqtida aniqlash, ularni sog’lomlashtirish, turli kasalliklarni oldini olish ishlari keng yo’lga qo’yilgan..Bugungi kunda sog’lom turmush tarzini shakllantirish ham o’tgan davrlardagidek muhim hisoblanadi va bu muammo ham o’tgan davrlardagidek ijtimoiy muammo sifatida o’rganilgan. Bu borada bir qator pedagog olimlarimiz tadqiqot ishlarini olib borib tavsiyalar berganlar.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin