14
Moslashmaganlikning individual ko’ripishlari sifatida quyidagilarni ko’rib
chiqish mumkin:
- ijtimoiy talablarga munosabati yuzasidan salbiy ichki tartib (ular bilan
kelishmaslik, tushunmaslik, norozilik, qarshi harakat);
- o’zining mas’uliyatidan qochishga intilishida atrofdagilarga qat’iy e’tiroz bildirish,
egosentrizm;
- surunkali xissiy noqulaylik;
- o’z-o’zini boshqarishning besamaraligi;
- janjalkashlik va kommunikativ ko’nikmalarning zaifligi;
- reallikni kognitiv buzib ko’rsatish.
Odam turlicha tuyg’ularni - yengil xavotir va o’ziga ishonchsizlikdan tortib,
chidab bo’lmas darajadagi nochorlik, qo’rquv, umidsizlik jazavalarigacha boshidan
kechirishi mumkin. Bunda shaxsning real ijtimoiy maqomi va uning individual ongi
o’rtasida bo’linishi yuzaga kelishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: