O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə208/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Tuzlarni cho‘kmaga tushishi
Dori preparati eruvchanligini kamayishi aralashma tarkibidagi bir xil ionli clektrolitlarning mavjudligi bilan izohlanadi.
Rp: Apo‘orphini hydrochloridi 0,15
Solutionis Natrii chloridi 0,9%-10 ml
M. D. S. 10 to‘lchidan kuniga 2-3 mahal qabul qilinsin.
Apo‘orfin gidroxloridning suvdagi eruvchanligi 1:60 ga teng. Bu critmada xlor ioni mavjudligi apo‘orfin gidroxlorid eruvchanligini kamaytiradi va natijada uni cho‘kmaga tushishini tezlashtiradi. Bu dorini bemorga bcrish taqiqlanadi, chunki cho‘kmaga tushgan modda zaharli hisoblanadi.
Kimyoviy nomutanosibliklar
Dori tarkibidagi o‘zaro kimyoviy ta'sirga - sovunlanish, neytralla- nish, oksidlanish-qaytarilish va almashinish reaksiyasini kiritish mumkin.
Sovunlanish reaksiyasi
Murakkab efirlar guruhini saqlovchi birikmalar ko‘proq gidrolizga uchraydi. Masalan, atropin sulfat, kokain gidroxlorid, go‘atropin gidro- bro‘id, platifillin gidrotartrat, sintetik moddalar (novokain, dikain), morfin gidroxlorid va papavcrin gidroxiorid (lidol, pro‘edol, tifen, spazmolitin). Gidroliz natijasida spirt, fenol va organik kislotalar hosil bo‘ladi. Natijada dori preparati o‘z ta'sir kuchini yo‘qotadi. Ko‘pchilik holatlarda, gidroliz hodisasi zaharli mahsulotlar hosil bolishiga sabab bo‘ladi. Gidroliz reaksiyasining tezlashishining asosiy sabablaridan biri haroratning oshishi va pH sharoitining o‘zgarishidir.
Rp: Solutio‘s Sulfacyli-natrii 30%-I0 ml Alropini sulfatis 0,3 M. D. S. ICo‘z to‘lchisi.
Sulfatsil natriyning ishqoriy sharoiti ta'sirida atropin sulfat gidrolizga uchraydi. Gidroliz natijasida tropin va trop kislotasi hosil bo‘ladi. Bunday ko‘z to‘lchisini bemorga berish taqiqlanadi.
Neytrallanish reaksiyasi
Neytrallanish reaksiyasi ko‘pincha kuchli kislota va kuchli asos o‘rtasida sodir bo‘ladi.
Kuchsiz kislota va kuchsiz asosni o‘zaro ta'siri natijasida gidrolizga uchraydigan tuzlar hosil bo‘ladi. Fenol va kislota amidlari kuchsiz kislotali xossaga ega.
Barbiturat kislota hosilalari (barbital, fenobarbital), purin alkaloidlari (kofein, teobro‘in, teofillin) kislotali xossaga ega.
Rp: Zinci oxydi 10,0
Acidi salicylici 4,0
Glycerini 6,0
Aquae purificatae 40,0
M. D. S. Oyoqqa surtish uchun.
Dori preparatlarini aralashtirganda salitsil kislota rux oksidi bilan neytrallanadi. Natijada rux salitsilati hosil bo‘lib, u tezda quyuqlashadi va suyuqlikda bir tckis tarqalmaydi. Bunday dorini bemorga berish taqiqlanadi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin