Psixoprofilaktika –
insonning shaxsi va psixik rivojlanishidagi turli xi
log`ishlarni
oldini
olish
bilan
shug`ullanuvchi
amaliy
psixologiya
yo`nalishlaridan biridir.
Psixologik tashviqot –
kehg ommaga psixologik bilimlarni yoyish va
targ`ib qilish bilan bog`liq bo`lgan amaliy psixologiya sohasi.
9
Psixologik korrektsiya –
shaxs xulq-atvori va kognitiv rivojlanishidagi
turli xil buzilishlar va rivojlanishdan orqada qolishni tuzatish ishlari bilan
shug`ullanuvchi amaliy psixologiya sohalaridan biri hisoblanadi.
Psixologik maslahatning maqsadi
– kelajak hissiga ega bo`lgan, ongli
ravishda harakat qiladigan, xulq-atvorning turli ctrategiyalarini ishlab chiqishga
va yuzaga kelgan vaziyatni turli nuqtai- nazardan tahlil qila olishga qobil
bo`lgan madaniyatli, sermahsul shaxs hisoblanadi.
Psixologik maslahatning
asosiy vazifasi normal, psixik jihatdan
sog`lom bo`lgan mijoz uchun imkon darajasida va unga mos holda hatti-
harakatni amalga oshirishga yordam beruvchi ongli va ijodiy(bir qolipda
bo`lmagan) usullar bilan harakat qilish uchun sharoitlar yaratishdan iborat.
Amaliy psixolgiyaning yuqorida qayd etib o`tilgan barcha sohalarida
psixodiagnostika asosiy sanaladi, chunki psixologik tekshiruv o`tkazmay
psixoprofilaktika, psixokorrektciya, psixologik maslahat islarini olib borish
mumkin emas. Yshbu yo`nalishlar bo`yicha muayyan ishlarni amalga oshirish
uchun psixodiagnostika yordamida qo`lga kiritilgan ma`lumotlarga tayaniladi.
Amaliy faoliyat turlaridan biri sifatida psixodiagnostika quidagi
vazifalarni bajaradi:
1
.
Muayyan xususiyatning rivojlanish holatini aniqlash.
2.Uning rivojlanish dinamikasini hamda ma`lum vaqt otalig`ida qayta
tuzilishini aniqlash.
3
.
Individ yoki guruh psixologiyasi hamda xulq-atvorida o`quv-tabiyaviy
ta`sirot natijasida vujudga kelgan real o`zgarishlarni aniqlash.
4
.
Shaxs xususiyatlari rivojlanish dinamikasi va qonunlarini tahlil qilish
asosida uning rivojlanish perspektivasini ainqlash.
5
.
Tekshirilgan kishilar yoki guruhni kelgusida rivojlanishda erishilgan
natijalarni hisobga olgan holda differentcial tarzda ish olib boorish uchun
kategoriyalarga ajratish.
6
.
Individ yoki guruhning ( u yoki bu ishni bajarish, masalan, o`z xizmat
vazifalarini bajarishga) kasbiy tayyorgarligini, layoqotliligini aniqlash.
10
7
.
Individ yoki guruh psixologiyasi va xulq-atvorini psixokorrektcion
ishlarni olib boorish maqsadida o`rnatilgan tibbiy, ijtimoiy normalarga mos yoki
mos emasligini aniqlash.
8. Individ yoki guruhga hayotiy yo`lini (kasb,umr yo`ldoshi) tanlash
maqsadida tavsiyalar ishlab chiqish.
Yuqorida ta`kidlangan vazifalar amaliy psixodiagnostikaning umumiy
vazifalaridir. Ulardan ko`pchiligi u yoki bu darajada maktabgacha ta`lim
muassasalari, umumta`lim maktablari, o`rta maxsus ta`lim muassasalarida turli
yosh davridagi bolalar bilan mos tarzda ish olib boorish uchun amalga
oshiriladi
4
.
Psixodiagnostika inson hayot faoliyatining talablaridan kelib chiquvchi
psixologiya fanining sohalaridan biridir. Psixodiagnostika ijtimoiy amaliyotning
bir qancha sohalarida keng qo`llanilib kelinmoqda. Bular:
1.Kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo`yish,kasbga yo`naltirish.
2.Ijtimoiy
xulq-atvorni
prognoz
qilish,masalan,nikohning
barqarorligi,qonunlarga amal qilish kabi.
3.Ta`lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish.
4.Psixoterapevtik yordam va maslahat.
5.Sud psixologik-psixiatrik ekspertizasi.
6.Muhitdagi o`zgarishlarning psixologik oqibatlarini prognoz qilish.
Bulardan tashqari psixodiagnostika metodlari shaxs psixologiyasi va
shaxslararo munosabatlarni tadqiq qilishda keng qo`laniladi.
Psixodiagnostika jamiyat manfaatlari hamda uning konkret a`zolari
manfaatlari uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga psixodiagnostikani
qo`llashning foydaliligi shartlaridan biri – uning ilmiyligidir. Ilmiy
psixodiagnostika o`rganilayotgan shaxs sifatlarining tabiati va tuzilish
printciplari haqidagi bilimlarga, shuningdek, psixodiagnostika jarayoni
qonuniyatlari to`g`risidagi bilimlarga asoslanadi
5
.
4
Немов Р.С. Психология. М., Владос, 2003 (мазмунидан олинди)
5
Акимова М.К., Гуревич К.М. Психологическая диагностика.М., «Питер», 2005 (мазмунидан олинди)
11
Demak, yuqorida ta`kidlab o`tilganidek, psixodiagnostika inson hayot
faoliyatining turli sohalari – sog`liqni saqlash, sport, maktab va oily o`quv
yurtlaridagi ta`lim, ishlab chiqarish va oilaviy maslahat amaliyotida keng
qo`llaniladi. Bu sohalarning har birida psixodiagnostik vositalarni qo`llashning
o`ziga xos shartlari, maxsus psixodiagnostik vazifalar va metodlar mavjud
bo`ladi.
Bunday xususiy masalalardan tashqari psixodiagnostika fanida ancha
umumiy, universal masalalar ham mavjud bo`lib, ularning hal qilinishi maxsus
psixodiagnostika (kasbiy,sport,klinik) uchun asos bolib xizmat qiladi. Bu
masalalar umumiy psixodiagnostikaning predmetini tashkil qi`ladi. Ular qatoriga
quiydagilarni kiritish mumkin:
1.Psixodiagnostik vosita,metodlarni yaratish va xulosalar chiqarishning
metodologik, nazariy, konkret-metodik tamoyillarini ishlab chiqish.
2.Shaxs sifatlari, qobiliyatlar, motivlar,ong va o`z-o`zini anglash,
shaxslararo munosabatlarni psixodiagnostik tadqiq qilish metod va konkret
metodikalarini yaratish.
3.Individual farqlarni aniqlshning matematik metodologiyasi sifatida
differentcial psixometrikani qo`llash.
4.Metodikalar, ularni yaratuvchi va qo`llovchilar uchun normativ talablarni
ishlab chiqish.
Demak, bugungi kunda psixologiya bir qancha yo`llar orqali insonlarning
amaliy faoliyatiga ta`sir ko`rsatmoqda. Bunday yo`llardan biri – aholining turli
qatlamlariga psixologik yordam ko`rsatishdir. Maxsus tayyorgarlikka ega
bo`lgan psixolog ota-onalarga bola tarbiyasida, oila a`zolari(er-xotin)ga oilaviy
inqiroz holatida, bolalarga shaxs normal rivojlanishi buzilganda , o`spirinlarga
kasb tanlashda, rahbarlarga muloqot uslublarini shakllantirishda psixologik
yordam ko`rsatish, psixologik maslahat berishga qobil bo`la olishi zarur.
Psixologik maslahat psixologning muhokama va tahlil predmeti haqidagi
bilimlarigagina emas (masalan,oilaviy,ishlab chiqarish, shaxs ichidagi va
12
shaxslararo nizolar), balki maslahat jarayoninig o`zi, uning strategiyasu va
taktikasi haqidagi qonuniyatlarni bilishga ham asosanishi zarur.
Psixologik yordam ob`ektiv mavjud vaziyatlarda emas, balki boshdan
kechirilayotgan sub`ektiv noqulaylik sharoitlarida olib borilsa,ko`proq samara
beradi. Bunday kechinmalar kuchli boshdan o`tkazilib, o`zidan butunlay
qoniqmaslik, atrofdagilar, umuman, hayotdan chuqur norozi bo`lish, ba`zan
azob- uqubat sifatida ifodalanishi mumkin. Bunda nafaqat psixologik maslahat ,
balki psixoterapevtik yordam ham talab qilinadi. Agar insonning boshdan
kechirayotgan
azob-uqubatlari
kasallik
ko`rinishida
bo`lsa,
u
holda
psixoterapevtik yordam tibbiy xarakter kasb etadi. Bunda beriladigan yordam
vrach-psixoterapevt yoki vrach rahbarligi ostida psixolog tomonidan
ko`rsatiladi. Biroq, ko`p hollarda psixoterapevtik yordam biroz boshqacharoq
tusda bo`lishi talab etiladi. O`zining shakli va maqsadlariga ko`ra bunday
psixoterapevtik
aralashish
bemorni
davolashdagidek
olib
boriladi.
Psixoterapevtik aralashish suhbat, bahs-munozara, o`yinlar(muloqot shaklida)
bilan boyitilib, insonning azob-uqubatlaridan halos qilishga hamda uni keltirib
chiqargan sabablarni bartaraf qilishga yo`naltiriladi. Bunda psixoterapevtik ta`sir
tibbiy yordamdan ikki muhim tomondan farqlanadi:
1.Boshdan kechiriladigan azob-uqubat, norozilik tabiati organizmda ro`y
berayotgan norozilik natijasida emas, balki inson shaxsi xususiyatlari, hayotiy
vaziyat mohiyati va atrofdagilar bilan bo`ladigan o`zaro munosabatlar natijasida
kelib chiqadi.
2.Yordam so`rab murojaat qiluvchi ob`ektiv jihatdan ham, sub`ektiv
jihatdan ham o`zini bemor deb tan olmaydi.
Psixologik yordam qaysi shaklda olib borilmasin, hoh u psixologik
maslahat, hoh notibbiy psixoterapiya shaklida bo`lsin, o`z yo`nalishining
individyallashganligi bilan xarakterlanadi. Insonga individudual munosabatda
bo`lish, demak, uning hissiyoti, kechinmalari, ustanovkasi, atrofdagilar bilan
o`zaro munosabatlari sohalariga chuqur kira bilishni talab etadi. Buning uchun
13
esa psixologik intuitcia va sezgirlikning o`zi etarli emas. Shuning uchun maxsus
psixodiagnostik metodlarni qo`llash talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: |