20.5. Yordamchi va filtr materiallar
Inyeksion eritmalarni filtrlash uchun tibbiy gigroskopik paxta, laboratoriya filtr qog‘ozi, dokalar ishlatiladi.
Po‘kaklar. Inyeksion dori turlarini germetikligini shisha po‘kakli flakonlar bilan ta'minlanadi. Inyeksion eritmalarni (ko‘z to‘lchilarni) qadoqlash uchun silikon rezina markali rezinali po‘kaklar (sarg‘ish-qizil rangda), tabiiy kau-chukdan (qizil rangda), butil kauchukdan (kulrang va qora rangda) ishlatiladi. Bu po‘kaklar doimo yangi ishlatiladi (qayta foydalanishda po‘kakda 3 tadan ortiq igna o‘rni bo‘l-masligi kerak). Foydalanilgan po‘kaklarni qayta ishlash maqsadida, yuvuvchi vositalar bilan issiq vodoprovod suvida, so‘ngra distillangan suvda yuviladi, 1 % soda eritmasi bilan qaynatiladi. Po‘kaklar sirtidagi rezina va kauchuk sin-tezi natijasida paydo bo‘lgan oltingugurt, teturam, rax qol-diqlarini yo‘qotish uchun yopiq shisha idishlarda bug‘li ste-rilizatsiyada sterillanadi. Sterillangan rezina po‘kaklar yopiq bikslarda saqlanib, 24 soatgacha ishlatilishi mumkin. Flakonlar rezina po‘kaklar bilan metall qopqoqcha yordami-da berkitiladi. Shifoxona dorixonalarida steril eritmalar tezda foydalanish uchun tayyorlanadi. Shishachalar og‘zi Sterillangan paxta tamponga bir bo‘lak steril doka qo‘yib berkitiladi va pergament qog‘oz bilan ip yordamida mahkamlanib o‘raladi.
Mavzu: Ko‘z dori shakllari
Reja:
1.Ko‘zga ishlatiladigan dorilar tayyorlashning o‘ziga xos usullari.
2.Ko‘z to‘lchilari, ularga qo‘yilgan talablar.
3. Natriy xlorid ekvivalenti bo‘yicha hisoblash.
Ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dori shakllari boshqa dori turlaridan o‘zining tayyorlanish usuli, ishlatilishi bilan o‘ziga xos o‘rinni egallaydi. Qalinligi I mm bo‘lgan yog‘ to‘siqli muguz parda ko‘zning dori so‘riladigan qismi hisoblanadi. U yog‘da eruvchan dori moddalari uchun yaxshi o‘tkazuvchidir. Yog‘ to‘sig‘i orqasida suv bo‘shlig‘i joylashgan. Ko‘z dorilarini ishlatishda kutiladigan ta'sir, dorining ko‘z to‘qimasiga kira olishi hamda yog‘ va suv to‘siqlarini yengib o‘tishiga bog‘liq.
Oftalmologiya amaliyotida har xil dorilardan mahalliy ta'sir qilib diagnostika (ko‘z qorachig‘ini kengaytirish, toraytirish) va davolash (og‘riqda, yallig‘lanishlarda) maqsadida yaqin to‘qimalarda farmakologik ta'sirni o‘tkazish uchun foydalaniladi.
Ko‘z pardasi va shilliq qavati tananing nozik to‘qimalaridan hisob- lanadi. U tashqi muhitga va dori moddaga keskin ta'sirchanlik bildiradi. Ko‘z shilliq qismiga nafaqat yot moddalar, hatto ishlatilayotgan dorilar bilan ko‘z suyuqligining osmotik bosimi, pH ko‘rsatkichi orasidagi farq ham ta'sir qiladi.
Ko‘z suyuqligi ko‘zni mexanik qo‘shilmalardan, mikroorganizm ta'siridan himoya qilib turadi. Sog‘lo‘ ko‘zdagi lizotsimning bakterisid quvvati uni mikroorganizmlar ta'siridan muhofaza qilish uchun yetarli bo‘ladi. Tanani kasallanishi ko‘z suyuqligidagi lizotsim miqdorining kamayishiga olib keladi.
Ko‘zni shox pardasi ko‘zni mikroorganizm va boshqa ta'sirlardan saqlaydigan yana bir to‘siq bo‘lib hisoblanadi. Shu jihatdan uning jarohatlanishi ba'zi bir mikroorganizmlarni ko‘z pardasidan o‘tib ko‘payishiga va og‘ir ko‘z xastaliklariga olib kelishi mumkin.
Shunday qilib, ko‘z dori shakllarini tayyorlaganda ko‘zni anato‘ik, fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari hisobga olinishi zarur. Dori shakllarini tayyorlashda ishlatiladigan yordamchi moddalar va texnologik usullar esa dori moddani ta'sirini pasaytirmasligi, balki uni oshirishga va muayyanlashtirishga xizmat qilishi kerak.
Hozirgi vaqtda ko‘z kasalliklarining oldini olishda va davolashda ko‘z to‘lchilari, eritmalar, surtmalar, plyonkalar ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladigani ko‘z to‘lchilaridir.
Dostları ilə paylaş: |