IV BOB. ELEKTRON HUJJATLARGA ISHLOV BERISH
TEXNOLOGIYALARI
Tayanch soʻzlar:
Elektron hujjat, nashiriyot tizimlari, word
dasturi, excel dasturi, power point dasturi, jadval, slayd, taqdimot,
yacheyka, formula, uskunalar paneli, diagramma
4.1. Publisher 2013 tizimi bilan ishlash
Publisher keng imkoniyatli qulay nashriyot tizimidir. Publisher
2013 dasturining ishlashi uchun Microsoft office dasturlar amaliy
paketining toʻliq lahjasi boʻlishi talab qilinadi.
Kompyuterli
nashriyot
tizimlari
foydalanuvchiga
keng
imkoniyatlar va sifatli poligrafiya mahsulotni taqdim etadi.
Publisher 2013 nashrlar bilan ishlash, bosmaga chiqarish,
materiallarini maketlash va nashr etish uchun moʻljallangan.
Publisher 2013 dasturida har xil turdagi shablonlari mavjud
boʻlganligi sababli, yuqori darajali hujjatlarni yaratishi imkonini
beradi. Bundan tashqari koʻpgina Publisher 2013 shablonlarini
Microsoft Office Online saytlarida topish mumkin
29
.
Publisher 2013 dasturi katalog va fayllar bilan ishlaydi. Fayl
nomi.pub kengaytmasi bilan yoziladi. Misol uchun: Sample1.pub.
Кerakli katalog nomini tanlab sichqoncha knopkasini ikki marta
bosiladi.
Nashriyot
tizimlarining
asosiy
vazifasi
nashrni
tayyorlashda tez takrorlanuvchi operatsiyalarni iloji boricha
koʻproq avtomatlashtirishdir. Uning afzalligi esa, bu nashr sahifasi
va uning umumiy koʻrinishini tayyorlashdagi qulaylik va
oʻzgartirishlar kiritishning osonligi, hamda vaqt tejalishidir.
Dostları ilə paylaş: