O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1. Dezadaptatsiya tushunchasi haqida ma`lumot bering.
2.O`g`rilikning psixologik sabab va oqibatlari qanday yuzaga keladi?
3. Mobbing nima? 
4.O`smirlik davridagi mobbing haqida ma`lumot bering..
5.O’smirlik davridagi ijtimoiy dezadaptasiya qanday yuzaga keladi? 
6.Vandalizm nima va uning sabab oqibatlari haqida ma`lumot bering? 
7. Ekstrimizm va terrorizm haqida ma`lumot bering? 
8. Xakking va xakerlik haqida ma`lumot bering. 
9. Ksenofobiya nima va uning bola shaxsiga tasiri haqida ma`lumot bering. 
 
5-MAVZU: AGRESSIV XULQ 
Reja: 
1.Tajovuz va tajjovuzkor axloqning mazmun-mohiyati.
2.Tajovuzkor axloq diagnostikasi. 
3. Tajovuzkor axloq korrektsiyasi. 
Tayanch tushunchalar: 
Tajovuz, agressiya, tajovuzkor axloq, diagnostika, 
korrektsiyasi.
1.Tajovuz va tajjovuzkor axloqning mazmun-mohiyati. 
Axloqiy 
deviatsiyaning tasnifi bilan tanishib, biz uning ko`rinishlari ko`p obrazli ekaniga 
aniq ishona oldik. Printsipial tarzda muhimi shuki, og`ishgan xulqning turli shakllari 
deviatsiya guruhiga mansublari mezonlari hisoblanuvchi umumiy xislatga ega.
Shunday ahamiyatli belgilardan biri deb destruktivlik – parchalanish deb aytildi.
haqiqatan, umuman olganda deviant axloq nimaningdir parchalanishiga (sog’lik, 
shaxs munosabatlari, jamoatchilik tartibi) va xatto hayotning o`zini tugashiga olib 
keladi.


95 
Ma'lumki, destruktivlik, o`z navbatida, tajovuz kabi asosli insoniy tavsifnoma 
bilan zich bog’liq. Garchi, bizning nazarimizda tajovuzkor axloq og`ishgan xulqning 
alohida turi hisoblanmasa-da, boshqalar yoki o`ziga yo`naltirilgan tajovuz axloqiy 
deviatsiyaning turli shakllarida bevosita ishtirokni qabul qiladi va maxsus ko`rib 
chiqishga munosib.
Butun insoniyat tarixi ishonchli tarzda isbotlaydiki, tajovuz shaxs va jamiyat 
hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, tajovuz ulkan tortishish 
kuchi va yuqumlilik xislatiga ega – ko`pchilik odamlar so`zida tajovuzni inkor 
etadilar, ammo o`zlarining kundalik hayotlarida esa uni keng namoyish qiladilar.
Lotin tilidan tarjima qilganda “tajovuz” “tashlanish” degan ma'noni anglatadi. 
hozirgi vaqtda “tajovuz” atamasi o`ta keng qo`llaniladi. Ushbu fenomen ham salbiy 
hissiyotlar (masalan, g’azab), ham salbiy sabablar (masalan, zarar keltirishga 
urinish), shuningdek, salbiy ko`rsatmalar (masalan, irqiy noto`g’ri fikr) va barbod 
etuvchi harakatlar bilan bog’lanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin