2.2. Shaxta maydonini qazishga tayyorlash. Tayyorlash, yoki tayyorlash ishlari - bu shtreklar, vosstayushiylar, ortlar va boshqa kon lahimlarini o‘tqazib ular orqali konni ochilgan qismida, qazib olinadigan - alohida uchastkalarga, qavatlarga, bloklarga panellarga, ustunlarga ajratiladi. Qazib olinadigan uchastka ham o‘z navbatida alohida tayyorlovchi va kesuvchi lahimlarga bo‘linadi. Bu lahimlar o‘z navbatida alohida qismlarga jumladan: qavat ostini, qatlamlab, kesib kiruvchi pog‘analar, kameralar, qavat osti, kameralar aro, panellar aro seliklarga bo‘linadi.
Shtrek - yer yuzi bilan bevosita tutashmaydigan gori-zontalkon lahimi bo‘lib, shaxta maydonidagi foydali qazilma zaxirasining bir qismini qazishga tayyorlash uchun barpo etiladi.
Shtreklar kon yotqizig‘i qiya joylashgan bo‘lsa, u holda faqat yotqiziq (qatlam) cho‘ziqligi bo‘yicha, gorizontal joylashgan bo‘lsa, istalgan yo‘nalishda o‘tilishi mumkin. Shtreklar bajaradigan vazifalariga ko‘ra bosh, oraliq, tashish, shamollatish, konveyer va boshqa nomlar bilan yuritiladi.
Ko‘tarilma (vosstayushiy) - qiya (ayrim hollarda vertikal)kon lahimi bo‘lib, asosan, ruda va boshqa yuklarni yuqoridan pastga o‘z og‘irlik kuchi ta'sirida tashishga xizmatqiladi.
Ort - qalin ko‘mir qatlamlari yoki ruda yotqiziqlarining gorizontal qalinligi bo‘yicha o‘tiladigan gorizontal konlahimi.
Shaxta maydonini qazib olishga tayyorlash shundan iboratki uni asosiy gorizont lahimlari bilan qavatlarga bo‘lish -yuk tashiluvchi shtreklar, ortlar bilan va ya'ni qavatni qazib olinadigan uchastka - bloklarga vosstoyushiy lahimlari yordamida bo‘lish. Tayyorlovchi lahimlar kishilar harakatlanishi, kon jinslari massasini transport vositalari yordamida tashish, materiallar va uskunalarni yetkazib berish, gorizontdagi lahimlarni shamollatish va boshqa maqsadlar uchun xizmat qiladi. Kondagi foydali qazilma yotqizig‘i salgina qiya joylashgan bo‘lsa shaxta maydoni tayyorlovchi lahimlar bilan bosh va panel shtreklariga ular panel va stolbalarga bo‘linadi. Bloklar, panellar va stolbalar doirasida bevosita rudani qazib olish uchun o‘tkaziladigan kesuvchi lahimlar maxsus guruhga bo‘linadi
Kesuvchi lahimlarga quyidagi lahimlar taalluqli:
Qavat osti va tabaqa (qatlamidagi) blokni qazib olish uchun alohida qavat osti gorizontal yoki tabaqa shtreklariga bo‘ladi.
Skreperlash gorizontini lahimlari qo‘porib olingan rudani asosiy gorizontidagi lahimiga yetkazib berishga, nogobarit ruda bo‘laklarini ikkilamchi maydalash uchun xizmat qiluvchi shtreklar yoki ortlardan iborat lahimlar.
G‘alvirlash gorizontidagi lahimlar, qo‘porilgan rudani asosiy gorizontga tushirish va ikkilamchi maydalashga xizmat qiluvchi ortlar, shtreklar va kameralardan iborat lahimlar majmuasi.
Kesuvchi gorizontini lahimlari - qazib olinyotgan rudi massasini blok tagidan ajratish uchun xizmat qiladi. Kesuvchi vosstoyushiylar va tirqishlar gorizontal yoki tik o‘tilgan yo‘lak shamollatuvchi tutashma va qator boshqa lahimlar, bular rudani qazib olish bilan bevosita chambarchas bog‘liq bo‘lganligi uchun, qazish tizimlarini o‘rganishda ular alohida ko‘rib chiqiladi.
Tayyorlash ishlari hajmini xarekterlash uchun tayyolash ishlari hajmini solishtirma ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. Bu ko‘rsatkich foizlar bilan ifodalanib, tayyorlovchi lahimlar hajmini, qavatdagi yoki blokdagi ruda hajmiga nisbati bilan belgilanadi. Bu ko‘rsatkich qo‘llanilayotgan qazib olish tizimiga, konni xarakteriga bog‘liq holda tayyorlash ishlarini solishtirma hajmiga ko‘ra 2÷15 % gacha o‘zgarishi mumkin. Ko‘pincha tayyolash ishlarining solishtirma hajmi tayyorlovchi lahimlarni ruda tanasidan o‘tkazganda undan chiqqan yo‘ldosh ruda hajmini, blokdan ajratib olinadigan ruda zahirasiga nisbati bilan belgilanadi. Lekin bu ko‘rsatkich tayyorlovchi lahimlarni puch jinslardan o‘tkazilgan hajmini ifodalamaydi.
Tayyorlash ishlari hajmi, o‘tilib tayyorlangan lahimlarning uzunlik o‘lchamini 1000 tonna rudaga to‘g‘ri keladigan qazib olishga tayyor ruda zahirasi bilan xarakterlanadi.
Tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. Qabul qilingan tayyorlash usullari, tayyorlovchi lahimlarni joylashishi va o‘lchamlari quyidagi talablarga muvofiq kelishi lozim: rudani qazib olish ishlari xavfsizligini ta'minalsh; qazib olinayotgan kovjoyni me'yordagidek shamollatish; belgilangan o‘rtacha miqdordagi foydali birikmalarga ega bo‘lgan ma'lum ruda zahirasini qazib olish va uning doimiy bir xil o‘lchamdagi rezerviga ega bo‘lish uchun tayyorlangan va qazib olishga tayyor bo‘lgan bloklarni, qavatlarni o‘z vaqtida tayyor bo‘lishini ta'minlash; kishilar harakatlanishida, lahimlar bo‘ylab materiallar va uskunalar yetkazib berishda qulay va xavfsiz sharoit yaratish.
Tayyorlovchi lahimlarni muhofazalovchi seliklardagi rudani yo‘qotilishini minimal miqdorda bo‘lishini ta'minlash; rudani blokdan chiqarib yuklash uchun yetkazib berish; yuklash va tashishni unumli usulini belgilash; lahimlar turg‘inligini saqlab turish va mustahkamlagichlarni ta'mirlash ishlarini amalga oshirishda kam xarajatliligini tanlash; yer osti suvlarini miqdori anchagina bo‘lgan sharoitda o‘z vaqtida drenaj ishlarini amalga oshirilishini ta'minlash.
Asosiy gorizontni tayyorlash usullari ruda tanasini qalinligiga uning og‘ish burchagini o‘lchamiga, ruda va yondosh jinslarning fizik-mexanik xususiyatlariga, qavatdagi rudani ajratib olish tartibiga va foydali qazilmalarni transport vositalarida tashish usullariga bog‘liq. Rudani qazib olish texnologik operatsiyalari ichida yuk tashiladigan asosiy gorizont lahimlarini joylashtirilishiga, eng ko‘p ta'sir etivchi operatsiya, rudani tushirish va yuklash jarayonidir.
Texnologik operatsiyalarning u yoki bu elementlarini o‘zgartirish, yuk tashiladigan shtrek va ortlarning joylashish sxemasini o‘zgartirishga sabab bo‘lishi mumkin. Masalan, rudani skreperda sidirib yetkazib berish o‘rniga titratma ruda tushirgich o‘rnatilsa, u holda asosiy gorizont lahimlarini o‘lchamlari va uskunalarni joylashtirish sxemasi ham o‘zgaradi.
Asosiy gorizont lahimlarning joylashtirilishi kon bosimining ta'siriga bog‘liq. Bu omillarni tayyorlash ishlari olib borishga ta'sirini, rudani qazib olish tizimlarini o‘rgangan vaqtda batafsil ko‘rib chiqiladi. Yuk tashiladigan lahimlarni joylashtirish sxemasini eng ko‘p tarqalgan variantlari haqida to‘xtalamiz.
Yupqa va juda yupqa tomirli ruda tanasi bo‘ylab asosiy gorizontdan shtrek o‘tkaziladi, uni shunday joylashtirish kerak-ki blokdan chiqariladigan rudani vagonetkalarga yuklash qulay va oson bo‘lsin. Agar ruda blokdan yuk orqali chiqarilsa, lyuk yuk tashiladigan shtrekni yuqorigi burchaklaridan biriga joylashtirilgan bo‘lishi kerak.
Men ushbu bitiruv malakaviy ishimda Rudani magazinlab qazib olish va qazib olingan rudani blok ro‘parasidan chiqazish variantini tanladim. Qazib olish tizimining ushbu variantida blokni qazib olishga tayyorlash ishlari quyidagicha amalga oshiriladi: ruda tanasiga parallel ravishda 6-8 metr uzoqlikda atrof tog‘ jinslaridan tashish shtreki o‘tiladi. Tashish shtrekidan ruda tanasiga perpendikulyar ravishda har 4-6 metr masofada ortlar o‘tiladi. Ortlar ma'dan tanasini kesib o‘tadi va to‘xtaydi. 7-8 ta ortlar oralig‘i bitta blok uzunligini tashkil qiladi, ya'ni 40-50 metrlik uzunlikda. Ma'dan tanasi bo‘ylab 1-chi va 8-chi ortlar blokning chegaralari hisoblanadi. 1-chi va 8-chi ortlardan ma'dan tanasidan unig og‘ish burchagiga mos ravishda vosstayushiylar yuqori qavat gorizontigacha o‘tqaziladi. Vosstayushiylar o‘tish uchun qulaylik yaratish, ya'ni odam harakati va o‘tish jarayonida portlatilgan tog‘ jinslarini tushirish bo‘linmalarini alohida ajratish va blok ichida qazish jarayonidan vosstayushiyni saqlab qolish maqsadida, vosstyushiydan 3-4 metr oralig‘da tutashmalar o‘tiladi.Tutashmalarinng uzunligi 3 metrni tashkil etadi. Qirqish ishlari 2-chi ortdan 7-chi ortgacha, ya'ni 2 chi ortdan 7 chi ortgacha, ma'dan tanasi bo‘ylab 2 metrlik balandlikda kesma shtrek (podsechnoy shtrek) o‘tish bilan boshlanadi. Shu tartibda blok yuqori gorizontga 5-6 metrlik himoya seliklari qolguncha qazib olinadi. Himoya seliklari yuqori gorizont tugatilgan blok ichidagi tog‘ jinslarini pastgi blokga tushishdan saqlaydi. Blokda qazish ishlari tugatilgandan so‘ng, vosstayushiylardan o‘tilgan burg‘ilash kamerasidan himoya selik bo‘ylab loyiha asosida skvajinalar o‘tiladi va portlatiladi.
Blokni qazish jarayonida qulatilgan rudaning 30-35% chiqaziladi va qazish ishlari tugagandan so‘ng chiqazish ishlari to‘liqligicha amalga oshiriladi.
Ruda tanasining yo‘nalishi bo‘yicha uzunligi L=1080m ni har birini 54 metrdan 20 ta blokka ajratib oldik. Ruda tanasining og‘ish bo‘yicha uzunligi N=450m ni 9 ta qavatga ajratib oldik.
Lblok = L/20= 1080/20=54
Netaj = N/5=450/9=50
• Blokni og‘ish bo‘yicha uzunligini - Hetaj=50m • Blokning uzunligi – Lblok = 54m