Ta’lim beruvchi: → Taklif etilgan muammoni echishga o‘z nuqtai nazarini bayon qiladi.
→ Ommaviy to‘g‘ri aqliy hujumni tashkillashtiradi.
Ta’lim oluvchilar quyidagi g‘oyalarni: → Taklif etadilar, muhokama qiladilar, baholaydilar eng ko‘p maqbul (samarali va boshqa g‘oyalarni tanlaydilar va ularni qog‘oz varag‘iga asosiy so‘zlar ko‘rinishida (2 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan) yozadilar va yozuv taxtasiga biriktiradilar.
→ Guruh a’zolari ( ta’lim beruvchi tamonidan belgilangan 2-3 talaba yozuv taxtasiga chiqadilar va boshqalar bilan maslahatlashib:
aniq xato yoki qaytariluvchi g‘oyalarni saralaydilar;
shu belgilar bo‘yicha hamma g‘oyalarni yozuv taxtasida guruhlaydilar (kartochka/ varaqlar).
Ta’lim beruvchi: →Umumlashtiradi va ish natijalarini baholaydi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar. Asimmetrik shifrlashning birinchi va keng tarqalgan kripto algoritmi RSA nechinchi yilda standart sifatida qabul qilindi?
O‘qituvchi o‘quvchilar bilan kichik guruhlarda ishlashni tashkil etish uchun faoliyat yo‘nalishi aniqlanadi. Muammodan bir-biriga bog‘liq bo‘lgan masalalar belgilanadi. Mavzuning kerakli asosi yaratiladi. Mavzuni o‘rganishdan oldin o‘quvchilar mazkur muammo haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim. Keyin guruh o‘quvchilari kichik guruhlarga, ya’ni 3-5 kishidan bo‘linishlari kerak. O‘qituvchi tomonidan o‘quvchilarga aniq ko‘rsatmalar beriladi. Berilgan muammoni yechishda o‘qituvchi o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlab va yo‘naltirib turadi. Mavzu so‘ngida muhokama qilinadi.