O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax davlat pedagogika instituti maktabgacha ta’lim fakulteti


MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA QO'G'IRCHOQ TEATRI VA JIHOZLARINI YASASH



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə16/69
tarix02.01.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#38913
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69
Bolalarni sahna va ijodiy faol o`r 1 kurs 1 sem

MAKTABGACHA TA'LIM MUASSASASIDA QO'G'IRCHOQ TEATRI VA JIHOZLARINI YASASH

Ma'lumki, mamlakatimizda teatrning deyarli hamma turlari faoliyat ko'rsatib kelmokda. Teatr bu yunoncha (tiyation) so'zidan olingan bo'lib tomoshaxona degan ma'noni bildiradi. Jajji kichkintoylarimizning sevimli teatri bu qo'g'irchok teatridir. Bu teatr orqali bolalar o'zlariga yaqin va tanish bo'lgan o'yinchoqlarni, ayiqcha, quyoncha, kuchukcha va boshqa qaxramonlarni jonli ravishda ko'radilar. Teatr bolalarga xursandchilik va quvonch baxsh etish bilan birga katta tarbiyaviy ahamiyatga ham egadir.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida katta spektakllarni qo'yish mumkin emas. Kichik sahnali, kichik ertak asosida o'zlarining o'yinchoqlari yordamida qo'yishlari mumkin. Bu kichik ko'rinishlarining har biri ham bolalarda katta taasurot uyg'otadi va bayram ertaklariga ko'tarinki ruh bahsh etadi. Har qanday badiiy asarni qo'g'irchoq teatri orqali ko'rsatilsa, bolalar uchun yanada tushunarli bo'ladi qo'g'irchoq qo'lqop teatrini aytib bu teatrlarga murojaat qilishimiz lozim. Chunki bunday ertaklar olami bolalarning sevimli tomoshasi hisoblanadi.

Qo'g'irchoq tetri uchun eng kerakli bo'lgan shirmani tayyorlab olish kerak. Shirmaning balandligi 50 sm, uzunligi 80 sm reyka yordamida tayyorlanadi. Reyka, mix orqali qoqilib, orqa tomoniga ikki tomoni ochiladigan qilib, charm orqali birlashtirib unga parda tikiladi va o'rnatiladi. Qo'g'irchoqlarni papye ­mashe usulida tayyorlash mumkin. Ertak qahramonlari tayyor bo'lgach, tekstni yozib, sahnalashtirishga tayyorlanadi. Ertak ishtirokchilari, personajlar, ertak

matni, boshlovchi, ertakchi bobo yoki momolar bo'ladi.


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin