7
Shaxs og`ishgan xulqini profilaktikasi bo’yicha
olib boriladigan ishlarni
tashkillashtirishni o’rganishdan iborat.
Deviantlik, og’ishgan xulq psixologlar,
shifokorlar, pedagoglar,
huquqni
ximoyalovchi organlar xodimlari, sotsiologlar, faylasuflarda jonli qiziqish uyg’otib
kelgan. Og’ishgan xulq mavzusi sohalararo va munozarali xarakterga ega.
Atamaning "ijtimoiy me`yor" tushunchasi bilan bog’liqligi muammoni ko’p
marotaba murakkablashtiradi, chunki me`yorning chegaralari o’ta shartli,
insonda
esa barcha ko’rsatkichlar bo’yicha absolyut me`yorning o’zi mavjud emas.
Yondoshuvlarning turli-tumanligi shaxs xulqini og’ishganligini tashxis qilish,
uni profilaktikasi hamda ijtimoiy-psixologik yordam ko’rsatish davomida bartaraf
etish kabi amaliy vazifalarni yechishda ham ko’zga tashlanadi.
Birinchidan, "og`ishgan xulq" tushunchasining ko’p ma’noliligi va bu bilan
bog’liq bo’lgan terminologik chalkashliklar.
Ikkinchidan, har birimizning ichki dunyomizga xos bo’lgan shaxsiy ozodlik
ehtiyoji va jamiyatning cheklashlari orasidagi qarama-qarshilikdir.
Dostları ilə paylaş: