Mavzu: Bolalar uchun tayyorlanaligan dori shakllari
Reja:
1.Bolalar uchun tayyorlanadigan dori turlariga qo‘yilgan talablar.
2.Tuzli eritmani sharbat bilan sterilizatsiya qilish.
3. Eritmalarni alohida sterilizatsiya qilish.
Bolalar amaliyotida ishlatiladigan dorilar katta ahami-yatga ega bo‘lib, ularni tayyorlash, dozasini aniqlash, saqlash va qabul qilish usullarini belgilashda bola organizmi xususi-yatlarini hisobga olish muhimdir. Bolalar uchun beriladi-gan dorilar qabul qilish uchun qulay, uning asabiga salbiy ta'sir qilmaydigan ko‘rinishda, hidsiz, qo‘shimcha ta'sir qilmaydigan, chiroyli ko‘rinishda va terapevtik ta'sirchan bo‘lishi kerak.
«Chaqaloqlar uchun» va bolaning aniq yoshi ko‘rsatilgan retseptlar bo‘yicha dori turlarini aseptik sharoitlarda tayyorlanadi. Ichishga va sirtga mo‘ljallangan eritmalar, ko‘z to‘lchilari, moylar, inyeksion dori turlari singari sterili-zatsiyalanadi.
22.12. Rp: Solutionis Natrir benzoatis 2 % 150 ml Natrii hydrocarbonatis 6,0 Sirupi simplicis 30 ml M.D.S 1 yosh bolaga 1 choy qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Dori turi aseptik sharoitlarda tayyorlanadi. Natriy gid-rokarbonat yuqori darajada tozalangan bo‘lishi kerak. (К. Т. yoki A. U. Т.). Qand sharbati yangi tayyorlangan bo‘ladi. Tuzli eritmani sharbat bilan sterilizatsiya qilish mumkin emas, chunki eritma jigar rangga o‘tib qolishi mumkin. Shuning uchun ikki eritma alohida tayyorlanadi:
1).Natriy benzoat
Natriy gidrokarbonat
Suv 100 ml.gacha. 2).Qand sharbati 30 ml
Suv 50 ml.
Eritmalarni alohida sterilizatsiya qilingandan so‘ng, erit-malarni beriladigan flakonga quyiladi.
Mavzu: Dori shakllarini tayyorlashda uchraydigan nomutanosibiklar va qiyinchilik tug‘diradigan retseptlar
Reja:
1.Bir-biri bilan kelisha olmaydigan dori moddalari bo‘lgan retseptlarni muhokama qilish
2. Fizik nomutanosibliklar. Poroshoklarning namlanishi
3. Eruvchi moddaning ajralishi
Dori moddalarining nomutanosib tarkibiari deb, qisman yoki to‘liq davolash xususiyatini yo‘qotgan dorilarga aytiladi. Bunday hollarda dori moddalarining agregat holati va fizikaviy xususiyati o‘zgaradi. Natijada dori tayyorlashda, uni ishlatishda, aniq dozalarga taqsimlashda qiyinchilik tug‘iladi. Bunga retseptda keltirilgan dori moddalarini go‘ogenligini, ya'ni bir xil aralashma hosil qilmasligini ta'kidlab o‘tish mumkin.
Ayrim retseptlar bir qarashda qiyin va chalkash bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin ularni yuqori malakali va bilimli farmatsevtlar bemalol tayyorlay oladilar. Bunday retseptlarni qiyinchilik tug‘diradigan retseptlar dcb ataladi. Tajribali farmatsevtlar bu rctseptlarni tayyorlashda o‘ziga xos usullardan foydalanadilar. Ba'zan qo‘shimcha moddalar qo‘shish yo‘li bilan ham tayyorlash mumkin. Bu esa farmatscvtning rolini, talabchanligini va javobgarligini oshiradi.
Retseptlar tarkibiga qo‘shimcha modda qo‘shish yoki ayrim moddani boshqa dori moddasi bilan almashtirishni, albatta shifokor bilan maslahatlashgan holda bajarish, maqsadga muvofiqdir. Chunki ba'zi rctseptlarni o‘zgartirilishi natijasida ayrim kimyoviy o‘zgarishlar yuzaga kelishi mumkin. Bundan tashqari fizik va farmakologik nomutarosibliklar ham kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: |