III BOB. AXBOROT JARAYONLARINING DASTURIY
TA’MINOTI. OPERATSION TIZIMLAR
Tayanch soʻzlar:
operatsion tizim, foydalanuvchi, resurs,
interfeys, fayl, papka, fayl tizimi, operatsion tizim qobigʻi,
moslanuvchanlik, xavfsizlik
3.1. Operatsion timzimlar haqida ma’lumot
Tizimning dasturiy ta’minoti BIOS, operatsion tizim va
utilitalarni oʻz ichiga oladi. Utilitalar tizimga xizmat koʻrsatish va
himoya masalalarini amalga oshiradi, masalan xatolarni toʻgʻrilash
va fayllarni rezervlash.
BIOS kompyuterning ona platisiga joylashtirilgan dasturiy
ta’minot hisoblanadi. BIOS kompyuter ishga tushishi bilan barcha
apparat vositalarni toʻgʻri ishlayotganini tekshiradi, ya’ni markaziy
protsessorni, tezkor xotirani va ona platani. Barcha apparat
qurilmalar testdan oʻtgandan soʻng BIOS operatsion tizimini
yuklaydi.
BIOS kompyuterning boshlangʻich
amalarini bajaradi, lekin
asosiy amallarni ya’ni, foydalanuvchi buyrugʻlarini amalga
oshirish va tizimni boshqarishni operatsion tizim bajaradi
15
.
Operatsion tizim bu – kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida
muloqot oʻrnatib beruvchi dasturiy ta’minotdir. Operatsion tizim
(OT) kompyuterni va uning resurslarini
boshqaradi va boshqa
dasturlarni ishga tushiradi. Кompyuter resurslari ikki xil: fizik va
dasturiy resurslarga boʻlinadi. Fizik resurslar bu:
– protsessor;
– tezkor xotira;
– doimiy xotira;
–
vinchester;
– monitor;
– tashqi qurilmalar;
– va shu kabilar kiradi.
15
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 109-110.
41
Dasturiy resurslar bu:
–
kiritish va chiqarishni boshqaruvchi dasturlar;
– kompyuter ishlashini ta’minlaydigan boshqaruvchi dasturlar;
– berilganlarni tahlil qiluvchi dasturlar;
– drayverlar;
– virtual ichki va tashqi xotirani tashkil qiluvchi va
boshqaruvchi dasturlar;
– va shu kabilardir.
Hozirgi kunda har xil turdagi
operatsion tizimlar mavjud, ular
superkomyuterlardan
to
minikompyuterlargacha
oʻrnatilgan.
Microsoft Windows, UNIX va Linux operatsion tizimlari Intel
platformasida ishlaydi. Undan tashqari Apple mahsulotlari iPad va
iPhone Makintosh platformasini qoʻllab quvvatlaydi. Apple iOS
operatsion tizimida ishlaydi.
Operatsion tizim kompyuter bilan foydalanuvchi oʻrtasida
qulay interfeys yordamida muloqot qilish imkoniyatini beradi.
Operatsion tizim obyektga moʻljallangan grafik interfeysli yoki
matnga moʻljallangan komandali interfeys koʻrinishida boʻladi
16
.
Obyektga moʻljallangan grafik interfeysi – foydalanuvchi
interfeysi boʻlib, grafik obyektlarni qurilmalar bilan boshqarish
imkoniyatini yaratadi. Matnga moʻljallangan
komandali interfeysda
– foydalanuvchilar barcha buyruqlarni klaviatura orqali matn
yordamida kiritiladi.
Operatsion tizimini quyidagi sinflarga boʻlish mumkin:
Bir vaqtni oʻzida ishlayotgan foydanlanuvchilar soniga
qarab: bir foydalanuvchi, koʻp foydalanuvchi.
Protsessorlar soniga, bir vaqtda sistema boshqarishi ostida
masalalarni bajarishiga: bir masalali, koʻp masalali.
Protsessorlarni soniga qarab:
bir protsessorli, koʻp
protsessorli.
Operatsion tiziminig kodining razryadiga qarab: 32-
razryadli, 64- razryadli.
16
Faithe Wempen. Computing Fundamentals IC3 EDITION. John Wiley & Sons
Ltd, United Kingdom. 2014. p 111-112.
42
Interfeysni turiga qarab: komandali (matnli) va obyektga
moʻljallangan grafikli.
Resurslarni turini ishlatilishiga qarab: tarmoqli, lokal.
Dostları ilə paylaş: