Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Microsoft Access 2013 dasturida soʻrovlar yaratish



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149
Axborot texnologiyalari

Microsoft Access 2013 dasturida soʻrovlar yaratish. 
MS 
Access 2013 dasturi yordamida tayyor jadvallarga soʻrov yaratish 
imkoniyati mavjud. Soʻrovlar jadvallardan ma’lumotlarni saralash
ularni qidirishni soddalashtirish maqsadida keng foydalaniladi. MS 
Access 2013 dasturi soʻrovlarni 2 xil usulda yaratish imkonini 
beradi:
1. “Мастер запросов” (soʻrovlar ustasi). 
2. “Конструктор запросов” (soʻrovlar konstruktori). 
150


“Мастер запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish ketma-
ketligini koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi 
bosiladi va undan “Мастер запросов” tanlanadi. “Мастер 
запросов” tanlangandan soʻng ekranda quyidagi darcha hosil 
boʻladi. 
5.19-rasm. Yangi soʻrov yaratish 
Bu darcha yangi soʻrovlarni turli koʻrinishlarda yaratish 
imkonini beradi. Bunda “Простой запрос”, “Перекрестный 
запрос” 
“Повторяющиеся 
значения”, 
“Записи 
без 
подчиненных” boʻlimlari yordamida soʻrovlarni yaratish imkonini 
beradi. “Простой запрос” boʻlimini tanlaymiz va soʻrovni 
yaratishni boshlaymiz. “OK” tugmasi bosilgandan soʻng ekranda 
quyidagi darcha hosil boʻladi. 
Darchada jadvalning nomi, jadvaldagi maydonlar roʻyxati va 
tanlangan maydonlar roʻyxati paydo boʻladi. Jadvalimizda 
familiyasi, ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi
qarzdor fani nomli maydonlarimiz mavjud. Jadvaldan soʻrov 
yordamida familiyasi, guruhi, qarzdor fanini ajratib olish kerak 
boʻlsin. Buning uchun 5.21-rasmdagi darchadan mavjud maydonlar 
roʻyxatidan familiyasi, guruhi, qarzdor fanini maydonlar ustiga 
sichqoncha bir marotaba bosiladi va darchadan 
tugmasi 
bosiladi. Natijada quyidagi darcha hosil boʻladi. 
151


5.20-rasm.. “Простой запрос” soʻrovini yaratish 
5.21-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish 
Boshqa oʻzgartirishlar amalga oshirilmasa “Готово” tugmasi 
bosiladi va natijada quyidagi soʻrov darchasi paydo boʻladi. 
152


5.22-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish 
“Конструктор запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish ketma-
ketligini koʻrib chiqamiz. Buning uchun “Создание” menyusi 
bosiladi va undan “Конструктор запросов” tanlanadi. Bunda 
foydalanuvchi oʻzi mustaqil ravishda amallarni bajarishiga toʻgʻri 
keladi. “Конструктор запросов” tanlangandan soʻng ekranda 
quyidagi darcha hosil boʻladi. 
5.23-rasm. “Конструктор запросов” tartibida soʻrovlarni yaratish 
Bunda birinchi navbatda soʻrov qilinishi kerak boʻlagan jadval 
nomi tanlanadi va “Добавить” tugmasi bosiladi. “Добавить” 
tugmasi bosilgandan soʻng soʻrov birinchi jadval bilan bogʻlanadi 
va jadvaldagi maydonlar ustida amallar bajarish imkonini beradi. 
Unda maydonni tanlash, jadvalni tanlash, saralash, ekranga 
chiqarish kabi boʻlimlari mavjud boʻladi. Jadvalimizda familiyasi, 
153


ismi, sharifi, tugʻilgan sanasi, guruhi, stipendiyasi, qarzdor fani 
nomli maydonlarimiz mavjud. Jadvaldan soʻrov yordamida 
familiyasi, guruhi, stipendiyasi ajratib olish kerak boʻlsin. Buning 
uchun 5.24-rasmda hosil boʻlgan darchada amallarni bajarish 
kerak.
5.24-rasm. “Простой запрос” soʻrovini yaratish 
Kerakli maydon, jadval tanlangandan soʻng soʻrovni saqlash 
kerak boʻladi. Saqlash uchun asosiy menyuning “Главная” 
boʻlimidan “Сохранить” buyrugʻi tanlanadi. Natijada quyidagi 
darcha hosil boʻladi. 
5.25-rasm. “Запрос” ni saqlash darchasi 
Soʻrovni saqlash uchun “Имя запроса” qismiga kerakli nom 
beriladi va “OK” tugmasi bosiladi. Barcha oʻzgartirishlar 
kiritilgandan soʻng natijada quyidagi soʻrov paydo boʻladi.
154


5.26-rasm. Tayyor boʻlgan soʻrov darchasi

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin