O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə19/69
tarix02.01.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#38913
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69
Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem

Soya teatri - qo'g'irchoq teatrining o'ziga hos turlaridan hisoblanadi. Unda qo'g'irchoqlar emas balki shakllardan iborat o'yinchoqlar o'ynaydi. Tomosha qiluvchilar saxna ro'parasida o'tirib, ekranda yorug'lik orqali harakatlanayotgan soy alar: odamlar, hayvonlar va qushlar soyasini ko'rishi mumkin.

Soya teatr uchun odam va hay von soyalarini bolalarning o'zlari chizib, qirqa oladilar. Bolalarga shakllarni boshlari dumlarini qimirlatadigan qilishni o'rgatish kerak, buning uchun tarbiyachi yordamida detallarni simlar bilan biriktirib, spiral holatda aylantirib qo'yiladi. Harakatlanuvchi qismlar qattiq simdan tayyorlanadi. Bunday o'yinchoqlarni shablon yordamida yoki o'zlari o'ylab, siluet chizadilar. Bolalar detallarni qirqib olganlaridan so'ng figuraga ko'zini qilish kerakligi taklif etiladi. Tarbiyachi ko'z o'rnini o'tkir asbob bilan teshib beradi, bolalar qalam yoki mo'yqalam tayoqchasi bilan teshikchani kengaytiradi va yaltiroq qog'oz bilan ko'zini yelimlaydi. Bolalar yelimga qora bo'yoq aralashtirib ko'zini chizib qo'yishlari mumkin.

Teatrni ko'rsatishlari uchun tarbiyachi ekranni yupqa matodan yoki kalka qog'ozidan 2x1,5 metrli ramkaga sirib tayyorlanadi. 100 voltli lampa kerak. Chiroq quti ichiga joylashtiriladi, ichini qora rangga bo'yaladi. Tarang qilib sirilgan matoga qog'ozdan dekorasiya jihozini applikasiya qilib qo'yish mumkin. Bolalar o'zlari tayyorlagan figuralarni ekranda ko'rib, shodliklari beqiyos bo'ladiki, ularning kichik shakllari mo'jiza bo'lib ko'rinadi. Soya teatrini bolalarga kattalar qo'yib beradilar.

Avvalo karton yoki faner orqali ekran yasalib, ekranni yupqa oq doka surp bilan tortib mahkamlanadi. So'ngra har bir guruh yoshiga mos ravishda ertakni tanlab uning qahramonlarini kartonga tushirib, juda ehtiyotkorlik bilan qirqiladi. Keyin uni qora guash bilan bo'yaladi va qirqiladi. So'ngra chiroq ya'ni yorug'lik tushirib, sahnalashtirilgan ertak namoyish qilinadi.




Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin