209
qoidalariga, mexnat intizomiga rioya qilish; avtomobillarga TXK va JT
ishlarini bajarishda sifat ko‘rsatkichlarini boshqarish tizimini joriy qilish.
Hizmat ko‘rsatiladigan avtomobilni ATXKS ga olib kelish va
qaytishini ho‘jaliklar, korxonalar va tashkilotlarga yuklash.
ATXKS larida ancha mexnat talab qiladigan, murakkab yoki tez
qaytariladigan TXK va T, maxsus jihozlar va mutaxasislar talab qiladigan
ishlar bajariladi; harakatdagi transport vositalariga dala sharoitida texnik
komak ko‘rsatish atrof muxitga zarar ko‘rsatmasdan
amalga oshirishni
talab etadi. Bu ishlarni bajarish bir kichik xo‘jalikda bajarilishi deyarli
foyda bermasada, lekin bunday korxonalarning bir qanchasida shunday
texnologiyalarni qo‘llash, mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirishning
foydasi juda yuqori bo‘ladi. Bunday ishlarni bir necha korxonalar hajmida
markazlashtirish ish unumdorligini keskin ortishini, tannarxini pasayishini,
TXK va T ishlarining sifatini va ishlash resursini ortishiga sababchi
bo‘ladi.
Odatda ATXKS dagi TXK texnologik jarayonini, bajariladigan ishlar
asosida potokli metod yotadi. Hojaliklardan stansiyaga keltirilgan
avtomobillar avval yuviladi, quritiladi. Yuvilgan mashinalar tezkor va
chuqur diagnostikalab, qism va agregatlarni
qismlarga ajratmasdan stend
va qurilmalar yordamida nosozliklarni aniqlash imkonini (ilova 14) beradi.
2-TXK turida, barcha asosiy qism va agregatlarni tekshirib chuqur
diagnostikalash ko‘zda tutilgan. Bulardan tashqari diagnostikalash
bo‘limiga kerak bo‘lsa JT mashinasi ham yuboriladi, bu nosozlikning
sababchisi nomalum bo‘lsa, va JT dan so‘ng yana chuqurroq uning sifatini
tekshirish lozim bo‘lsa. Diagnostikalash bo‘limidan avtomobilni TXK va
JT hdudiga yuboriladi. Reja bo‘yicha bajariladigan 1-TXK oqimli xizmat
ko‘rsatish usulida bajariladi, 2-TXK esa – maxsuslashtirilgan postlarda
yoki yirik ATXKS larda oqimli xizmat ko‘rsatish
usulida bajarilishi
mumkin. JT ishlari berk ish postlarida, nazorat ariqlarida yoki
ko‘targichlar bilan jihozlangan postlarda amalga oshiriladi.
Barcha maxsus bajariladigan ishlar, avtomobillarning agregat va
qismlariga TXK va T ishlariga (dvigatelni, uzatmalar qutisini, orqa
ko‘prik, sinalar, ta’minot tizimi va elektrjihozlar va akkumuliyator
batareyasini zariyadkalash va boshqalarni ta’mirlash) bogliq bo‘lganligi
sababli maxsus, kerakli jihozlar bilan jihozlangan bo‘limlarda amalga
oshiriladi.
ATXKS larida
yuvish-tozalash jihozlari; 1-TXK va 2-TXK davrida
avtomobillarni diagnostikalash
jihozlari; agregat va qismlarni echish-
210
yig‘ish jihozlari; qotorish, moylash-quyish ishlari; elektrajihozlarni
tekshirish, sozlash va ta’mirlash, akkumuliyator batareyalarini ta’mirlash
va zariyadkalash, ta’minot tizimi detallarini ta’mirlash; sinalarni echish va
vulkanizatsiya jihozlari; temirchilik, misgarlik, paybandlash, tunkachilik,
bo‘yash, duradigorlik va qoplama qoplash ishlarini bajarishga
mo‘ljallangan jihozlardan (6.2 rasm) iborat.
Dostları ilə paylaş: