O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə46/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

1. Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va tarkiblashtirish sharoitida mamlakat iqtisodiyoti va moliya tizimining samarali amal qilishining zaruriy sharti bo’lib moliyaviy nazoratxizmat qiladi. Moliyaviy nazorat ijtimoiy va xususiy takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz rivojlanishi, ilmiy texnik taraqqiyotni tezlashuvi, iqtisodiyotning barcha sohalarida sifat ko’rsatkichlarini yaxshilanishini ta’minlashga yo’naltirilgandir.
Hozirgi kunda moliyaviy nazoratning asosiy maqsadi tekshirilayotgan obyektda mavjud bo’lgan haqiqiy holatni obyektiv o’rganish va boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ijro etishga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash yoki oldini olishdan iborat.
Moliyaviy nazorat jamiyat iqtisodiyotidagi iqtisodiy samaradorlikni rag’batlantirish, moddiy ,mehnat va moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, noishlab chiqarish xarajatlarini imkoniyat darajasida iqtisod qilinishi bilan dolzarb ahamiyatga ega.
“Moliyaviy nazorat” fanini o’qitishdan maqsad - kelgusida yuqori malakali iqtisodchi-mutaxassislar bo’lib etishadigan talabalar uchun moliyaviy nazoratni tashkil etishning nazariy, huquqiy, tashkiliy asoslari haqida bilimlar berish, ularda davlatning hozirgi davrdagi moliyaviy nazoratni olib borish siyosatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.
Moliyaviy nazorat fani mazmunan ikki katta guruhga bo’lib o’rganiladi.

  • Birinchisi davlat moliyaviy nazorati organlari bo’lib unga O’zbekiston

Respublikasi Prezidenti huzuridagi Hisob palatasi , Moliya vazirligi tarkibidagi
Nazorat –taftish bosh boshqarmasi , Soliq qo’mitasi , Davlat Bojxona qo’mitasi va boshqalar.

  • Ikkinchi guruh nodavlat moliyaviy nazorat tashkilotlari bo’lib, bular xilma-xil mulk shaklida bo’lgan audit muassasalari hisoblanadi. Fanni o’zlashtirish jarayonida mana shu ikki nazorat guruhining funktsiyalari va vazifalarining uyg’unligi hamda tafovutlari qamrab olinadi.

“Moliyaviy nazorat” fanining predmeti -jamiyatda xo’jalik yuritishning turli soha va tarmoqlarida, davlat boshqaruvining barcha pog’onalarida pul oqimlari, moliyaviy resurslar harakatini nazorat qilish va bu boradagi moliyaviy nazorat organlarining maqsadli faoliyatini o’rganishdan iboratdir.

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin