26
kishilarning xususiyatlari va hayot sharoitlari: yoshi, jinsi, mutaxassisligi,
salomatligining ahvoli, oilaviy sharoiti, ona tili va boshqa tillarni egallaganligi,
yashash joyi, tarjimai hol ma’lumotlari, sana, tush ko‘rilgan kunning mazmuni,
tekshiriluvchining ahvoli kabilar inobatga olinadi. Tadqiqot natijalarining
ko‘rsatishicha, katta yoshdagilar ko‘rgan tushlarida ish, mutaxasislik bilan
bog‘liq bo‘lgan elementlar (62,5%), turmush-uy-joy, kiyim-kechak, oziq-ovqat
elementlari (41,4 %); salomatlik bilan bog‘liq bo‘lgan elementlar (44,3%);
oilaviy hayot epizodlari 38,6%, 8 seksual ma’nodagi tush ko‘rish bo‘lgan.
Germaniyada K. Levin, X.Sebaldlar tomonidan 30 yillarda Prezident
Ruzvelt va uning siyosatiga qarshi fikrlar o‘rganilgan. S.Sardjent tomonidan
AQSH da G.Olport, A.Bolduin – shaxs hujjatlarini alohida shaxs psixik
strukturasini tahlil qilish maqsadida o‘rganilgan. Suitsid oldi holati, psixok
zo‘riqish holatini o‘rganish uchun xatlar, kundaliklar mazmunini tahlil qilish
Dj.Dollard va O.Maurer, Ch.Osgud va Uolker tomonidan amalga oshirildi.
Dostları ilə paylaş: