Mavzu: Hab dorilar ( pilyulalar)
Reja:
1.Pilyulyalarga retsept yozish.
2.Pilyulalarga yordamchi moddalar qo‘shishda asosiy qoidalariga rioya kilish.
3.Pilyulyalarning umumiy va xususiy tayyorlash texnologiyasi.
Hab dorilar deb, dozalarga bo‘lingan, sharsimon va og‘irligi 0,1-0,5, ichishga mo‘jallangan dori turi. Pilula (Hab dori) lotincha «Pila» - koptok yoki shar so‘zidan olingan. Agar dumaloq dori turining og‘irligi 0,1 g dan kam bo‘lsa, granula (donsimon) deyilib, ko‘pincha parranda- chilikda, 0,5 g dan ko‘p bo‘lsa, bolyuslar deb atalib, vetcnariyada qo‘laniladi. Bu dori turi dorixonalar rctsepturasining 5 % chasini tashkil qiladi.
Piluialar quyidagi afzalliklarga ega: tarkibiga kiradigan dori modda- larning yoqimsiz hidini yo‘qotadi, dori moddalar mc'dada parcha- lanmasdan bevosita ichakda o‘z ta'sirini ko‘rsatadi, ichish oson, parda qoplash yo‘li bilan chidamliligini oshiradi, transportda olib yurish qulay va boshqalar. Ayni vaqtda ba’zi kamchiliklardan ham xoli emas: ular tayyorlashga nisbatan ko‘proq vaqt talab qiladi, behush bemorlarga berib bo‘lmaydi, bolalar yutishga qiynaladi va hokazo.
Abu Ali Ibn Sino davrida hab dorilar kulchalar kabi tarkibiga kiruv- chi dorilarning ba'zilari yanchilgan, eriydiganlari eritilgan, so‘ngra hammasi aralashtirib hab dorilar yasalgan va to‘nkarilgan g‘a!vir ustiga qo‘yib quritilgan. Odatda, achchiq dorilar hab dori shaklida istc'mol qilingan. Chunki bu shaklda ularni yutish osonroq bo‘ladi. Hab dori- larning quvvati bir yilgacha saqlanadi. Agar ulaming tarkibiga afyun qo‘shilsa, quvvati ikki yilgacha saqlanishi mumkin. Hab dorilarning bir ichimi o‘rta hisobda bir-ikki dirXom deb belgilangan Kulchalar o‘z ta'siri va martabasi jihatdan elaki dorilar bilan ma'junlaming o‘rtasida turadi. Kulchalar tayyorlashda ularning tarkibiga kiruvchi dorilaming ba'zilar yanchiladi, eriydiganlari csa critiladi, so‘ngra hammasi aralashtiriladi.
Ma'jun - Ibn Sino tasnifiga muvofiq oshqozon-ichak sistcmasini tozalaydi va shu xususiyati bilan tanani, badanni tozalash uchun ishlatiladigan dori turi bo‘lib, dispersion tasnifda dorilarning quruq aralashmasi holida, ma'tum shaklga solib quritilgan holda (draje) shaklida bo‘ladi. Yordamchi modda sifatida asal, sut va o‘simlik mevasi sharbatlari ishla- tilishi ko‘rsatilgan.
Hab dorilarni tayyorlash quyidagi bosqichlarda boradi:
a) dori moddalari tarozida tortiladi, maydalanadi va aralashtiriladi;
b) hab dori massasi tayyorlanadi;
d) massa tayoqcha (qalamcha) shakliga keltiriladi;
e) tayoqcha (qalamcha) bo‘laklarga bo‘linadi;
f) bo‘lakchalarga yumaloq (shar) shakl beriladi;
g) tayyor hab dori sirti qoplanadi yoki indifferent poroshoklar scpiladi;
h) hab dori idishga solinib, so‘ng tegishli yorliq yopishtiriladi.
Hab dorilar tayyorlashda dori moddalarini aralashtirish poroshoklar tayyorlashning umumiy qoidasi bo‘yicha bajariladi. Zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar suvda yoki spirtda eritiladi. Agarda hab dori tarkibida suvda yoki spirtda yo‘on eriydigan modda bo‘lsa, unda poroshok yaxshilab maydalanadi.
Dori prcparatlari aralashmasiga yordamchi moddalar qo‘shiladi. Yordamchi moddalarni tanlashda, ularni dorilar bilan o‘zaro mutanosib- liklarini hisobga olish kcrak bo‘ladi. Dori moddasiga birinchi navbatda suyuq yordamchi moddalar (suv, glitserinli suv, suyuq ekstraktlar va hokazolarni) qo‘shish maqsadga muvofiqdir, bunda pastaga o‘xshash yengil aralashma hosil qilinadi. So‘ng bunga kukunsimon yordamchi moddalar aralashtiriladi.
Tayyor hab dori massasi - bu hovoncha devoriga va dastasiga yopish- maydigan xamirsimon, plastik massadir. Hab dori massasi yumshoq bo‘lsa, unga kukunsimon yordamchi modda qo‘shiladi (o‘simlik kukuni, kraxmal, oq gil va hokazolar). Hab dori massasi qattiqroq bo‘lsa, yum- shatish uchun dekstrin, suyuq ekstrakt, qand sharbati va boshqa suyuq yordamchi moddalar qo‘shiladi.
Tayyor hab dori massasi hovonchadan uning dastasi boshchasiga yig‘iladi va scllofan yoki pcrgament qog‘ozga olinadi. Massa og‘irligi tarozida o‘chanib passport va signature orqasiga yozib qo‘yiladi.
Hab dori massasi hab dori mashinkasi stolida silindrsimon (tayoqcha yoki qalamcha) shaklga keltiriladi. (Jning uzunligi temir keskichning uzunligiga teng bo‘lishi kerak (25 yoki 30 ta bo‘lakka bo‘linadi). Hab
3 3-rasm. Hab dori tayyorlash asbobi:
1 - asosi; 2 - pastki kesgich; J - yog‘och taxtacha; 4 - rolik; 5 - hab dorilarni sanash uchun uchburchak; 6 - yuqorigi kesgich.
dori tayoqchasi ikkita keskich oralig‘iga qo‘yiladi, usti keskich yordamida oldinga va orqaga harakatlantirib, bir xildagi dumaloq sharchatar kcsiladi.
Oq rangli hab dori massasi plastmassa keskichlarda kesiladi. Plast- massa keskich boimaganda, poiat yoki alumin keskichlar spirtda hoi- langan paxta bilan quriguncha artilib ishiatiladi.
Hab dori maxsus rolik yoki yog‘och taxtacha yordamida tashqi ko‘rinishi tekis, silliq sharsimon ko‘rinishga keltiriladi. Tayyor hab dorini biroz quritilib, unga likopodiy yoki oq gil sepiladi. 30 dona hab doriga sepish uchun 0,5-1 g likopodiy yoki 1-2 g oq gil kerak bo‘ladi. Hab dori karton qutichaga yoki og‘zi keng shisha idishga solinib, so‘ng tcgishli yorliq yopishtiriladi. Hab dorilarni tayyorlashda tozalikka qattiq rioya qilish maqsadga muvofiqdir.
Bunda;
C - hab dorilaming umumiy soni; n - hab dori bilan toigan qatorlar soni;
K - oxirgi, toimagan qatordagi hab dorilar soni.
Dostları ilə paylaş: |