7
4. Printer - kompyuter
xotirasidagi oldindan
belgilingan axborotni qog„ozga bosib chiqarish
uchun mo„ljallangan. Hamma bosib chiqarish
qurilmalari
matnli
axborotlarni,
chizma
ko„rinishdagi axborotlarni, ya‟ni rasmlar, grafiklar
va boshqa axborotlarni ham chiqara oladi.
Printerning 3 xil ko„rinishi mavjud:
Matritsali;
Purkagichli (siyohli);
Lazerli;
Matritsali printer (yoki nuqta matritsali) bosib chiqarish qurilmalar
IBM PC va unga mos tushadigan kompyuterlar
uchun keng tarqalgan
bosib chiqarish qurilmalari bo„lib, uning yozish qoidasi quyidagichadir:
bosib chiqarish qurilmasini yozuv qalpoqchasi ingichka metall sterjen
(igna)lar vertikal qatoridan iborat bo„lib, qalpoqcha yozilayotgan qator
bo„yicha
harakat qiladi, ignachalar esa bo„yaydigan tasma orqali kerakli
lahzada qog„ozga uriladi. Uning kamchiligi shundaki,
u ishlayotgan
vaqtida o„zidan shovqin chiqaradi va sekin ishlaydi.
Purkagichli (siyohli) - bunday printerlar maxsus (rangli va rangsiz)
siyohlarni purkash yo„li bilan ishlagani uchun ular siyohli deb ataladi. Bu
printerlarning turli ranglarda chop qilish sifati tiniq va ravshan bo„lib,
ularning kamchiligi siyohining tez tamom bo„lib qolishi va uning
nozikligidir. Bu printerlar matnlarni nisbatan tez,
grafik tasvirlarni esa
sekinroq chop etadi.
Lazerli printer hozirgi paytda eng kop foydalaniladigan bosib chiqarish
qurilmasi bo„lib, kundalik hayotda ishlatish uchun qulay hisoblanadi. Unda
ma‟lumotlarni bosib chiqarish quyidagi ko„rsatilgan darcha ko„rinishida
bo„ladi:
8
1.2 - rasm. Bosib chiqarish qurilmasining darchasi
Bu darchada bosib chiqarayotgan ma‟lumotingizni kerakli nusxada,
kerakli betlarini bosib chiqarish va printerning hossalarini o„zgartirish
mumkin.
5. Plotter (ingl. plotter – grafik printer) ― katta
hajmdagi chizmalarni chop qilishga mo„ljallangan
qurilma. Chizmalarni
siyohni sepish yordamida
hosil
qiladi.
Plotterlar
yordamida
tasvirlarni
qog„ozlarga va bannerlarga chiqarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: