predmeti hisoblanadi. Shuni
ta’kidlash zarurki, "og’ishgan xulq" atamasini 5 yoshdan kichik bo’lmagan
bolalarga nisbatan qo’llash mumkin emas. Asosan"og’ishgan xulq" atamasi qat’iy
ma’noda esa 9 yoshdan keyin qo’llanishi mumkin. 5 yoshdan oldin bolaning ongida
ijtimoiy me`yorlar haqidagi zaruriy tasavvurlar bo’lmaydi, o’z-o’zini nazorat qilish
esa kattalar yordamida amalga oshiriladi. Faqat 9-10 yoshidagina bolada ijtimoiy
me`yorlarga mustaqil rioya qilish qobiliyatining mavjudligi haqida gapirish
mumkin. Agar 5 yoshdan kichik bo’lgan bolalarda axloqi yosh me`yoridan
ahamiyatli tarzda og’ishsa, bunda uni yetilmaganlikning, asabiy reaksiya yoki psixik
rivojlanish buzilishining bir ko’rinishi sifatida ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
Barcha yuqorida aytilganlardan kelib chiqib,
og’ishgan (deviant) xulqqa quyidagicha ta’rif berish mumkin - bu shaxsning bir muncha muhim ijtimoiy
me`yorlardan og’uvchi, jamiyat yoki uning o’ziga real zarar yetkazuvchi,
shuningdek, uning ijtimoiy moslashmaganligi bilan birga boruvchi turg’un axloqi.
Ushbu ta’rif deskriptiv (tasviriy) xarakterga ega va dastavval og’ishgan xulqi
mavjud bo’lgan odamlar bilan amaliy ishlashga mo’ljallangan. Bu ta’rif aniq
holatlarda og’ishgan xulqni tashxis qilish, professional ta’sirni loyihalash, shaxs
axloqining dinamikasini va u bilan ishlash samaradorligini baholash kabi
professional maqsadlarni amalga oshirishda yordam berishi mumkin. Bundan
tashqari, u boshqa axloqiy fenomenlarda deviant axloqni differensiyalash imkonini
beradi.
Deviant axloqni ko’rib chiqayotib, biz yaqqol salbiy assotsiatsiyani
uyg’otuvchi so’zni qo’llashga majburmiz: deviant, addikt, noijtimoiy va ijtimoiy
xulqqa qarshi, tarbiyasi og’ir va boshqalar. Shu bilan birgalikda, aniq shaxs bilan
ishlashda biz ongli ravishda kamsituvchi ohangli atamalardan foydalanishdan,
shuningdek, tamg’a bosishdan tiyilmog’imiz kerak. Shuni esda tutish lozimki,
birinchidan, axloqiy muammolar o’ta keng tarqalgan. Ikkinchidan, og’ishgan xulq
chegaralarini aniqlash ko’pincha murakkab.