10
J.Xodfruaning haqqoniy e’tirofi bo’yicha "Qanday axloqni me`yoriy deb
hisoblash mumkin?" degan savol inson axloqini, shu jumladan,
oshgan xulqni
tushuntirish
uchun
markaziy
hisoblanadi.
"Normal",
"anomal"
axloq
tushunchasining ma’nosiga qat’iy ta’rif berish murakkab, ular orasidagi chegara esa
o’ta noaniq. Shunga qaramay, ilmda va kundalik hayotda ushbu tushunchalardan
birgalikda foydalaniladi. Bunda
normal axloq atamasi ostida, qoidadagidek,
xafagarchshik bilan bog`liq bo’lmagan, shu bilan birgalikda, ko’pchilik
odamlar
uchun xarakterli bo’lgan me`yoriy-ma’qullangan axloq tushuniladi. Shunga
o’xshash, me`yoriy axloqni quyidagicha bo’lish mumkin: me`yoriy-
ma’qullanmagan, patologik.
"Me`yoriy" deb qatiy mazmunda ushbu fanda ayni vaqtda qabul qilingan
me`yor-etalonga muvofiq keluvchi barcha narsa hisoblanadi. Me`yorlarni
olish
usullarini ko’pincha mezon deb ataydilar. Eng ko’p tarqalgan va umumiy
hisoblangan mezonlardan biri - populyatsiyada uchraydigan tez-tez takroralanishini
hisoblash yordamida istalgan ko’rinish uchun me`yorni aniqlashga imkon beruvchi
statistik mezon (usul) hisoblanadi. Matematik statistaka
nuqtai nazaridan tez-tez,
ya’ni 50% foizdan kam bo’lmagan holatlarda uchraydigan hamma narsa
me`yoriydir. Me`yoriy taqsimot qonuniga muvofiq ravishda 2-3% foiz odamlar
"me`yoriy"dan ikki tomon bo’yicha ko’pchilik muayyan bir sifat bo’yicha (intellekt,
muloqotchanlik, hissiy turg’unlik)
axloqning yaqqol buzilishiga, har ikki tomondan
20 % foizi esa nisbatan katta bo’lmagan og’ishlarga ega.
Shubhasiz, axloqning aniq shakli (masalan, chekish) me`yoriy qabul qilinishi
mumkin, qachonki u ko’pchilik odamlarda uchrasa. Haqiqatan, O`zbekistonda
chekishni xulq og’ishishiga tegishli deyish o’rinsiz bo’lardi, sababi katta yoshli aholi
o’rtasida chekuvchilar chekmaydiganlarga nisbatan ehtimol ko’proqdir.
Statistik mezon ifodalanish va hayot uchun xatar darajasi bo’yicha
axloqning
sifat-miqdoriy bahosi bilan uyg’unlashadi. Masalan, spirtli ichimliklarni iste’mol
qilish aqlli chegaralarda (katta bo’lmagan doza va tezlikka) me`yoriy ko’rinish deb
tan olinadi, biroq uni suiiste’mol qilish og’ishganlikni anglatadi. Boshqa tomondan
odamning o’zi yoki atrofdagilar hayoti uchun to’g’ridan-to’g’ri xavf tug’diruvchi
11
axloq, uning tezligi, ba’zan esa ifodalanganlik darajasidan qat`iy nazar og’ishish
sifatida baholanadi, masalan, suitsid yoki jinoyat.
Dostları ilə paylaş: