Vaziyatli masalalar:
1. Pasta tayyorlashda bcrilgan tarkibdagi dori moddasi avval qisman erituvchida eritilib, so‘ngra asos solindi. Talaba vazifani to‘g‘ri bajardimi?
2. Pastalar tarkibida teng miqdordagi dori moddasi va asos bilan aralashtirib tayyorlansa to‘g‘rimi?
3. Pasta tarkibida 10% dori moddasi saqlaydi. To‘g‘rimi?
4. Pastalar tarkibida 15% dori moddasi saqlab, konsistensiyasi jihat- dan linimentlarga yaqin. To‘g‘rimi?
5. Pasta tayyorlashda eritilgan asosga dori moddasi solib yaxshilab aralashtirildi. Texnologiya to‘g‘ri bajarildimi?
Mustaqil tayyorlash uchun savollar:
1. Pastalar deb qanday dori turiga aytiladi?
2. Pastalar tayyorlash texnologiyasini tushuntiring?
3. Pastalarni surtmalardan qanday farqi bor?
4. Pastalar tarkibi, texnologiyasi, ishlatilishi bo‘yicha qanday klassifi- katsiyalanadi?
5 Pastalar tayyorlashda qanday asoslar ishlatiladi?
6. Pastalar qaysi ko‘rsatkichi bo‘yicha baholanadi?
7. Pastalar «A» ro‘yxatiga kiruvchi moddalar bilan tayyorlanganda nimalarga ahamiyat berish kerak?
8. Tish davolashda ishlatiladigan pastalarga misol keltiring?
9. Pastalar tarkibiga qancha foiz quruq modda qo‘shi!adi?
10. Pastalar qaysi ko‘rsatkichi bo‘yicha linimentlarga o‘xshaydi?
Amaliy mashg‘ulot bajarish uchun retseptlar:
1. Rp:Zinci oxydi 25,0
Amyli 25,0
Vaselini 50,0
M.l. pasta
D.S. Sirtga surtish uchun.
Texnologiyasi: rux oksidni eritilgan ozgina vazelin bilan yaxshilab eziladi. Ustiga kraxmal va qolgan vazelinni oz-ozdan qo‘shib, bir xil massa hosil bolguncha aralashtiriladi. Og‘zi yaxshi yopiladigan idish- larga qadoqlanib, «Sirtga surtish uchun» yorlig‘i bilan jihozlanadi.
2. Rp: Acidi salicylici 2,0
Zinci oxydi
Amyli aa 25,0 Vaselini 48,0 M.F. pasta
D.S. Lassar pastasi. Sirtga surtish uchun.
Texnologiyasi: salitsilat kislota bilan rux oksidni yaxshilab aralash- tirib, ustiga eritilgan ozgina vazelin qo‘shiladi, va yaxshilab eziladi, so‘ngra ustiga kraxmal va qolgan vazelinni oz-ozdan qo‘shib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Og‘zi yopiladigan idishlarga qadoqlanib, sirtga surtish uchun yorlig‘i bilan jihozlanadi.
3 Rp: Zinci oxydi 20,0 Sultur depurati 10,0 Unguenti naperhthalani 40,0 Amyli 20,0 M.F. pasta
D.S. Sirtga surtish uchun.
Texnologiyasi: rux oksidi va oltingugurt yaxshilab aralashtiriiadi, ustiga naftolan mazidan ozgina erjtib solinadi, va massa yaxshilab eziladi. So‘ngra massa ustiga eritilgan mazni qolgan qismi solinib, bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor pasta og‘zi yaxshi yopiladigan idishlarga qadoqlanadi «Sirtga» yorlig‘i bilan jihozlanadi.
Bundan tashqari terini turli qitiqlovchi moddalardan saqlaydigan XIOT-6 pastasi tarkibi: 2,4 g jelatina, 5,6 g kraxmal, 72 g glitserin, 20 g Burov suyuqligidan va 8 g suvdan iborat.
Dostları ilə paylaş: |