O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishi
 
tamoyillarini D.Uotson, B.Skinner o‘z 
ishlarida asoslab berishgan. Bu yo‘nalish namoyondalari mijoz muammolarini 
atrof-muhit ta’siriga javoban yuzaga keladigan noadaptiv xulq-atvor shaklida 
ko‘rib chiqadilar. Demak, noadaptiv xulq-atvorni maqsadga yo‘nalgan ta’sir 
asosida ijobiy tomonga o‘zgartirish mumkin, degan fikrni ilgari surishadi. 
Kognitiv xulq-atvorning asosiy tomonlari: 
1.
Talim-tarbiya jarayonidagi muammolar xulq-atvordagi muammolarni 
keltirib chiqaradi. 


27 
2.
Xulq-atvor reaksiyalari organizmni tashqi muhit ta’siriga javobidir. 
3.
Xulq-atvorni modellashtirish psixoterapevtik jarayon bo‘lib, unda 
kognitiv jihat hal qiluvchi hisoblanadi. 
Shunday qilib, xulq-atvor ta’sir ko‘rsatish ob’ekti bo‘lib namoyon bo‘ladi, 
ya’ni salbiy xulq-atvor noto‘g‘ri o‘zlashtirilgan xulq-atvor ko‘nikmalarining 
mahsulidir. Mutaxasis psixologik yordam berish jarayonida u muammoli deb 
hisoblagan vaziyatdagi shaxsning xulq-atvori haqidagi ma’lumotlarga 
asoslanadi, chunki xulq-atvor kuzatuv natijasida ham o‘zgarishi mumkin, deb 
hisoblanadi.
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida quyidagi metodlar qo‘llanadi: 
1.O‘z-o‘zini nazorat qilish (chuqur relaksatsiyaga o‘rgatish, qo‘rquv 
bosqichlarini aniqlash, relaksatsiya mashqlari yordamida xavotirlik va qo‘rquv 
orasidagi bog‘liqliklarni aniqlash, xulq-atvorni modellashtirish va istalgan xatti-
harakatlarni qo‘llab-quvvatlash); 
2.O‘z-o‘zini kuzatish (kundalik tutish); 
3.Shartnomalar tuzish (mijoz-mutaxasis, mijoz-yaqinlari, mijoz o‘z- o‘zi 
bilan); 
4.Uyga vazifalar (uyda bajarish uchun berilgan topshiriqlar). Psixologik 
yordamni samaradorligi mijoz nuqtai nazarini faollashtirishga asoslanadi. 
Kognitiv xulq-atvor yo‘nalishida faoliyat ko‘rsatayotgan psixologning asosiy 
vazifasi diagnostik o‘qituv hisoblanadi.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin