Ta’lim beruvchi: → Taklif etilgan muammoni echishga o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi.
→ Ommaviy to‘g‘ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
Ta’lim oluvchilar quyidagi g‘oyalarni: → Taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko‘p maqbul (samarali va boshqa g‘oyalarni tanlaydilar va ularni qog‘oz varag‘iga asosiy so‘zlar ko‘rinishida (2 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar.
→ Guruh a’zolari ( ta’lim beruvchi tamonidan belgilangan 2-3 talaba yozuv taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
aniq xato yoki qaytariluvchi g‘oyalarni saralaydilar;
shu belgilar bo‘yicha hamma g‘oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar (kartochka/ varaqlar).
Ta’lim beruvchi: →Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. Ochiq kalit K uning jufti bo‘lgan maxfiy kaliti qanday olinadi?
Raqamli imzoning avzaliklari ayting?
GOST R 34.10 elektron raqamli imzoni shakliantirish va tekshirish algoritmi?
(3-ilova).
(4-ilova)
Kichik guruhlarda ishlash texnologiyasi
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.
O‘quvchi kichik guruhlarda ishlaganida, darsda faol ishtirok etish huquqiga, boshlovchi rolida bo‘lishga, bir-biridan o‘rganishga va turli nuqtai-nazarlarni qadrlash imkoniga ega bo‘ladi.