O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187
Antiijtimoiy (delinkvent) axloq
– bu qonun me`yorlariga qarshi chiquvchi, 
ijtimoiy tartib va atrofdagi odamlar farovonligiga xavf soluvchi axloq. U 
qonunchilik bilan taqiqlangan istalgan harakat yoki harakatsizlikni o`z ichiga oladi. 
Katta odamlar (18 yoshdan kattalar)da delinkvent axloq, ayniqsa, o`z ortidan jinoiy 
yoki fuqarolik javobgarligi va tegishli jazoni boshlab keluvchi qonunbuzarlik 
shaklida namoyon bo`ladi. O`smirlarda (13 yoshdan boshlab) delinkvent axloqning 
quyidagi turlari ustunlik qiladi: bezorilik, mayda o`g’rilik, o`g’rilik, vandalizm
jismoniy zo`ravonlik, giyohvand moddalarni sotish. Bola yoshida (5 yoshdan 12 
yoshgacha) o`zidan kichik yoshdagi bolalar va tengdoshlariga nisbatan zo`ravonlik, 
hayvonlarga shafqatsiz munosabat, o`g’rilik, mayda bezorilik, mulkni buzish, 
yondirish kabi shakllari bir muncha keng tarqalgan.
Asotsial axloq
– bu shaxslararo munosabatlarning tinchligiga bevosita xavf 
soluvchi, axloqiy-ma'naviy me`yorlarni bajarishdan qochuvchi axloq. U tajovuzkor 
axloq, jinsiy deviatsiya (tartibsiz jinsiy aloqalar, foxishabozlik, yomon yo`lga kirish, 
vuayerizm, eksgibitsionlik va boshqalar), pulga azart o`yinlarga tortilish, daydilik, 
boqimandalik sifatida namoyon bo`ladi. O`smir yoshida uydan chiqib ketish
daydilik qilish, maktabga bormaslik yoki ta'lim olishdan bosh tortish, tajovuzkor 
axloq, promiskuitet (tartibsiz jinsiy aloqa), graffiti (devorga uyatsiz xarakterdagi 
rasmlar chizish va yozuvlar yozish), submadaniy deviatsiyalar (sleng, shramlash, 
tatuirovkalar) bir muncha tarqalgan. 
Bolalarda esa uydan qochib ketish, daydilik, maktabga bormaslik, tajovuzkor 
axloq, g’iybat qilish, yolg’onchilik, o`g’rilik, ta'magirlik (tilanchilik) kabi 
ko`rinishlarda uchraydi. Asotsial axloqning chegaralari, ayniqsa, o`zgaruvchan, 
chunki u boshqa axloqiy deviatsiyalardan ko`ra madaniyat va vaqtning ta'siri 
ostidadir.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin