4
Odamning tashqi faolligi ostida har qanday tashqi ko’rinish: harakat, faoliyat,
muomala, mulohaza, vegetativ reaksiyalar tushuniladi. Quyidagilar axloqning ichki
tarkibi bo’lib hisoblanadi: motivatsiya va maqsad qo’yish, kognitiv ishlov berish,
hissiy reaksiyalar, o’z-o’zini boshqarish jarayonlari. Kelgusi muhokamalarda axloq
tushunchasi ostida biz shaxsning individual xususiyatlari va shaxsning tashqi
harakat hamda muomalasi shaklida ifodalanuvchi ichki faolligi bilan bog`liq
muhitdan kelib chiqqan o’zaro harakati jarayoqatni tushunamiz. Ta’rifga ega
bo’lgach, o’rganilayotgan reallikning asosiy belgilarini ajratishga urinamiz. Inson
axloqining bir muncha muhim xususiyatlaridan biri - bu uning o’z mohiyatiga ko’ra
ijtimoiylashishi va u jamiyatda shakllanadi va amalga oshadi.
Inson axloqining boshqa muhim xususiyati - bu uning nutqiy boshqaruv va
maqsad qo’yishi bilan mustahkam aloqasi hisoblanadi. Yaxlit olganda insonning
axloqi uning ijtimoiylashuvi jarayonini - jamiyatga integratsiyasini aks ettiradi.
Ijtimoiylashuv, o’z navbatida, individual xususiyatlarni hisobga olgan holda ijtimoiy
muhitga moslashishni ko’zda tutadi.
Moslashuv - individuallashuv jarayonlarining nisbati bo’yicha,
shuningdek,
jamiyatda shaxs mavqei yuzasidan ijtimoiy moslashuvning quyidagi variantlarini
ajratish mumkin:
radikal moslashuv shaxsning mavjud ijtimoiy hayotda o’zgarishi orqali o’z-
o’zini ro’yobga chiqarishi;
gipermoslashuv - shaxsning o’z oliy yutuqlari vositasida ijtimoiy hayotga
ta’siri orqali o’z-o’zini ro’yobga chiqarishi;
uyg’unlashgan moslashuv - shaxsning jamiyatda ijtimoiy talablarga yo’nalishi
vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarshi;
konformistik moslashuv
- individuallikni bostirish, o’z-o’zini ro’yobga
chiqarishni birlashishi hisobiga;
deviant moslashuv - mavjud bo’lgan ijtimoiy talab (me`yor) lardan chetga
chiqish vositasida o’z-o’zini ro’yobga chiqarish;
ijtimoiy-psixologik moslashmaganlik - o’z-o’zini ro’yobga chiqarish va
moslashish jarayonlarini to’sish holati.
5
Muayyan inson axloqida ijtimoiylashuvning istalgan
variantida axloqning
umumiy tavsifnomasidan foydalanib, quyidagilarni ifodalash mumkin:
asoslanganlik - shaxsning ehtiyojlari va maqsadlariga yo’naltirilgan
harakatlanishga ichki tayyorlik;
o’xshashlik - aniq vaziyat bilan kelishish;
moslashish - ijtimoiy muhitning yetakchi talablariga muvofiqlik;
haqqoniylik - individuallik axloqining mosligi, uning ushbu shaxs uchun
tabiiy ekanligi;
mahsuldorlik - ongli maqsadlarni amalga oshirish.
Shaxs xulqining
shunday belgalari borki, ular anchagina xususiy, biroq kam
bo’lmagan ahamiyatga egadir:
-
faollik darajasi (energiyalilik va tashabbuskorlik);
-hissiy ifodalanganlik (namoyon etilayotgan affektlarning kuchi va xarakteri);
-
jo’shqinlik;
-turg’unlik (turli vaqt va turlicha vaziyatlarda ko’rinishlarning doimiyligi);
-
onglilik (o’z axloqini tushunish uni so’z bilan tushuntira olish qobiliyati);
-
ixtiyoriylik (o’z-o’zini nazorat);
-
egiluvchanlik (muxitaing o’zgarishiga javoban axloqni o’zgartirish).
Dostları ilə paylaş: