29
3.Axloqiy buzilishlarni tabiiy tasnifi.
4.Axloqiy fenomenlarni qiyosiy tavsifnomasi.
Tayanch tushunchalar:
psixologik xulq,
tabiiy tasnifi, axloqiy og`ishish,
og`ishgan xulq, axloqiy buzilish,
axloqiy fenomen
1. Axloqiy og`ishishlarni tasniflash muammosi.
Psixologik
yondoshuv
shaxsning og`ishgan xulqidagi alohida ko`rinishlarni ijtimoiy-psixologik tafovutini
ajratishga asoslangan. Psixologik tasniflar quyidagi mezonlar asosida quriladi:
buzilgan me`yor turi;
axloq va uning motivatsiyada
psixologik maqsad;
ushbu axloq oqibati va
u keltirgan zarar;
axloqning shaxsiy-uslubiy tavsifnomasi.
Psixologik yondoshuv doirasida og`ishgan xulqning
turli tipologiyasidan
foydalaniladi.
Ko`pchilik
mualliflar,
masalan,
Yu.A.Kleyberg
axloqiy
deviatsiyaning uchta asosiy guruhini ajratadi: salbiy (masalan, giyohvand moddalar
iste'mol qilish), ijobiy (masalan, ijtimoiy ijodkorlik) va ijtimoiy-xolis (masalan,
tilanchilik).
Shaxs og`ishgan xulqining ko`rinishlarini tizimlashtirishning
bir muncha
to`liq va qiziqarli variantlaridan biri bizning nazarimizda S.P. Korolenko va T. A.
Donskixga tegishli. Mualliflar barcha axloqiy deviatsiyani
ikkita katta guruhga
bo`ladilar: nostandart va destruktiv axloq.
Dostları ilə paylaş: