Algebra va analiz asoslari quyidagi bo’limlaridan iborat:
to’plamlar nazariyasi elementlari;
haqiqiy sonlar;
ko’rsatkichli funksiyalar;
logarifmik funksiyalar;
trigonometriya;
integral va uning xossalari;
ehtimollar nazariyasi va matematik statistika elementlari;
Geometriya quyidagi bo’limlardan iborat:
stereometriya aksiomalari va uning sodda natijalari;
to’g’ri chiziq va tekisliklarning o’zaro joylashuvi;
ko’pyoqliklar;
aylanish jismlari;
ko’pyoqliklarning yon va to’la sirtlarini yuzlari;
fazoviy jismlarning hajmlari;
fazoda vektorlar;
3. O`QUV FANI (MODULI)NING MASHG`ULOT TURLARI BO`YICHA MAVZULAR REJASI VA MAZMUNI
O`quv fani (moduli)ning mashg`ulot turlari bo`yicha mazmuni
To’plamlar.Mantiq. (12 soat)
1-mavzu: To’plam, to’plam elementlari. Bo’sh va qism to’plamlar. (Boshlang’ich nazorat) To’plam tushunchasi, to’plamning elementlari, bo’sh va qism to’plamlar, chekli va cheksiz to’plamlar
2-mavzu: To’plamlar ustida amallar. Sonli to’plamlar. Natural sonlar to’plami, butun sonlar to’plami, ratsional va irratsional son to’plamlari, haqiqiy sonlar to’plami. To’plamlarning birlashmasi, to’plamlarning kesishmasi, to’plamlarning ayirmasi, to’plamlarning dekart ko’paytmasi.
3-mavzu: Matematik mantiq elementlari. Mantiqiy amallar, chinlik jadvali, implikatsiya, ekvivalensiya, mantiqiy inkor amali, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
4-mavzu: Predikatlar va kvantorlar. Mulohazaning, jumladan, mantiqiy bog‘lovchilar va kvantorlar yordamida qurilgan murakkabroq mulohazaning inkorini ifodalay oladi
5-mavzu: To‘g‘ri fikr yuritish (argumentatsiya) qonunlari; paradokslar va sofizmlar. Mantiqiy amallar, chinlik jadvali, implikatsiya, ekvivalensiya, mantiqiy inkor amali, mavjudlik va ixtiyoriylik kvantorlari.
Dostları ilə paylaş: |