O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. Atadjanov, D. A. Sаliеvа xulqi og’ishgan bolalar psixologiyasi


Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi



Yüklə 4,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/187
tarix05.09.2023
ölçüsü4,54 Mb.
#141595
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187
4.Axloqiy fenomenlarning qiyosiy tavsifnomasi. 
Axloqiy deviatsiya 
tasniflarini taqqoslab, biz turli axloqiy fenomenlarning farqli xususiyatlarini 
anchagina aniq ifodalash mumkin. 
Ijtimoiy axloqning asosiy variantlari: 
1. Me`yoriy («standart») axloq ko`pchilik odamlar uchun xarakterli bo`lgan 
ijtimoiy me`yorlarga mos tushadi, atrofdagilarning ma'qullashini uyg’otadi va 
me`yoriy moslashuvga olib keladi. Umuman olganda, u garchi individuallikdan 
mahrum bo`lsa-da, vaziyatga teng, mahsuldor.
2.Marginal (cheklangan) axloq – ijtimoiy me`yorlarning eng oxirgi 
chegarasida turadi, me`yor chegaralarini yuvadi va kengaytiradi, atrofdagi 
odamlarda zo`riqish tug’diradi. 
3. Nostandart («nome`yoriy») axloq – ushbu jamiyatda ushbu vaqtda qabul 
qilingan kamchilik odamlarga xos me`yorlar chegarasidan chiqadi. Ikki asosiy 
shaklda namoyon bo`ladi: 
– kreativ (ijodiy) axloq yangi g’oyalarni amalga oshiradi, o`ziga xos, 
mahsuldor, taraqqiyparvar, me`yorning o`zini o`zgartirishga olib kelishi mumkin
biroq qator holatlarda atrofdagilarning qarshiligini uyg’otadi; 
– deviant (og`ishgan) axloq mahsuldor emas, destruktiv yoki autodestruktiv, 
atrofdagilarning ma'qullamasligini uyg’otadi. 
4. Patologik axloq – tibbiy me`yorlardan og’ishadi, aniq simptomlar shaklida 
namoyon bo`ladi, mahsuldorlik va shaxsning ishga layoqati tushib ketadi
atrofdagilarning hayrixohligi yoki qo`rquvini yuzaga keltiradi.
Patologik axloq vaziyatga teng emas, u shaxsning o`z hatti harakatlarini 
anglash va ularni boshqarish qobiliyatining pasayishi bilan birga boradi. 
 
Mavzu yuzasidan nazorat savollari va topshiriqlar. 
1.
Axloqiy og’ishlarning yagona tasnifini yaratishda qiyinchilik 
tug’diruvchi sabablarni ayting. 


41 
2.
Ijtimoiy og’ishishlarning asosiy turini sanab bering. 
3.
Axloqiy buzilishlarning (kattalar va bola o`smir yoshidagilar uchun) 
Kasallarning o`ninchi qayta qurish “Xalqaro tasnifi”ga muvofiq asosiy 
ko`rinishlarini ayting. 
4.
Shaxsning og`ishgan xulqini psixologik tizimlashtirishdagi asosiy 
yutuqlar va kamchiliklarni ifodalang. 
5.
Axloqiy og’ishlarning ishchi tasnifini yodga oling. 
6.
Og`ishgan axloq ko`rinishlarida o`z tasnifingizni taklif qiling. 
7.
Turli axloqiy fenomenlarni sanab bering va taqqoslang.

Yüklə 4,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   187




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin