So„rovga maydonlar qo„shish So„rovga tanlangan jadvalning barcha maydonlarini kiritish shart emas.
Masalan, ko„rilayotgan misolda bizni «Номер группы», «Номер
учащегося», «Код предмета» va «Оценка» lar qiziqtiradi. So„rov faqat
shu maydonlarga qaratilgan bo„lishi zarur. So„rov blankiga kerakli
maydonlarni ularning nomini ro„yxatdan olib o„tish yordamida qo„shiladi.
Ro„yxat konstruktor oynasining yuqori qismida shaklning
Поле qatorida
joylashgan bo„ladi. Yana bir usuli maydon nomida sichqonni ikki marta
bosish.
Ko„pchilik so„rovlarni tashkil qilish jarayonida jadval maydonining
qismi ishlatiladi. Ba‟zida so„rovga jadvalning barcha maydonlarini
qo„shish talab etiladi. Bu vazifani bir nechta usullar bilan bajarish
mumkin:
So„rov konstruktori oynasining yuqori qismida joylashgan jadval
sarlavhasi qatorini sichqon bilan ikki marta bosib barcha maydonlarni
belgilang va uni so„rov blankining birinchi qatoriga ko„chirib o„tkazing.
Access jadvalning har bir maydonini avtomatik ravishda alohida
ustunlarga joylashtiradi.
Jadval maydonlari ro„yxatida * belgisini tanlang va uni so„rov
blankiga ko„chirib o„tkazing. Natijada jadvalning barcha maydonlari
so„rovga kiritiladi, ammo blankda
Имя Таблицы yozuvi paydo bo„ladi.
So„rovdan maydon va jadvallarni o„chirish So„rov blankidan maydonlarni o„chirish uchun u joylashgan ustun
tanlanadi va [Del] tugmasi bosiladi yoki “Правка”
menyusining
“ Удалить
столбцы”
buyrug„i bajariladi.
So„rovdan jadvallarni o„chirish uchun avvalo so„rov konstruktori
oynasining yuqori qismida joylashgan jadval belgilanadi. Buning uchun
uning maydonlaridagi ixtiyoriy nomi sichqon yordamida bosiladi. So„ngra
[Del] tugmasi bosiladi yoki “Правка”