O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə179/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Pastalar sifatini baholash
1. Pastalar sifatini tashqi ko‘rinishi bo‘yicha baholanadi.
2. Pastalar tarkibidagi moddalarning bir xil tarqalganligi, bir xil massaga ega ekanligi bilan baholanadi.
3. Tayyor massa kaftga surtganda hech qanday zarrachalar sezil- masligi kerak.
4. Pastalar mazlarga qo‘yilgan barcha talablarga javob berishi kerak.
5. Pastalar og‘zi yaxshi yopiladigan idishlarda, salqin va qorong‘i joyda saqlanadi.


Mavzu: Sham dorilar
Reja:
1.Shamdorilarning biofarmatsevtik nuqtai nazardan ta’rifi.
2.Shamcha, sharcha, tayoqchalarga retsept yozib, hisoblash.
3.Shamchalarnl quyish
Jo‘valash usuli bilan shamdori, sharcha va tayoqcha tayyorlanganda, faqat kakao moyi va uning hosilalari qo‘llanilishi mumkin. Kakao moyini qirg‘ich tegirmon orqali o‘tqazib maydalanadi. Maydalash uchun esa sovitilgan kakao moyi olish maqsadga muvofiqdir.
Jo‘valash usulida shamchalar tayyorlash. Shamchalarni jo‘valash usulida tayyorlash uchun retseptdagi moddalarning yog‘dagi va suvdagi eruvchanligi hisobga olinadi.
Shamchalarni jo‘valash usuli bilan tayyorlash uchun olinishi kerak bo‘lgan dori moddalar va shamcha asosining kerakli miqdori hisoblanib, pasport tuziladi. Chinni hovonchaga dori modda solib maydalanadi. Dori moddaning xususiyatlari va eruvchanligini hisobga olgan holda uni oz miqdor suvda yoki suyultirilgan asosda eritib olish mumkin. Suvda va moyli asosda erimaydigan dori moddalarni esa suspenziya tayyorlash qoidasiga ko‘ra qo‘shiladi. Agar shamcha tarkibiga «A» va «B» ro‘yxatdagi dori moddalar kirgan bo‘lsa, u holda X DFda keltirilgan jadvaldan foydalanib, bu moddalarni ichish uchun belgilangan yuqori doza qoidasiga amal qilish kerak bo‘ladi. Hovonchadagi maydalab yoki eritib olingan dori modda ustiga oz-ozdan shamcha asosi qo‘shib aralashtiriladi. Shamcha asosi oldindan qirg‘ich orqali maydalab chiqarilgan bo‘lishi kerak, ana shunda aralashtirish jarayoni bir xil boradi. Agar shamcha asosi va dori moddani xuddi elaki dorilardagi singari hovoncha dastasi bilan aylanma harakat yordamida aralashtirilsa, moddalar aralashuvi yaxshi bo‘lmaydi va shamcha asosi tez suyulib ketadi. Shuning uchun aralashtirish jarayonini yaxshilash maqsadida ularni dasta yordamida ezg‘ilash kerak. Ezg‘ilash davo‘ida moddalar plastmassa kurakcha yordamida hovoncha devorlaridan ko‘chirib turiladi. Hosil bo‘lgan shamcha massasi hovoncha devoriga yopishib qolmaydigan
qattiqroq xamir holatida bo‘lish kerak. Agar tayyorlangan shamcha massasi muloyim (plastik) holatga kelmasa, ya’ni uvalanib ketsa, u holda qovushqoqlikni oshirish uchun ozgina suvsiz lanolin (har 30 g shamcha massasiga 1-1,5g hisobida) qo‘shib aralashtiriladi. Shamcha massasi tayyor bo‘lgach, uni toza mumiangan yoki pergament qog‘ozga o‘rab, tez-tcz harakat yordamida kaftlar orasida siqilib, zuvala hosil qilinadi. Shamcha zuvalasi tortilib pasportga yozib qo‘yiladi. Shamcha dorini hab dori tayyorlash moslamasining oynasiga qo‘yib, jo‘va yordamida uni g‘o‘)acha shakliga kelliriladi. G‘o‘lachaning yo‘g‘onligi barcha ycrida bir xil bo‘lishi kerak, aks holda shamchalar katta-kichikligi turlicha bo‘lib qoladi. G‘o‘achani keskich yordamida retseptda ko‘rsatilgan miqdorida tcng bo‘linadi Har bir bo‘lak yassi taxtacha (rolik) yordamida zoldir holiga keitiriladi. Retseptda zoldir tayyorlash aytilgan bo‘lsa, shu holda qoldiriladi. Agar boshqa shakl yozilgan bo‘lsa, jo‘vani tekislikka nisbatan qiya ushlagan holda zoldirga konus, torpedo shakllari yoki jo‘vani tekislikka gorizontal tutgan holda zoldirni o‘ng va chap to‘onlarga bir nccha marta dumalatib tayoqcha shakli beriladi. Tayyor bo‘lgan shamchalarni yupqa, mumlangan yoki parafinli qog‘oz bo‘lakchalarjga o‘raladi. Zoldir va tayoqchalar gofrillangan qog‘ozda, karton qutilarda beriladi. Qutilarga «Sirtga ishlatish uchun», «Salqin joyda saq!ansin» singari yozuvlari bo‘lgan yorliq yopishtiriladi.
Rp: Extracti Belladcmnae 0,015 Novocaini 0,015 g Sol. Adrenalim ktt XX.
Olei Cacao q.s.
Ut fiat. supp N 10.
D.S.
Hovonchaga 20 to‘lchi adrenalin gidroxlorid to‘iziladi va unda 0,15 g novokain critiladi, shundan keyin 0,3 ml Belladonna ekstraktining spirt-suv-g!itscrinli aralashmasi qo‘shiladi. Olingan suyuqlik 1-1,5 g suvsiz lanolin bilan aralashtiriladi, keyin kakao moyi qo‘shilib, muloyim massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Tayyor massa hab dori tayyorlash moslamasining oynasiga o‘kaziladi, taxtacha yordamida diametri bir xil bo‘lgan silindr tayoqcha yasaladi va rctseptda ko‘rsatilgan miqdordagi teng bo‘lakka keskich yordamida bo‘lib, har bir bo‘lakka shakl beriladi. Shamdori shaklini konussimon, torpcdo yoki sigara shaklida qilib ham jo‘valash mumkin.
Jo‘valash usulida sharchalar tayyorlash.
Rp: Osarsoli 0,2
Acidi Boiici 0,25 Olei Cacao q.s.
Ut.f. globuli N 20.
D.S.
Osarsol («A» ro‘yxati) suvda kam eriydi. Bor kislotasining eruvchanligi ham yuqori emas (1:25). Shuning uchun butun moddalar kukun ko‘rinishiga olib kclinadi. Ularni murakkab elaki dorilar tayyorlash qoidasi bo‘yicha aralashtiriladi. Keyin kakao moyini oz- ozdan aralashtiriladi. So‘ngra undan tayoqcha yasab, uni 20 ta bo‘lakka mo‘ljallab bo‘linadi. Har bir bo‘lagidan alohida shar yoki ovuli, pessariy yasaladi.
Z.V.Gurvich sharchalar uchun taklif etgan keskich moslamaning eni 15 mm va uzunligi 15 sm bo‘lib, u yoysimon shaklda tuzilgan. Bu keskichning dorixona sharoitida shamdorilar tayyorlashda ishlatilishi ancha qulay va unumliroqdir. Moslama sharchalarni kesishda ishlatiladi. Keskichning yana bir yaxshi to‘oni shundaki, u massaga bir yo‘a shar shaklini ham beradi.
Jo‘valash usulida tayoqchalar tayyorlash.
Rp: Xeroformii 0,2 01. Cacao 2,0
M. Divide in partes aequales N 4.
Ut. fiat bacillae longitudine 4 sm et diametro 4 mm.
D.S.
Kseroform modda sifatida asosda ham, suvda ham erimaydi (shuning uchun kseroformni suspenziya ko‘rinishida kiritiladi), uni yog‘ning yarim miqdori bilan hovonchada aralashtiriladi, kcyin asosning qolgan miqdori qo‘shiladi. Tayyor massa teng miqdorda 4 qismga bo‘linadi, har qaysi qismdan 4 sm uzunlikda tayoqcha jo‘valab olinadi. Tayoqchaning qalinligi uzunasiga bir xil bo‘lishi va bir to‘oni uchli bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin