O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187
 
Bixeviorizmning
 
asoschisi D.J.Uotson (1878-1938) psixologiya fanining 
bosh vazifasi xulqni tadqiq etishdan iborat deb tushunadi. U psixik hodisalardan 
mutlaqo voz kechib, xulqni ikki shaklga, ya’ni ichki va tashqiga ajratadi, ular 
o‘zaro javoblar stimuli bilan uzviy bog‘liq ekanligini ta’kidlab o‘tadi. 
Bixeviorizm uchun "xulq" asosiy tushunchaga aylanib, uning psixikasi bilan 
aloqasi chetlab o‘tilgandir. Shunga qaramasdan, ba’zi bixevioristlar, jumladan 
E.Torndayk, E.Tolmen, K.Xall, D.Xebb kabilar xulq motivasiyasiga muayyan 
darajada e’tibor qilganlar. 
Ular o‘zlarining izlanishlarida xulq motivasiyasining "quyi darajalari"ni 


28 
o‘rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik 
va ularning turli sharoitda motivatsiyaning kuchi to‘g‘risida muayyan 
qonuniyatlarni ochishga intilganlar. Hozirgi zamon bixevioristlari stimul`ni 
tashqi qo‘zg‘atuvchi sifatida talqin qiladilar va organizmning ichki energiyasini 
faollashtiruvchi deb hisoblaydilar. Neobixevioristik nazariyalar yangi 
qo‘zg‘atuvchilar paydo bo‘lishiga asoslangan bo‘lib, ular insonning organik 
eshtiyojlarini qoniqtirish bilan stimul` natijasining uyg‘unlashuvi tariqasida 
tahlil etiladi. Ularning ta’kidlashiga ko‘ra, ikkilamchi qo‘zg‘ovchilar organik 
qo‘zg‘atuvchilarning go‘yoki qobig‘iga o‘xshaydi, xolos.
Vil`yam Makdugall (1871-1938) motivatsiyaning irsiy (tabiatdan 
beriladigan) xususiyatga ega degan holatni asoslash uchun tug‘ma instinktlar 
masalalari bilan mazkur voqelikni bog‘lab tushuntirishga harakat qilgan. Uning 
fikricha, tug‘ma instinktlar ham insonlarga, ham hayvonlarga bir tekis taalluqli 
bo‘lib, ular odamlarning motivida oldin 14 ta, keyinchalik esa 18 tagacha 
"asosiy instinktlar" sifatida hukm surishi mumkin. Umuman olib qaraganda
bixevioristlar uchun bir qator holatlar o‘ziga xoslikka ega.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin