O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Psixodiagnostika fanining yuzaga kelish manbalari



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Psixodiagnostika fanining yuzaga kelish manbalari. 
Psixologiya 
fanining har – bir tarmog‘ining o‘ziga xos yuzaga kelish va rivojlanish tarixi 
mavjud. Psixologik diagnostikaning psixologiya fanidan ajralib chiqish sanasi 
XIX asr oxiri XX asr boshlariga to‘g‘ri kelib, bunga asosiy sabab amaliyot 
talablari bo‘lgan. Psixodiagnostikaning yuzaga kelishi psixologiyadagi bir qator 
yo‘nalishlarning rivojlanishi asosida amalga oshdi va tayyorlandi. 
Psixodiagnostika fani yuzaga kelishining birinchi manbai eksprimental 
psixologiya hisoblanadi. Psixodiagnostik metodikalar asosini ekspriment metodi 
tashkil etganligi sababli ham ularni ishlab chiqish psixodiagnostikaning 
vazifalaridan biridir. Aynan shu ma’noda psixodiagnostika “eksperimental 
psixologiya” asosida yuzaga keldi deb aytish mumkin
6
.
Eksperimental psixologiyani yuzaga kelish davri 1879 yil bo‘lib, aynan 
mana shu yili Germaniyada eksprimental psixologiya bo‘yicha birinchi 
laboratoriya tashkil etildi. Uning asoschisi V.Vuntd hisoblanadi. U ikkita 
yo‘nalish bo‘yicha tadqiqotlar olib bordi:
1). Eksperimentga asoslangan tabiiy ilmiy yo‘nalish; 
2). Madaniyat (xalqlar psixologiyasi)ni o‘rganishning psixologik metodlari 
asosiy rol o‘ynovchi madaniy tarixiy yo‘nalish. 
V.Vuntd nazariyasiga muvofiq, tabiiy ilmiy eksperimental metodlarni faqat 
psixikaning quyi, elementar darajasiga nisbatan qo‘llash mumkin. Shu tufayli 
uning laboratoriyasida asosan sezgilar va ular orqali yuzaga keluvchi harakat 
reaktsialari, shuningdek, periferik va bunokulyar qurish, ranglarni sezish kabilar 
o‘rganilgan. Bunday laboratoriyalar keyinchalik Fransiya, Gollandiya, Angliya, 
Shvetsiya, Amerikada ochildi. Eksperimental psixologiya rivojlanib borib, 
keyinchalik ancha murakkab psixik jarayonlarni ham o‘rganish boshlandi. 
Masalan: F.Galton so‘zli assotsiatsiyalar yaratdi va shu asosda tadqiqotlar 
6
Акимова М.К., Гуревич К.М. Психологическая диагностика.М., «Питер»,2005, 18-б.


18 
o‘tkazdi. F.Galton ishlari nashr qilingach, Vuntd ham assotsiativ metodikani 
laboratoriyasida qo‘llay boshladi. Bunda tajribalar yordamida qo‘lga kiritilgan 
reaktsiya vaqti bo‘yicha individual farqlar tekshiruvchilarning individual 
xususiyatlaridan emas, balki assotsiatsiyalar xarakteridan kelib chiqib 
tushuntirildi. 
XIX asrning oxirlarida G. Ebbingauz birinchi bo‘lib xotira qonunlarini 
o‘rgandi. 
Amerikalik psixolog Dj. Kettel diqqat hajmi va o‘qish malakalarini tadqiq 
qildi. Taxistoskop yordamida u turli omillar – shakl, harf, so‘zlarni idrok qilish 
va so‘z bilan atash uchun zarur bo‘ladigan vaqtni aniqladi. Uning tajribasida 
diqqat hajmi 5 ta omildan iborat bo‘ladi. Aylanayotgan barabandagi harf va 
so‘zlarni o‘qish bo‘yicha eksprimentlar o‘tkazib, Kettel antitsipatsiya 
fenomenini (idrokning ilgarilab ketishi) qayd qildi.
Eksperimental metod psixologiya fanida keng qo‘llanila boshlanishi 
odamlar orasidagi individual farqlar haqidagi bilimlarni yuzaga kelishiga olib 
keldi. 
Psixodiagnostika yuzaga kelishining ikkinchi manbai differensial 
psixologiyadir. Differensial psixologiyaning predmeti individual psixologik 
xususiyatlar bo‘lib, psixodiagnostika ularni o‘lchash metodlari haqidagi fan 
sifatida yuzaga keldi. Ushbu ikkita manbadan tashqari amaliyot talab va 
ehtiyojlari ta’sirida psixodiagnostika tarkib topdi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin