O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə199/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Ko‘z to‘lchilari
Ko‘z to‘lchilari suyuq dori shakllaridan bo‘lib, ularga to‘lchilarda dozalanadigan suvli, moyli eritmalar, suspenziya va cmulsiyalar kiradi.
Suvli eritmalar - juda nozik va sezuvchan, shu bilan birga ka- sallangan a’zo - ko‘zga berish uchun tayyorlanib, ular quyidagi shartlarga asosan tayyorlanishi zarur.
Steriilik: ko‘z to‘lchilari ko‘z shilliq pardasini infeksiya tushishidan saqlash uchun sterillangan bo‘lishi lozim. Normada ko‘z yoshi su- yuqligi tarkibidagi lizotsim ko‘z kasalliklarining oldini oladi. Ko‘z kasalliklarida lizotsim odatdagidan kam bo‘ladi va ko‘z shilliq pardasini mikroorganizmlarning ta'siridan saqlay olmaydi.
Kasa) ko‘zni steriilanmagan to‘lchilar bilan davolash og‘ir oqibatlarga, ba'zan ko‘rish qobiliyatining yo‘qolishiga ham sabab bo‘ladi. Ko‘z to‘lchilarini tayyorlash paytida ularning sterilligiga sterilizatsiya va aseptika yordamida erishiladi. Ammo ko‘z to‘lchilarini birinchi bor ishlatishdayoq (ochiq sklyankalar) ularda mikrofiora urug‘ay boshlaydi. Shuning uchun qizdirib sterilizatsiya qilish bilan birga ko‘z to‘lchilariga konservantlar qo‘shish ham zarur. Bunday to‘lchilarni uzoq vaqt ishlatish davo‘ida va saqlashda ularning sterilligi saqlanadi. Ko‘z to‘lchilarini termik sterilizatsiya qilish usuli dori moddalari qizdirilgan vaqtda eritmada turg‘unlik darajasini aniqlash bilan tanlanadi. Bug‘ yordamida sterilizatsiya bosim ostida 120°C da 8 daq. davo‘ida olib boriladi.
Bu usul issiqlikka chidamli modda eritmalari uchun eng ishonchli va samaralidir. Qizdirishga chidamsizroq moddalar oquvchan bug‘ bilan 100°C da 30 daq. davo‘ida sterilizatsiya qilinadi. Bakterial filtrhsh aseptik sharoitda juda mayda g‘ovakli (g‘ovak diametri 1-2 mkm) stsril filtrlar yordamida korxona sharoitida olib boriladi. Sterilizatsiya qilish usulidan qat'i nazar ko‘z to‘lchilarini aseptik sharoitda tayyorlash kcrak. Stcrilizatsiya qilinmaydigan, ya'ni issiqlikka chidamsiz modda eritmalaridan ko‘z to‘lchilarini aseptik sharoitda tayyorlash o‘ziga xos ahamiyatga ega.
Ko‘p moddalar olimlar to‘onidan ko‘z to‘lchilarini mikroorga- nizmlar ta'siridan saqlashda - konservant sifatida o‘rganilgan. Ayniqsa, kasallik qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar, stafilokkoklar, ichak tayoqchalari, ko‘k-yashil yiring bakteriyasi, achitqilar va mog‘or zamburug‘iga qarshi quyidagi antiseptiklar samarali ta'sir ko‘rsatadi: mertiolat - 0,005%, xlorbutanolgidrat - 0,5%, benzalkoniy xlorid - 0,01%, setilpiridiniy xlorid - 0,01%, fenil simob nitrat (borat, asetat) - 0,004% gacha, paragirooksi benzoy kislotasining mctil va propil efirlari aralashmasi (nipagin va nipazol) 0,15% gacha, levo‘itsetin - 0,2 % li eritmasi 2% li borat kislotasi bilan birgalikda.
Izotoniklik: ko‘z to‘lchilari ko‘z yoshi suyuqligiga nisbatan izotoniklikni talab qiladi (quyidagi hollardan tashqari: qachonki dori modda katta konsentratsiyada yozilgan bo‘lsa va kollargol, protargol critmalaridan tashqari). Ko‘zga izotonik bo‘lmagan critmalar yuborilsa og‘riq paydo bo‘Iadi. Ammo ko‘z to‘lchilarini izotonik qilish shart bo‘lgan qonunga hamma dorixonalar ham rioya qilavermaydi. Agar ko‘z to‘lchilarida dori moddaning miqdori 3% gacha bo‘lsa, natriy xloridning izotonik eritmasida yoki boshqa izotonik critmalarda hech qanday hisob qilmasdan tayyorlashga ruxsat ctiladi. Bu bilan ularning ishini birmuncha osonlashtirish mumkin. Ba'zi farmakopcyalarda (AQSH) bunga ruxsat ctiladi. Ko‘z to‘lchilari yana izogidriklik talabiga javob bersa, maqsadga muvofiqdir. Adabiyotlarda bcrilishicha, izogidrik bo‘lgan eritmalar ko‘zga to‘izilganda og‘riq paydo qilmaydi.
Turg‘unlik; ko‘z to‘lchilaridagi erigan dori moddaning barqarorligi ta'minlangan bo‘lishi kcrak Termik sterilizatsiya va ko‘z eritmalarini shisha idishda uzoq vaqt saqlash ko‘p dori moddalarning (alkaloidiar, antisintetiklar va boshqalar) oksidlanishi va gidrolizlanishi natijasida buzilishiga olib keladi.
Turg‘unlikni oshiruvchi moddalarga quyidagilar kiradi: kon- servantlar, muhit - pHni tutib turuvchi moddalar va oksidlanishdan saqlovchi moddalar. Ko‘z to‘lchi shaklida ishlatiladigan dori moddalar eng ko‘p turg‘unliklari eritmaning pHga bog‘Jiq holda 3 ta guruhga bo‘linadi.
1. Birinchi guruhga alkaloid tuzlari va sintetik azotli asos tuzlari, kislotali muhitda oksidlanmaydigan va gidrolizlanmaydigan moddalar kiradi. Bu moddalarni turg‘unlashtirish uchun 1,9-2% konsentratsiyali borat kislotasi tavsiya etiladi. Borat kislotasi atropin sulfat, pilokarpin gidroxlorid, skopolamin gidrobro‘id, dikain, novokain ko‘z to‘lchilari turg‘unligini oshirishda foyda beradi.
2. Ikkinchi guruhga kuchsiz kislotali va neytral muhitda barqaror boigan dori moddalar: benzilpenitsillin, strepto‘itsin, levo‘itsetin tuzlari kiradi. Bu dorilarni turg‘un qilish uchun har xil bufcr aralashmalar, natriy nitrat va boshqalar ishlatiladi.
3. Uchinchi guruhga ishqoriy muhitda barqaror bo‘lgan dorilar: sulfasil natriy, norsulfazol-natriy va boshqalar kiradi. Ularni turg‘un- lashtirish uchun natriy ishqori, natriy gidrokarbonat, natriy tetraborat, pH ko‘rsatkichi ishqoriy bo‘lgan bufer aralashmalar qo‘laniladi. Oksidlanuvchi modda eritmalari - ko‘z to‘lchilarini turg‘unlashtirish uchun oksidlanishga qarshi moddalar: sulfit va metabisulfit natriy, ya’ni inyeksiya uchun ishlatiladigan eritmalarni oksidlanishdan to‘xtatishda foydalanadigan moddalar ishlatiladi. Masalan, 30% li sulfatsil - natriy eritmasi 0,5% )i metabisulfit natriy bilan, 1% li ctilmorfin gidroxlorid eritmasi esa 0,1% 1i mctabisulfit natriy bilan turg‘unlashtiriladi.
Ko‘z to‘lchilari mumkin qadar uzoq davo‘ etadigan ta'sirga ega bo‘Iishi kcrak. Yopishqoqlikni oshirish bilan suvli eritmalar ta'sir qilish muddatini uzaytirish mumkin. Bu maqsadda polivinil spirti, metilselluloza, natriy karboksimelilselluloza ishlatiladi. Bu moddalar ko‘zning ko‘rishini xiralashtirmaydi va yaxshi yopishqoqlik xususiyati bilan unga nojo‘ya ta'sir ko‘rsatmasdan ko‘z uchun zarur vazifani ta'minlaydi.
PVS, KMS (1,5%) va MSning (0,5%) li suyultirilgan eritmalari oson sterillanadi va saqlanganda tmiqligicha qoladi. Ko‘z to‘lchilari uchun 5-15 yopishqoqlik eng qulay hisoblanadi. Yopishqoqlik 40-50 dan oshmasligi kerak, agar bundan oshsa dozalash qiyintashadi. Tiniqlik: ko‘z to‘lchilari juda tiniq va ko‘z pardasini mexanik jarohatlaydigan muallaq zarrachaiar saqlamasligi kerak. Ko‘z to‘lchilarini oliy navli filtrlovchi qog‘ozlar orqali filtr ostiga uzun tolali paxta bo‘lagini qo‘yib filtrlanadi. Filtrlab bo‘lgandan keyin eritma konsentratsiyasi va umumty og‘irligi belgilangan normadan ortib yoki kamayib ketmasbgi kcrak. Dorixona retsepturasida tez-tez takrorlanib turadigan tarkiblarni o‘rganish asosida
oldindan, ma'lum muddatga tayyorlab turadigan konsentratlarni ishlatish oz miqdordagi suyuqliklarni filtrlashdagi noqulaylikdan xalos qiladi.
Olimlar to‘onidan ko‘z to‘lchilarining sifatiga ta'sir etuvchi o‘illarni aniqlash, dorixonalarda ularni oldindan tayyorlab qo‘yiladigan turlarini ko‘paytirishga olib keldi.
Jumladan, vitamin saqlovchi ko‘z to‘lchilarining polivinil spirti critmasi asosida tayyorlash texnologiyasi ishlab chiqilgan:

Tarkibiy qismlar

1-Tarkib

2-Tarkib

3-Tarkib

Riboflavin, g

0,002

0,002

0,002

Askorbin kislotasi, g

0,02

0,02

0,02

Glukoza, g

0,2





PVS (1,5% li eritma), ml

-

10

-

Suv, ml

10



10


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   195   196   197   198   199   200   201   202   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin