Oʻzbeкiston respubliкasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Kadirov axborot texnologiyalari


Internet provayderlari va ularning vazifalari



Yüklə 10,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/149
tarix23.07.2023
ölçüsü10,08 Mb.
#137234
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149
Axborot texnologiyalari

Internet provayderlari va ularning vazifalari.
Internet 
provayder – Internet tarmogʻi xizmatlarini taqdim etuvchi 
tashkilotdir. Internet xizmatlarini taqdim etuvchi provayderlar 
tomonidan www, elektron pochta, xosting (veb resurslarni 
joylashtirish) kabi Internet xizmatlari koʻrsatilmoqda. Internetga 
ulangan tarmoqlarni qurishda undagi kompyuterlarga beriladigan 
manzillar (IP manzil) provayder tomonidan taqdim etilgan 
oraliqdan tanlab olinadi. 
Provayder tomonidan berilgan manzillarga ega boʻlmagan 
kompyuterlar mahalliy tarmoqlar uchun zaxiralangan oraliqdagi 
manzillarga ega boʻlishi va mahalliy tarmoq kompyuterlar bilan 
ishlashi mumkin: 
192.168.0.1 – 192.168.255.255 
172.16.0.1 – 172.16.255.255 
10.0.0.1 – 10.255.255.255 
Hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi bir qancha Internet 
provayderlari xizmat koʻrsatmoqda, bular: Uztelecom, Uzonline, 
259


Evo, UzNet, Sarkor Telecom, Sharq Telecom, TPS, ARS Inform, 
Cron Telecom, Comnet va boshqalar. 
Internet tarmogʻi xizmatlari va ulardan foydalanish. 
Internet tarmogʻi abonentlariga amaliy protokollar tomonidan 
taqdim etiluvchi funksional imkoniyatlar quyidagilar: veb-
hujjatlarni oʻqish, elektron pochta, fayllarni uzatish va qabul qilish, 
muloqatda boʻlish, tarmoqda hujjatlarni saqlash va ular bilan 
ishlash. Foydalanuvchilar uchun quyidagi xizmatlar mavjud: 
tarmoqdan foydalanish, internet resurslarini yaratish, tashkiliy va 
axborot ta’minoti, tarmoqda reklamani joylashtirish. 
Katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va ularni masofadagi 
kompyuterlarga uzatish uchun xizmat qiluvchi internetning FTP 
(fayllarni uzatish protokoli) xizmatidan foydalanish mumkin. 
Bunda FTP serverda yangi papka yaratish, unga ma’lumotlarni 
joylashtirish va ularni qayta koʻchirib olish mumkin. WWW 
xizmatida masofadan suxbatlashish imkoniyatini yaratuvchi chat 
dasturlari, uzoq masofadagi doʻstlar bilan suxbatlashishda 
telefon aloqasi oʻrnini bosmoqda. Buning uchun internetga 
bogʻlangan kompyuterda tovush karnaylari, hamda mikrofonlar 
boʻlishi kifoya. 

Yüklə 10,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   149




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin