4 – bosqich Amaliy ko’nikma.
1 - variant
Ish uchun predmet soha: O’zgaruzchilar.
Minimal satr xarakteristikasi:
To’rtburchakning ikki tomoni,
kvadratning yuzi, talaba ismi, talaba
yoshi.
2 – variant
Ish uchun predmet soha: Ro’yxatlar.
Minimal satr xarakteristikasi:
Talabalar ro’yxati, Fanlar ro’yxati, Baholar ro’yxati, yiqilganlar
ro’yxati,
3 – variant
Ish uchun predmet soha: Lug’atlar.
Minimal satr xarakteristikasi:
O’zbekcha – Turkcha lug’at, O’zbekcha – Englizcha lug’at.
4 – variant
Ish uchun predmet soha: Satrlar.
Minimal satr xarakteristikasi:
Ism, Familya, Sharifi, Yashash manzil, O’qish joyi.
5 – variant
Ish uchun predmet soha: Tsikl.
Minimal satr xarakteristikasi:
Summani hisoblash, Toq sonlarni topish, Ro’yxatni isascii ga
tekshirish.
5 - metod:
Klaster metodi.
Metod bayoni:
Ushbu metod o’quvchi-talabani mantiqiy fikrlash, umumiy fikrlash doirasini
kengaytirish, mustaqil ravishda adabiyotlardan foydalanishni o’rgatishga
qaratilgan. Biron-bir mavzuni chuquroq o’rganishdan oldin o’quvchilarning
fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirishga xizmat qiladi.
Klasterlarga ajratish- o’quvchilarga biror-bir mavzu to’g’risida
erkin va
ochiq tarzda fikr yuritishga yordam beradigan pedagogik strategiyadir. Bu usul
ko’p variantli fikrlashni o’rganilayotgan tushuncha (hodisa, voqea)lar o’rtasida
aloqa o’rnatish malakalarini rivojlantiradi. «Klaster» so’zi “
g’ujm”, “
bog’lam”
ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish
bosqichlaridagi fikralashni rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U asosan yangi
fikrlarni uyg’otish, mavjud bilimlarga etib borish strategiyasi bo’lib, muayyan
mavzu bo’yicha yangicha fikr yuritishga chorlaydi.
Biror mavzu bo’yicha klasterlar tuzishdan bu mavzuni mukammal
o‟rganmasdan oldin foydalanish maqsadga muvofikdir.
Klaster tuzish ketma-ketligi:
1. Katta varag’ qog’ozning o’rtasiga yoki sinf doskasiga
yoxud yozish uchun
foydalanish mumkin bo’lgan sathga «kalit» so’z
yoki gap yoziladi;
2. Shu mavzuga tegishli deb hisoblangan va hayolga kelgan so’z
va gaplar
yoziladi;
3. Fikrlar paydo bo’lganda va ularni yozganda fikrlar o’rtasida mumkin
bo’lgan bog’lanishlarni belgilash;
4. Fikrlar tugamaguncha yoki vaqt tamom bo’lgunicha
xayolga kelgan
barcha
fikrlar yozilaveradi;
5. Keltirilgan so’z va fikrlar mazmuni va yaqinligiga qarab toifalarga
ajratib
chiqiladi.
Klaster tuzishda guruhdagi barcha o’quvchilarning ishtirok etishi, shu guruh
uchun g’oyalar o’zagi bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: