2.1 Elektron platalar va ularning turlari
Elektron platalar, kontroller va shinalar
Komp’yuterlar asosini elektron platalar tashkil etadi. Xar bir plata kichik tekis plastikadan va unga joylashgan mikrosxemalar, kondensatlar, raz`emlar va boshkalardan iborat, ular o`zaro o`tkazgichlar bilan boglangan bo`ladi.
Sistemali plata (ona plata). Komp’yuterdagi eng katta plata — sistema platasidir. Bu platada asosiy kismlar: mikroprotsessor, operativ xotira, kesh-xotira, shina (yoki shinalar) va BIOS joylashadi. Bundan tashkari komp’yuter vositalarini boshkaruvchi kontrollerlar xam mazkur platada bo`ladi.
Misol uchun, klaviatura kontrolleri, doimo kattikdisk, egiluvchan disk kurilmasi, kiritish-chikarish portlari, videoxotira va boshkalarning kontrollerlari xam goxida sistema platasi tarkibiga kirgan bo`ladi.
Sistema platasi bir vaktning o`zida komp’yuterning barcha elektron sistemalarining mexanik asosi bo`ladi va yangi kurilmalar, ko`shimcha xotira, umumiy tarkibni kengayishiga (imkoniyatlarini oshirishiga) xizmat kiluvchi ulagich (raz`em)lar bilan jixozlangan.
Kontrollerlar. Komp’yuterning turli vositalari kurilmalarini boshkaruvchi elektron sxemalar kontrollerlar deb yuritiladi.
IBM RS turidagi barcha komp’yuterlarda klaviatura, monitor, kattik va egiluvchan disk kurshshalari va x.o.larning kontrollerlari mavjud. Xozirgi zamon komp’yuterlarining barchasida sistemali plata tarkibiga kontrollerlar kiradi, bundaylarni — tikilgan yoki integratsiyalashgan kontroller deb ataladi. Amalda xar bir kontroller o`zi uchun aloxida yasalgan platada (kontroller platasida) joylashadi. Bu platalar sistemali plataning maxsus raz`emlariga ulanadi. Natijada iste`molchi o`zining komp’yuteriga ko`shimcha vositalar ko`shish yoki almashtirishni oddiygina, mazkur kontroller platalarini sugurib olish yoki tirkash bilan amalga oshiradi. Misol uchun faks-modem, tovush kartasi yoki teleko`rsatuv kabul kilish platasini o`zingiz ulashingiz mumkin.
Ba`zida kattik disklar (vinchester) va disketlar kontpollerlari bitta platada joylashgan bo`ladi.
Portativ (noutbuk) komp’yuterlarida maxsus kontrollerlar, RS-kartalar (o`lchami, kredit kartochkasi (54x85.6 mm) bilan baravar bo`ladi) ishlatiladi. Ular uchun maxsus uyalar ajratilgan buladi.
SHinalar. SHinalar operativ xotira va kontroller orasida o`zaro ma`lumot uzatish uchun xizmat kiladi. SHuning uchun kontroller platasi ona plata raz`yomiga kiritilganda shinaga ulanadi.
Zamonaviy komp`yuterlarda ikki turdagi shinalar mavjud:
ISA — turdagi shinalar, tezligi sustrok bo`lgan kontrollerlar uchun (klaviatura, sichkon, disket kurilmasi, modem, tovush kartasi va boshkalar);
.PCI — turdagi shina tezligi Yuqori bo`lgan kurilmalar orkali ma`lumot uzatishga xizmat kiladi (vinchester, videokontroller va boshkalar).
Eski komp’yuterlarda EISA, VESA (VLB) — turidagi shinalardan foydalanilgan. Xozirda xam ulardan foydalaniladi, misol uchun lokal tarmokparni o`zaro mos faoliyat ko`rsatishlari uchun EISA shinasi bilan ta`minlanadi.
Elektron Bosilgan Elektron Platalar
Elektron bosilgan elektron platalar mexanik qo'llab-quvvatlash va uning elektron qismlariga kirishni ta'minlash uchun elektron qurilmalarda ishlatiladigan elektron sxemadir. Mis o'tkazgichni osongina ushlab turish uchun u turli o'tkazuvchan bo'lmagan materiallarni, masalan, shisha tolali yoki plastmassani birlashtirish orqali amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |