KIRISH
Ma’lumki, insoniyat axborotlashtirish
sohasida haqiqiy
inqilobiy oʻzgarishlar davrini boshidan kechirmoqda. Buning na-
tijasida esa umumjahon axborotlashgan hamjamiyati shakl-
lanmoqda. Shu sababli ham axborot-kommunikatsiya sohasini jadal
suratlar bilan rivojlantirish Oʻzbekiston iqtisodiyotida amalga oshi-
rilayotgan tarkibiy oʻzgarishlar, hamda iqtisodiy islohotlarning
bosh yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda olib borilayotgan iqtisodiy, tashkiliy va boshqa
oʻzgarishlarni amalga oshirish natijalari mamlakatimizda
axborotlashtirish sohasidagi muammolarning hal etilishiga ham
bogʻliqdir. Axborotlashtirish sohasidagi asosiy yoʻnalishlar
Oʻzbekiston Respublikasining bir qator qonunlari,
mamlakatimiz
Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarda ham oʻz aksini topgan.
Respublikada kompyuterlashtirish va axborot kommunikatsiya
texnologiyalarini
rivojlantirishga
doir
muayyan
vazifalar
Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan 2002-yil 30-mayda
imzolangan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida”gi
Farmonida belgilab berilgan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2002-yil
6-iyun
200-sonli
“Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy
etish chora-tadbirlari
toʻgʻrisidagi Qarorida oʻz aksini topgan. Axborotlashtirishning
milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining
barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter
texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda
joriy etish, hamda ulardan foydalanish. Shuningdek, fuqarolarning
axborotga ortib borayotgan talab va ehtiyojlarini yanada toʻliqroq
qondirish, jahon
axborot hamjamiyatiga kirish, hamda jahon
axborot resurslaridan bahramand boʻlishni kengaytirish uchun
qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan boʻlib, Farmonda
kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish va ularning zamonaviy tizimlarini joriy etish birinchi
galdagi eng muhim vazifalar sifatida e’tirof etilgan.
3
Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan keng
koʻlamli islohotlar koʻp jihatdan uzluksiz ta’lim tizimini
shakllantirishni taqozo etadi.
Yangicha fikrlaydigan, bozor
sharoitlarida muvaffaqiyatli xoʻjalik yurita oladigan malakali,
chuqur bilimli mutaxassislarni, ayniqsa, axborot texnologiyalaridan
keng foydalana oladigan malakali kadrlarni tayyorlash davr talabi
boʻlib qolmoqda.
Shuni aytib oʻtish lozimki, 2005 – yil 2 iyulda Oʻzbekiston
Respublikasi prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida
kadrlar
tayyorlash
tizimini
takomillashtirish
toʻgʻrisidagi”
qaroridan maqsad, kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan
vazifalarni bajarish, respublikamiz iqtisodiyoti va ijtimoiy sohalari
uchun zamonaviy talablarga javob beradigan yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashdan iboratdir.
Oʻquv qoʻllanmaning birinchi bobida
axborot texnologiyalari
asoslari, axborot resurslarini yaratish jarayonlari, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirish boʻyicha
asosiy
yoʻnalishlar
va
axborot
tizimlarining
boshqaruv
tuzilmasidagi oʻrni haqida bayon etilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning ikkinchi bobi kompyuterning texnik
ta’minotiga bagʻishlangan. Кompyuter va uning tashkil etuvchilari,
kompyuterlarni sinflash, kompyuterning qoʻshimcha qurilmalari
hamda, bulutli texnologiyalarga alohida e’tibor berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning uchinchi bobi kompyuterning dasturiy
ta’minoti va operatsion tizimlarga bagʻishlangan.
Operatsion
tizimlar haqida ma’lumot, Windows 8 operatsion tizimining asosiy
xususiyatlari, operatsion qobiqlar va ularning vazifalari haqida
toʻliq ma’lumotlar berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning toʻrtinchi bobi elektron hujjatlarga ishlov
berish texnologiyalariga bagʻishlangan. Microsoft office dasturlar
paketi va ularni qoʻllash, ABBYY FineReader dasturining
imkoniyatlari, Promt dasturidan amaliy foydalanish toʻgʻrisida
batafsil bayon etilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning beshinchi bobi ma’lumotlar bazasi va
ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlariga bagʻishlangan.
Ma’lumotlar bazasini tashkil qilish tafsifi keltirilgan. Microsoft
4
Access dasturida ma’lumotlar bazasini yaratish va asosiy
obyektlarini qayta ishlash misollar yordamida toʻliq bayon etilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning oltinchi
bobida kompyuter grafikasi
koʻrib chiqilgan. Kompyuter grafikasi turlari, Adobe Photoshop
dasturi va uning imkoniyatlari, CorelDRAW dasturining
imkoniyatlariga, shuningdek multimedia texnologiyalariga alohida
e’tibor berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning yettinchi bobi avtomatlashtirilgan
loyihalash
va
intellektual
tizimlarga
bagʻishlangan.
Avtomatlashtirilgan loyihalash
tizimlari shuningdek, MathCad
dasturi va uning imkoniyatlari haqida misollarda batafsil bayon
etilgan. Datlab dasturi haqida toliq ma’lumot berilgan. Intellektual
axborot tizimlari va ekspert tizimlarning vazifalariga e’tibor
berilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning sakkizinchi bobi kompyuter tarmoq
turlari va internet tarmogʻi shuningdek, axborot xavfsizligiga
bagʻishlangan. Kompyuter tarmoq turlari va ularning imkoniyatlari
bayon etilgan. Internet tarmogʻini tashkil etuvchilari va
xizmatlaridan foydalanishga e’tibor berilgan.
Axborot xavfsizligi
tushunchalari va vazifalari batafsil yoritilgan.
Oʻquv qoʻllanmaning toʻqqizinchi bobi masofaviy ta’lim va
zamonaviy
axborot
kommunikatsiya
texnologiyalariga
bagʻishlangan. Masofaviy ta’lim texnologiyalari haqida batafsil
bayon etilgan. Elektron hukumat tizimini joriy etilishini tartibga
soluvchi huquqiy hujjatlar va tashkil etuvchilariga alohida e’tibor
berilgan.
Dostları ilə paylaş: