Ikkinchi paragraf odatda
muayyan
tadqiqot
ob‟yekti bo„yicha
o„rganilayotgan muammoning umumiy holatini tahlil etishga bag„ishlanadi.
O„rganilayotgan ob‟yektning tashkiliy-iqtisodiy ko„rsatkichlarini tahlil etish
yetarlicha chuqur va maqsadga yo„naltirilgan bo„lishi, masalaga oid haqiqiy
ma‟lumotlarga asoslanishi lozim. Kurs ishida tadqiqot ob‟yektining 3-5 yillik
ma‟lumotlari tahlili asos qilib olinishi lozim.
Uchinchi paragrafda muallif tahlillar asosida mavzuni takomillashtirish
bo„yicha takliflar va tavsiyalar, uslubiy yondashuvlar ishlab chiqadi, ilgari
surilayotgan taklif va g„oyalar ham ilmiy ham amaliy jihatdan asoslanadi.
Uchinchi paragraf ustida ishlash talabadan chuqur tayyorgarlikni talab etadi.
Buning uchun ilmiy adabiyotlar va amaliy xarakterdagi ma‟lumotlarning yetarli
bo„lishi kifoya qilmaydi. Ushbu paragrafni tayyorlashda talabaning ilmiy-
tadqiqotlar olib borishga qodirligi, muammoni chuqur tahlil eta olishi va murakkab
ishlab chiqarish sharoitlarida to„g„ri qarorlar qabul qila olishi namoyon bo„ladi.
Talaba fan-texnika va ishlab chiqarishning oxirgi yutuqlaridan boxabar
bo„lgan, zaruriy me‟yoriy hujjatlar bilan ta‟minlangan, ishlab chiqarishni tashkil
etish va ilg„or texnologiyalarni qo„llash bo„yicha tavsiyalar bilan qurollangan,
xo„jalik yuritish tizimlari bilan yaqindan tanish bo„lsagina ilmiy asoslangan xulosa
va takliflar bera olishi mumkin.
Kurs ishining “Xulosa” qismini yozish bo„yicha ko„rsatma: Xulosa va takliflar kurs ishining mazmuni bayon etilishini yakunlaydi. Unda
talaba olib borgan ilmiy izlanishlarning natijalari umumlashtiriladi. Xulosa va
takliflar aniq, qisqa va tushunarli tarzda bayon etilishi, faqatgina mavzuga oid
masalalarni o„zida aks ettirishi lozim.
Xulosa va takliflar kurs ishining kirish qismida yoritilgan maqsad va
vazifalarga to„liq mos kelishi hamda ish oldiga qo„yilgan vazifalar qanday
yechilganini ko„rsatishi lozim. Takliflar aniq natijalarga, tajribalarga asoslangan
holda ko„rsatib berilishi, zaruriy hisob-kitoblar va ma‟lumotlar bilan
mustahkamlanishi maqsadga muvofiq.