6-amaliy mashg’ulot.
Proteus dasturi bilan tanishish. “Labcenter Electronics” kompaniyasi tomonidan ishlangan “Proteus 8” dasturi yordamida turli xil elektron qurilmalarni kompyuterda yig`ish, ishlashini tekshirish imkonini beradi. Bu dasturda deyarli barcha zamonaviy komponentalarning modellari jamlangan. Bu dasturdan rezistor, kondenstatorlardan boshlab, to mikrokontroller, mikroprotsessorlargacha bo`lgan xar qanday turdagi komponenta, detallarni virtual modelini to`pishingiz mumkin. Bu detallar asosida murakkab sxemalarni yig`ib, ishlashini tekshirishingiz mumkin. Ya`ni bu dastur tayyor virtual ekektron laboratoriyadir.
Dastur oynasining eng katta qismini “ish joyi” tashkil etadi.
Bu dasturning barcha imkoniyatlaridan o`zim xam bexabarman, shuning uchun boshlanishiga fizika darsidan o`tilgan Om qonunini virtual laboratoriyamizda tajribada sinab ko`ramiz.
Buning uchun bizga kerak bo`ladigan elementlar, bular: doimiy elektr tok manbai, qarshilik, voltmetr va ampermetr.
Doimiy elektr tok manbaini ish joyiga qo`yish uchun, vertikal menyudagi tugmasi bosilib ochilgan ro`yhatdan “DC” elementi sichqoncha bilan tanlanadi va ish joyida bir martta sichqoncha tugmasi bosiladi.
Ish joyida quyidagi belgi xosil bo`ladi. Bu belgi doimiy tok manbai (DTM) belgisi.
Endi esa bu manbaaning asosiy parametri bo`lmish kuchlanishini o`rnatishimiz kerak. Buning uchun DTM belgisi ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosiladi va DTM parametrlarini o`zgatirishi uchun oyna ochiladi.
Bu oynaning “Voltage (Volts):” maydoniga “5” deb yozamiz, yani DTM dan 5 Volt kuchlanish chiqadi. “Generator Name:” (DTM ning nomi) maydoniga “5 V” deb yozib qo`ymaiz va Ok tugmasini bosamiz.
Tokning o`ishi uchun bitta nuqtaning o`zi etarli emas, xar qanday sxemada tok manbai bilan birda umumiy sim (erga ulanish) xam bo`lishi kerak. Umumiy simni ish joyiga qo`yish uchun vertikal menyudan tugmasi bosiladi, ochilgan ro`yxatdan “GROUND” elementi tanlanib ish joyiga sichqoncha bilan bosiladi.
Agarda ish joyidagi sxemangiz mayda bo`lsa uni [F6] tugmasi bilan yaqinlashtirish va aksincha [F7] tugmasini bosib uzoqlashtirish mumkin. Sichqonchaning o`rta tugmasini bosib, sxemani chap/o`ng va yuqori/past tomonga surish mumkin.
Endi esa bizga qarshilik kerak boladi. Buning uchun “Komponentlar to`plami” [P] klavishasini bosib ochamiz.
“Category” (Kategoriya) ro`yxatidan “Resistors” elementi va “Sub-category” ro`yxatidan “0.6W Metal Film” (0.6 Vatt) elementini tanlaymiz va “Results” jadvalidan kerakli qiymatdagi qarshilikni tanlaymiz, misol uchun “MINRES1K” – 1 kilo Om li qarshilik.
Ok tugmasini bosib ish joyiga sichqoncha bilan 3 matra bosamiz.
Bu qarshilikni bir uchini manbaaga ulaymiz. Buning uchun sichqoncha ko`rsatgichini manbaa simining uchiga olib borilsa, kichik qizil kvadrat xosil bo`ladi. Sichqoncha tugmasi bosilgan xolda qarshilikning kerakli uchigacha olib boriladi va sichqoncha tugmasi qo`yib yuboriladi.
Xuddi shu tarzda ikkinchi uchu ulanadi.
Voltmetr va Ampermetr o`lchov asboblari vertikal menyudagi “Virtual Instruments Mode” tugmasi bosilib, ro`yxatdan avval “DC VOLTMENTR” keyin “DC AMMETR” ish joyiga qo`yiladi va quyidagicha ulanadi.
Sxemani ishga tushirish uchun “Play” tugmasi bosiladi.
Ampermetrimiz “-0.00” qiymatini ko`rsatishi sababi shundaki, biz Ampermetrni manbaaga qutblarini teskari uladik, shuning uchun “-” son. Undan juda kichik tok
I = U/R = 5/1000 = 0.005 A oqganligi sababli oxirgi “5” soni ko`rimaydi.
Keling qarshilikni qiymatini 10 Om qilamiz.
Xar qanday elemintni parametrini o`zgartirish uchun sxemani ishlashini to`xtatib amalga oshirish mumkin.
Sxemani to`xtatish uchun “Stop” tumasi bosiladi.
Qarshilik ustiga sichqoncha bilan ikki marta bosilib parametrlarni o`zgartirish oynasi ochiladi. Bu oynada “Resistance” maydoniga “10” deb yozamiz va Ok tugmasini bosamiz.
Sxemani yana ishga tushiramiz.
endi Ampermetr qiymati “-0.5” ni ko`rsanmoqda.
I = U/R = 5/10 = 0.5 A Xammasi to`g`ri.
Keltirilgan misol, bu dasturni imkoniyatlarini o`rganish uchun birinchi qadam bo`lib xisoblanadi. Albatta bu dasturning imkoniyatlari faqatgina keltirilgan misol bilan chegaralanmaydi. Bu dasturda raqamli,mikroprotsessorli tizimlarni yaratish imkoniyatlarini keyingi mavzularda ko`rib chiqamiz.