4 - metod:
Assesment metodi.
Metod bayoni:
“Assesment” inglizcha “assessment” so’zidan olingan bo’lib, “baho”, “baholash”
ma’nolarini bildiradi. Assesment metodi talabalarning bilim, ko’nikma va
malakalari darajasini har
tomonlama, xolis baholash imkoniyatini ta’minlovchi
topshiriqlar to’plami bo’lib, u biografik anketa, ta’lim sohasidagi yutuqlar bayoni,
o’quv individual topshirig’i, bahs- munozara, intervyu, ijodiy ish, test, individul
keys, taqdimot, ekspert kuzatishi, rolli hamda ishbilarmonlik o’yinlari kabilardan
tashkil topadi. Bu metod asosan quyidagi uch maqsadga xizmat qiladi:
talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini har tomonlama, xolis
baholash;
talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish imkoniyatlarini
aniqlash;
talabalarning bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirishga
xizmat
qiladigan istikbol reja (maqsadli dastur)ni shakllantirish.
Mazkur texnologiyaning yaratilish tarixi o’tgan asrning 30-40- yillariga borib
taqaladi. Dastlab texnologiya mavjud harbiy vaziyatlarni to’g’ri baholay oladigan,
harbiy harakatlar jarayonini samarali boshqaradigan, zarur o’rinlarda
oqilona
harakatni tashkil eta oladigan ingliz hamda nemis harbiylari orasidan bilimdon,
tadbirkor, mahoratli harbiylar, shuningdek, ofiserlarni tanlash maqsadida
qo’llanilgan.
Keyinchalik bu metod tadbirkorlik sohasiga ham samarali tatbiq etildi. Metodni
birinchi marta 1954-yilda “AT&T” kompaniyasi tomonidan tadqiqot dasturlarini
amalga oshirish doirasida qo’llanilgan.
To’rt yildan so’ng malakali menejerlarni tanlash maqsadida qo’llanila
boshlangan
ushbu metod negizida tadbirkorlar va psixologlar bilan hamkorlikda mazkur
texnologiya
yordamida ishlab chiqarish, savdo, maishiy xizmat ko’rsatish
korxonalari hamda tashkilotlar uchun malakali mutaxassislarni tanlash xizmati –
“Assesment-markaz” (“The Assessment Centre”) faoliyatini yo’lga qo’yildi.
1960 yilda “IBM”, “Standart oyl of Ogayo”, “Sirs Robaks” kabi yirik amerika
kompaniyalari o’z faoliyatlariga bu texnologiyani samarali tatbiq etdilar. Agar
1980 yilda 2000 ta firma “Assesment-markaz” asosida malakali mutaxassislarni
tanlashni ma’qul ko’rgan bo’lsa, hozir bu texnologiyadan o’n minglab korxona,
tashkilot, firma va kompaniyalarda samarali qo’llanilmoqda.
Ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi va savdo kompaniyalari malakali menejerlarni
tanlash maqsadida mazkur texnologiyadan muvaffaqiyatli foydalanmoqdalar.
So’nggi yillarda mazkur texnologiya ta’lim tizimiga ham samarali joriy etildi.