Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar.
1.
“Xulqi og`ishgan bolalar psixologiyasi” fanining maqsadi ayting?
2.
“Xulqi og‘ishgan bolalar psixologiyasi” o‘quv fanining vazifalarini ayting?
3.
“Og`ishgan xulq” tushunchasini izohlab bering?
4.
Qanday axloqni me`yoriy deb hisoblash mumkin?
5.
"Ijtimoiy me`yor" tushunchasini taxlil qiling?
6.
Dеviаnt vа kriminаl хulqni izohlab bering.
2-MAVZU: SHAXS OG`ISHGAN XULQINING PSIXOLOGIK
MEXANIZMLARI.
Reja:
1.Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv.
2.Og`ishgan xulqning psixodinamik jihatlari.
3.Og`ishgan xulq tarbiya natijasi sifatida.
Tayanch tushunchalar:
biologik omillar, irsiy belgilar, ishtimoiy birlik,
ekzistensional-gumanistik yondashuvlar, psixodinamik aspektlari.
1. Og`ishgan xulqqa ekzistensial- gumanistik yondashuv.
Gumanitar fanlar
statistik bilan bir qatorda shaxs axloqining me`yoriyligi nome`yoriyligini
baholashning maxsus mezonlaridan ham foydalaniladi ammo ularni quyidagicha
taxlil qilamiz: psixopatologik, ijtimoiy-me`yoriy va individual-psixologik.
1.Psixopatologik mezon
lardan tibbiyotda foydalaniladi. Uni shaxsning
og’ishgan xulqi va boshqa sohalarda qo’llashga qiziqtiradigan narsa mavjud.
Ehtimol, bu deviant xulq tadqiqotlarining an’anaviy ravishda klinik sharoitlarda olib
borilishi bilan bog’liqdir, medikamentoz terapiya esa bunday holatlarda keng
tarqalgan edi. Psixopatologik mezon nuqtai nazaridan barcha axloqiy ko’rinishlarni
ikkiga: "sog’lik — kasallik" ma’nosida me`yoriy va patologiyaga ajratish mumkin.
12
Butun jahon sog’liqni saqlash tashkilotining nizomida sog`lik "kasallik va jismoniy
nuqsonlarning yo’qligi sifatidagina emas, balki to’liq jismoniy, ma’naviy va ijtimoiy
farovonlik holati" sifatida ta’riflanadi.
Kasallik - "organizmning tuzilmasi va funksiyasidagi zararlar uning
to’ldiruvchi-moslashuvchi mexanizmlarida sifatli-o’ziga xos shaklida reaktiv
mobillashuv davrida ichki va tashqi omillar ta’siri ostida o’z oqimida buzilgan
hayot; kasallik ko’pincha bemor hayotiy faoliyatida ozodlikning cheklanishi va
muhitga moslashuvning umuman yoki qisman susayishi bilan xarakterlanadi".
Bunda patologiya - tibbiy me`yorlar mazmunida "me`yordan har qanday og’ishdir".
Yoki boshqacha aytganda "bu aniq nozologik birliklarning umumiy nomi", ya’ni
kasallik va uning belgilari tasnifida sanab o’tishgan holatlardan biriga mos tushadi.
Kasalliklar tasnifida og’ishgan xulq alohida fiziologik birlik sifatida
ajratalmagan, shubhasiz, u na patologiyaning shakli, na qat’iy belgilangan tibbiy
tushuncha hisoblanadi. Ayni damda og’ishgan xulq me`yor va xarakter
aksentuatsiyasi, vaziyatli reaktsiya, rivojlanishning buzilishi, kasallik oldi kabi
patologiya o’rtasida yotuvchi ko’rinishlar qatorida keng ko’rib chiqiladi. Sanab
o’tilgan shakllar muammoning xarakteri bilan uyg’unlashgan murakkabliklar va
tashxisiy belgilarning noaniqligi bilan xarakterlanadi. Masalan, "xarakter
aksentuatsiyasi - bu uning me`yorida boshqalarga nisbatan yaxshi va hatto ko’tarinki
mustahkamlikda psixogen ta’sirlarning muayyan turiga munosabatda tanlangan
zaiflik ma’lum bo’ladigan alohida chiziqlari o’ta kuchaytirilgan oxirgi variant.
Ma’lumki, qator holatlarda aksentuatsiya qonunga qarshi harakat, suisidal axloq,
giyohvand moddalarni iste’mol qilish kabi og’ishgan xulq bilan uyg’unlashadi. Ayni
damda aksentuatsiyalangan xarakterli ko’pchilik odamlarning axloqi og’ishgan
hisoblanmaydi.
K.Leongardning fikriga ko’ra rivojlangan davlatlarda aholining 50 % foiziga
aksentuatsiya xosdir. Bunda ularning ko’pchilik qismi me`yoriy axloqni namoyish
qiladi va hatto jamiyat oldida alohida xizmatlarga ega. Shunga o’xshash psixik
patologiya (psixopatiya, nevrozlar, psixozlar va h.k.) sohasidagi istalgan izdan
chiqish har doim ham og’ishgan xulq bilan bog’liq emas. Ba’zi holatlarda psixik
13
kasalliklar patogen moslashmaslikni keltirib chiqargan holatda axloqiy buzilishlar
bilan birga borishi mumkin. Psixik parokandalikning boshqa holatlarida axloqiy
og’ish bo’lmaydi.
Dostları ilə paylaş: |