3
1 – AMALIY MASHG
„
ULOT.
Mavzu: Zamonaviy kompyuter platformalari va ularning
texnik xususiyatlari
Reja:
1. Nazariy qismni o„rganish.
2. Asosiy qurilmalarning funktsiyalari.
3. Kompyuterning qo„shimcha qurilmalari.
4. Kompyuterning texnik imkoniyatlari.
Nazariy qism
Kompyuter - hisoblarni bajarish, shu
jumladan elektron shakldagi
axborotni oldindan belgilangan algoritm bo„yicha qabul qilish,
qayta
ishlash, saqlash va ishlov berish uchun mo„ljallangan elektron mashinadir.
Kompyuter so„zi ingliz tilidagi “to compute”, “computer”, so„zlarining
hosilasi bo„lib, ular “hisoblash”, “hisoblagich” deb tarjima qilinadi.
Dastlab ingliz tilida bu so„z mexanik qurilmani jalb qilib yoki uning
ko„magisiz
arifmetik
hisoblarni
bajaradigan
insonni
anglatgan.
Keyinchalik uning ma‟nosi mashinalarning o„ziga ko„chirildi, biroq,
zamonaviy kompyuterlar matematika bilan bevosita bog„liq bo„lmagan
ko„plab masalalarni ham bajaradilar.
Kompyuter (ingl. computer - hisoblagich) -
elektron shaklga ega turli
ma‟lumotlarni qabul qilish, yig„ish, saqlash, ularga ishlov berish, axborot
uzatish, hisoblash kabi imkoniyatlarga ega bo„lgan qurilma.
Kompyuter boshqaruv,
ilmiy izlanishlar, loyiha-konstruktorlik,
hisobot, statistika va iqtisod sohasidagi
mutaxassislarni mehnatini
yengillashtirish va hisoblash ishlarini avtomatlashtirish uchun,
xizmat
qiladi.
Axborotni berilgan algoritm asosida avtomatik tarzda ishlov mashinasi
- kompyuter murakkab elektron qurilmadir. Kompyuter tarkibiga quyidagi
qurilmalar kiradi (1-rasm): 1.Monitor; 2. Tizimli blok; 3.
Klaviatura; 4.
Sichqoncha.
4
1.1- rasm. Kompyuterning asosiy qurilmalari
1.
Monitor (Ekran) - kompyuterdan foydalanuvchiga
axborot
uzatishga
mo„ljallangan.
Monitor
kompyuterning ish jarayonida
vujudga keladigan
axborotlarni ekranda yoritib berishga xizmat qiladigan
qurilma.
Hozirgi vaqtda quyidagi monitor turlari mavjud:
- elektron-nurli trubkali monitorlar ;
- suyuq kristalli monitorlar;
- plazmali monitorlar
Dostları ilə paylaş: