O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Forsunkaning texnik holatini tekshirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Forsunkaning texnik holatini tekshirish
. Forsunkaning ishlash 
qobiliyatini aniqlovchi ko‘rsatkichlarga: yonilg‘ini purkash sifati, berkitish 
konusini purkash ignasi bilan joylashish zichligi, Yonilg‘ini dastlabki 
purkash bosimi hisoblanadi. 
Nosozliklarning tashqi belgilariga 
– chiqib 
ketayotgan gazlarning qora rangdaligi, dvigatelning notekis ishlashi 
(silindrlarda yonilgini bir meyorda yonmasligi) ro‘y beradi. 
Ishlab turgan dvigatellarda forsunkaning nosozligi aniqlash uchun 
unga yonilg‘i keladigan naychaning nasosga ulangan qotirish gaykasi 
yordamida bo‘shatib chiqaziladi va tirsakli valning aylanish chastotasi 
kuzatiladi. Agarda aylanishda uzgarish bo‘lmasa, chiqib ketayotgan 
gazning tarkibida qora tutun kamaysa, u holda forsunka nosoz bo‘ladi. 
Forsunka soz bo‘lgan holda esa aylanislar soni kamayadi, chiqayotgan 
tutunda o‘zgarish ro‘y bermaydi. 
Forsunkaning nosoz ishlashiga sababni aniqlash uchun КИ-5918 
(2.6- rasm) rusumidagi mexanotesterdan foydalaniladi.
2.6-rasm. Forsunkani tekshirishda qo‘llanilayotgan 
КИ-5918 mexanotestori: 
1-shtutserdan o‘tkazgich; 2-tiqin; 3-manometr; 
4-dastak; 5-yonilg‘i o‘tkazgich; 6-drosel; 7-korpus 


56 
Mexanotestorni ishga tayorlash dastakdagi (4) tiqin burab 
chiqaziladi, dastakning ichki qismiga dizel yonilg‘isi quyilib to‘ldiriladi va 
tin bilan berkitiladi. Tiqin (2) burab chiqaziladi va dastakki ishchi 
xarakatda xarakatlantiriladi, bu xarakat shtutserda havo puffakchalari 
yo‘qolguncha davom etadi. So‘ngra tiqin (2) va drosel (6) ventili 
berkitiladi. 
Shtutserga maxsus berkitubchi tiqin (uning komplektida mavjud) 
o‘ralib berkitiladi va, dastak ishchi xarakatda xarakatlantiriladi, testorning 
so‘rish bo‘shlig‘ida 17…20 MPa (170…200 kgs/sm
2
) qiymatdagi bosim 
hosil qilinadi. Bunda bosimning pasayish davomiyligi 45 soniyadan kam 
bo‘lmasligi kerak.
Yuqori bosimli yonilg‘i nasosining yonilg‘i uzatish naychasi 
forsunkadan yoki yonilg‘i nasosining seksiyasidan uziladi (testorga 
ulashga moslagan holda) va mexanotestorga o‘tkazgich yordamida 
forsunkaga yoki yonilg‘i naychasiga ulanadi.
Yonilg‘ining purkalish sifatini tekshirish uchun
yonilg‘ini so‘rish 
boshlanguncha (so‘rish bo‘shlig‘idagi bosim 8…10MPa bo‘lguncha) 
dastak harakatlantiriladi va keskin ravishda testorning dastagi plunjerning 
faol harakatiga o‘tkaziladi. Agarda purkashdan hosil bo‘layotgan tovush 
ancha past bo‘lsa va aniq namoyon qiluvchi, har tomonlama etarli 
purkashni namoyon qiluvchi belgilar sezilmasa, u holda forsunka 
bo‘laklarga ajratilib, detallarining yuzalari turli qoldiqlardan tozalanadi. 
Ishga yaroqli forsunkani purkashi natijasida yuqori tondagi tovush 
yangraydi va bu aniq eshitiladi. Eshitishning yanada yaxshilash uchun, 
avtotetaskopdan foydalaniladi.
Konusli berkitgichning germetikligini tekshirish
uchun
testorning 
dastagi bir-necha marotaba ishchi harakatlantirilib, testorning so‘rish 
bo‘shlig‘idagi bosim 1,0…1,5 MPa (10…15kgs/sm
2
) gacha, ya’ni 
forsunkani purkash bosimining nominal qiymatidan pastroq qiymatgacha 
(2.6-jadval) ko‘tariladi. 
2.6-jadval 
Forsunka yonilg‘i purkashining boshlanish bosimlari 
Dvigatelning turi 
Forsunkaning rusumi 
Purkash boshlanish bosimi 
MPa (kgs/sm
2

СМД-60, СМД-62 
11.1112010.10-392 
17,5
+0,5
(175
+5

ЯМЗ-240, ЯМЗ-240П 
282.1112010 
17,5
+0,5
(175
+5

КамАЗ-740.20, КамАЗ-7403
271. modeli 
23,5
+0,5 
(235
+5



57 
Purkagichning ignali konusining berkitish germetikligi aniqlash. 
Buning uchun sekundomer yordamida 15…10 MPa (150…100 kgs/sm
2

qiymatdagi bosim yoqolishi 15 soniyani tashkil etishi kerak. 
Yonilg‘i purkashning boshlanishini aniqlash uchun
, trstorning 
dastagi bir-necha marotaba ishchi holda harakatlantirilib forsunkaning 
kanallari yonilg‘I bilan to‘ldiriladi va manometrning strelkasiga qarab 
maksimal ko‘tarilish aniqlanadi. Aniqlangan qiymat forsunka purkash 
boshlanishidan dalolat beradi.
Aniqlangan qiymat, 2.6-jadvalda keltirilgan qiymatlar bilan mos 
tushishi kerak. Agarda qiymatlar to‘g‘ri kelmasa, u holda forsunka 
sozlanadi. 
So‘rish 
klapanining 
gidrozichligini 
aniqlash

past 
bosimli 
nasoslardan tashqari, barcha nasoslar uchun bajariladi. 
Yuqori bosimli yonilg‘I nasosiga yonilgi uzatuvchi naycha yonilg‘i 
nasosining shtutseridan ajratiladi va unga mexanotestorning o‘tkazgichi 
yordamida ulanadi. Nasosning reguliyatori yordamida, boshqarish richagi 
yonilg‘ini uzatish toxtatilgan holatiga o‘tkaziladi.
Testorning dastagini bir tekis ishchi holatda harakatlantirilib
testorning ishchi bo‘shlig‘ida 18…20 MPa (180…200 kgs/sm
2

qiymatdagi bosim hosil qilinadi. Bunda bosimning yo‘qolish vaqti 10 
soniyadan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda so‘rish klapanining shtutseri 
qotiriladi va gidrozichlikni sinash qaytadan amalga oshiriladi. Agarda 
qaytadan tekshirishda ham shunday ko‘rsatkich qaytarilsa, u holda klapan 
almashtiriladi.
Plunjer juftligini tekshirish
ucun yonilg‘i nasosining stutseridan 
yonilg‘I naychasi uziladi, past bosimli nasosning dastagi harakatlantirilib 
uning tizimi havodan tozalanadi va shu nasos yordamida yonilg‘i uzatish 
qo‘shiladi. 
Bir qator va V ko‘rinishida joylashgan nasoslarga qo‘shimcha 
shtutser o‘rnatiladi va tekshirilayotgan nasosning prujinasi va so‘rish 
klapanining berkitish elementlari bo‘yicha mo‘ljallangan ketma-ketlikda 
olib boriladi. Stutser burab chiqariladi. 
Tirsakli val qo‘l yordamida aylantiriladi, tekshirilayotgan plunjerni 
ishlash, yonilg‘ini so‘rishining o‘rta holatiga keltiriladi. Bu holat shtutser 
kanalida yonilg‘ini satxi ko‘tarilish vaqtini bildiradi va yonilg‘i nasosining 
valini belgisini bir bo‘lakka surilishini (val reguliyatorining limbasi 
bo‘yicha) taminlaydi.


58 
Testor yonilg‘i nasosining shtutseriga ulanadi va testor dastagi bilan 
bir-necha ishchi harakatlar bajariladi, bu plunger usti bo‘shlig‘da bosimni 
25 MPa (250 kgs/sm
2
) hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Sekundamer yordamida 20…15 MPa (200…150 kgs/sm
2
) oraliqdagi 
bosimning kamayishi kuzatiladi. Bunda bosimning pashayish vaqti 15 
soniyadan kam bo‘lmasligi kerak. Aks holda yonilg‘I nasosi ta’mirlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin