Internet
tarmogʻi
vazifasi
va
undan
foydalanish
maqsadlari.
Internet tarmogʻining vazifasi internet tarmogʻi
abonentlariga veb-hujjatlarni oʻqish, elektron pochta, fayl uzatish
va qabul qilish, muloqotda boʻlish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va
ular bilan ishlash xizmatini koʻrsatish. Internet tarmogʻidan
axborotlarni qidirish, almashish, masofaviy ta’lim olish,
konferensiyalar oʻtkazish, veb-saytlarni tashkil etish, iptv, muloqot
oʻrnatish va shu kabi maqsadlarda foydalaniladi.
WWW tushunchasi.
WWW (World Wide Web) – butun jahon
oʻrgamchak toʻri deb nomlanuvchi tarmoq. WWW – bu Internetga
ulangan turli kompyuterlarda joylashgan oʻzaro bogʻlangan
hujjatlarga murojaat qilishni ta’minlab beruvchi tarqoq tizimidir.
Aynan mana shu xizmat Internetdan foydalanishni soddalashtirdi
va ommaviylashtirdi. WWW asosida toʻrtta poydevor mavjud:
1. Barcha hujjatlarning yagona formati (shakli);
2. Gipermatn;
3. Hujjatlarni koʻrish uchun maxsus dasturlar (brouzer);
4. Yagona manzilni koʻrsatish tizimi (domen);
Dostları ilə paylaş: